|
8-laboratoriya Moddalarning namligini o‘lchash
|
Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,7 Kb. | | #126801 |
Bog'liq 8-laboratoriya Moddalarning namligini o‘lchash-fayllar.org
8-laboratoriya Moddalarning namligini o‘lchash
8-laboratoriya
Moddalarning namligini o‘lchash
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat, metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m3gaz aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m3yoki kg/m3.
Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m3aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning shu haroratdagi 1,0 m3aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi.
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik — nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati nam saqlamideb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
, (1)
bu yerda, М — nam massasi; Мо — mutlaq quruq materialning massasi; М1 — nam materialning massasi.
Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati quyidagicha ifodalanadi:
. (2)
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan foydalaniladi
.
Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik (sorbsion), kondensatsion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan.
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan foydalaniladi.
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va bilvosita usullar qo‘llaniladi.
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining ichida eng ko‘p tarqalgandir.
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz.
http://fayllar.org
|
| |