|
Mavzu: Mass spektrometrik tahlil usullari. Noma’lum organik moddani Mass spektrometrik identifikatsiyalash. Pestidsidlarning Mass spektrometrik analizi
|
bet | 1/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #104171 |
Bog'liq МАСС СПЕКТРОМЕТРИЯ (2) (2)
Mavzu:
Mass spektrometrik tahlil usullari . Noma’lum organik moddani Mass spektrometrik identifikatsiyalash.
Pestidsidlarning Mass spektrometrik analizi
1. Mass-spektrometriya usuli.
Mass-spektrometriya usulida tekshiriladigan modda bug‘ holiga o‘tkaziladi va undan ionlar hosil qilinadi. Hosil bo‘ladigan ionlar ko‘pincha musbat zaryadli bo‘ladi. Ionlarni ular massasining (m) zaryadiga (z) nisbati bo‘yicha bir-biridan ajratish mumkin. Ionning zaryadi birga teng bo‘lsa, m/z qiymati uning massasiga teng bo‘ladi. Ushbu qiymat massaning uglerod birligidagi massa soni deb yuritiladi. Ajratilgan ionlar m/z qiymatlariga ko‘ra ion qabul etgich yordamida qayd qilinadi, natijada tegishli spektr hosil bo‘ladi. Spektrdagi signallarning o‘rni m/z qiymatga, ularning intensivligi esa ionning chastotasiga to‘g‘ri keladi. Bu signallar cho‘qqilar deb ataladi.
Mass-spektrometriya usuli bug‘simon holatga o‘tadigan barcha element va moddalarni analiz qilish uchun ishlatiladi. Anorganik birikmalar va elementlar analizi, ko‘pincha, moddalar tarkibidagi izotoplarni aniqlashga, organik moddalar analizi esa moddalarni identifikatsiyalash va ularning strukturasini aniqlashga qaratiladi.
Mass-spektrometrik analiz asoslari. Tekshiriladigan modda molekulalari (yoki atomlari) tezlashtirilgan elektronlar dastasi bilan bombardimon qilinganda, ulardan bitta yoki ikkita elektron urib chiqariladi: M+e→M++2e; M+e→M2++3e yoki ularga elektron birikadi: M+ye→M-. Buning natijasida molekular ionlar deb ataladigan ionlar hosil bo‘ladi. Ko‘pincha, bombardimon natijasida bitta elektron urib chiqariladi.
Ikkita elektronning urib chiqarilish hollari ham, oz bo‘lsa-da, uchraydi, lekin manfiy zaryadlangan ionlarning hosil bo‘lishi juda kam (∼0,1 %) kuzatiladi. Keyingi yillarda manfiy zaryadlangan ionlarni aniqlash uchun elektronni ushlash mass-spektrometriya usuli yaratildi. Shuni ham aytish kerakki, analiz qilinadigan modda molekulasidan elektron urib chiqarishga mo‘ljallangan elektronning kinetik energiyasi hech bo‘lmaganda tegishli molekulaning ionizatsiya potensialiga teng bo‘lishi kerak. Bu qiymat ko‘pincha 8–15 eV ni tankil etadi.
To‘qnashadigan elektronlarning energiyasi qancha katta bo‘lsa, molekular ionlar hosil bo‘lish unumi shuncha yuqori bo‘ladi. Biroq juda katta energiyali elektronlar bilan bombardimon qilishning xavfli jihatlari ham bor. To‘qnashadigan elektronlarning energiyasi juda katta bo‘lsa, ular molekulani ko‘plab parchalarga bo‘lib yuborishi mumkin.
Molekular va parchalangan ionlar hosil bo‘lishi uchun sarflangan energiyaning eng kam miqdoriga paydo bo‘lish potensiali deyiladi. Bu potensial ionizatsiya potensialidan uzilayotgan bog‘lanishning dissotsiatsiya energiyasi qiymatiga teng miqdor katta bo‘lishi kerak (1-chizma). Chizmada atseton molekulasi va parchalangan ionlar hosil bo‘lish chastotasining elektronlar energiyasiga bog‘liqligi keltirilgan. Chizmadan ko‘rinishicha, atsetonning molekular ionlari o‘zining eng katta chastotasi qiymatiga 30 eV energiyada erishadi. Atseton molekulasi kuchli bombardimon natijasida CH3–CO– va CH3– parchalariga bo‘linadi.
Agar ionizatsiya potensiali 10eV bo‘lsa, metil radikali (M=15) uzib chiqarilgandan keyin parchalangan ionning (M–15)+ paydo bo‘lish potensiali ionizatsiya potensialidan taxminan 2 eV katta bo‘ladi. Bombardimon natijasida molekular ionning bir necha parchalari yoki ularning turli xil ko‘rinishlari hosil bo‘lishi, shu jumladan, parchalardan biri radikal bo‘lishi ham mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Mass spektrometrik tahlil usullari. Noma’lum organik moddani Mass spektrometrik identifikatsiyalash. Pestidsidlarning Mass spektrometrik analizi
|