|
Lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti
|
bet | 2/10 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 1,46 Mb. | | #260221 |
Bog'liq KURS ISHI XUDOYBERDIYEV SH.A.TUSHUNTIRISH XATI
Bajardi
Talaba: Xudoyberdiyev Sh.A.
guruh 107-20
________________________________
|
Kurs loyiha rahbar
assistent Abdazov D.R.
________________________________
|
Toshkent – 2024
MUNDARIJA
Kirish………………………………………...............................................................
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tavsifi. Xomashyo tavsifi………………….
Texnologik sxemani tanlash va asoslash………………..............................................
Texnologik sxema……………………………………………………………….
Texnologik sxemani asoslash…………………………………………………….
Ishlab chiqarishni loyihalashda texnologik hisob-kitoblar …………………………..
3.1 Uskunalarning vaqt fondlari va ish rejimlari..........................................................
Korxonalar va kuydirish (qaynatish) agregatlarining quvvati.................................
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati.....................................................................
Ishlab chiqarish bosqichlari boʼyicha mahsuldorlik................................................
Xom-ashyo, yordamchi materiallarning solishtirma sarfi, energiya sarfi...............
Texnologik linyaning mahsuldorligi......................................................................
Xom – ashyo, qoʼshimchalar va tayyor mahsulotlar zahiralari hamda saqlash normalari...................................................................................................................
Ishlab chiqarish va mahsulot sifatini nazorat qilish.......................................................
Mehnat va atrof muhitning muhofazasi….....................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………..............................................................
Kirish
Ushbu fan Beton to‘ldiruvchilar texnologiyasiga oid masalalar, to‘ldiruvchilarning turlari, xossalari va ularga qo‘yilgan talablar, g‘ovakli tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqiq toshlar, tabiiy to‘ldiruvchilar olish texnologiyasi, sun'iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar, agloporit, keramporit, kamporit, keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi, ularni quritish, kuydirish va sovitish, aglomeratsiya jarayonining o‘ziga xos tomonlari va mohiyati, shlakli pemza, perlit, dolomit ishlab chiqarish texnologiyasi haqida malumot va qo‘yiladigan talablari jarayonning o‘ziga xos tomonlari va mohiyatini qamrab oladi.
Fannini o‘qitishdan maqsad – talabalarda beton to‘ldiruvchilarining asosiy
xossalarini, tabiiy va sun'iy to‘ldiruvchilar xomashyo tarkibi va ishlab chiqarish
texnologiyasini, to‘ldiruvchilarning beton xususiyatiga ta'sirini va to‘ldiruvchilarni
qo‘llanilish sohalarini o‘rganish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni
shakllantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va jarayonlarga uslubiy yondashuv, hamda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Mustaqillik yillari davomida qoʼllanib kelayotgan bosqichma-bosqich islohatlar siyosati Oʼzbekiston aholisi hayotida farovonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi va oʼz mavqeyiga ega boʼldi.
Respublika xalq xoʼjaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli oʼrin egallaydi. Bu esa oʼz xomashyo bazasiga ega ekanligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy-joy konstruksiyalariga boʼlgan boʼlgan yuqori ehtiyoj va malakali mutahasislarning borligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda temir-beton konstruksiyalarini gʼovak toʼldiruvchilari asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab etiladi. Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti professori L. M. Botvina va uning shogirdlari tomonidan respublika xom-ashyo bazasi asosida sunʼiy gʼovak toʼldiruvchilarni ishlab chiqarish texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sunʼiy gʼovak toʼldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruksiyalarni olish dolzarb vazifadir. Bular maʼlum miqdorda binolarni yengillashtirish masalalari hal qilinadi. Konstruksiyalarni yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga konstruksiyalarni koʼndalang kesimini kamayishiga va ularning oraligʼini uzaytirishga olib keladi.
Beton toʼldiruvchilarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yoʼllanmalar quyidagilar boʼlishi kerak: toʼldiruvchilar sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli toʼldiruvchilarni koʼplab ishlab chiqarishni tashkil etish beton toʼldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng koʼlamda tadbiq qilish; yuqori unumdor aftomatik uskunlarni ishlatish; toʼldiruvchilar xossalarini aniqlashda xom-ashyo mahsulaotining sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qoʼllash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qoʼllash; sanoat chiqaindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng koʼlamda qoʼllash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish masadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton toʼldiruvchilari asosiy qurilish materialai hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin oʼsib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, toʼldiruvchilarni ishlab chiqarishni va qoʼllashni takomillashtirish, sifatni yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qoʼllash.
Toʼldiruvchi sifatida asosan mahalliy togʼ jinslari va ishlab chiqarish chiqaindilaridan foydalaniladi. Bunday arzon toʼldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki toʼldiruvchi betonning 85-90%ni sement esa 10-15%ni tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda sunʼiy gʼovak toʼldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng koʼlamda qoʼllanilmoqda. Gʼovakli toʼldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi. Bu esa uning issiqlikni tutib qolish qobilyatini yaxshilaydi.
Toʼldiruvchilar – bu maʼlum zarrachalar tarkibiga ega tabiiy yoki sunʼiy materiallar boʼlib, bogʼlovchilar va suvning ratsional aralashmasi bilan beton hosil qiluvchi materialdir. Narxi beton va temir-beton konstruktsiyalarning 30….50 % ni tashkil qiladi, shuning uchun ularni Oʼrganish, toʼldiruvchilarni toʼg‘ri tanlash, ularni me'yorida ishlab chiqarish va qo‘llash xalk xoʼjaligida katta ahamiyatga ega.[4]
Betonning asosiy bog'lovchi aktiv qismi bu - sement. Bog'lovchi suv bilan aralashib xamir xosil qilishi, tishlashish va qotib qattiq xolatga oʼtishi va betonga aylanish xususiyati ega. To'ldiruvchi nima uchun kerak?
To'ldiruvchilar beton tarkibining to'rtdan uch qismini tashkil etadi, shu sababli ham uning sifati katta ahamiyatga egadir. To'ldiruvchilarning xususiyatlari nafaqat betonning mustahkamligiga, balki uning uzoq muddatga chidamligiga va ekspluatatsion xossalariga ham ta'sir ko'rsatadi.
Sement toshi qotishida xajmiy deformatsiyalarga yoʼliqadi. Uning choʼkishi - 2 mm/m ga yetadi.[2]
|
| |