|
-chizma. Atseton molekulasi nisbiy
|
bet | 2/2 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #104171 |
Bog'liq МАСС СПЕКТРОМЕТРИЯ (2) (2)1-chizma. Atseton molekulasi nisbiy
chastotasining (ν') elektron energiyasiga
bog‘liqligi.
Agar ABC+– molekular ionning parchalanishini qarab chiqsak, parchalanish natijasida quyidagi mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin:
Bu misoldan ko‘rinishicha, parchalanish natijasida bir ion (A+, AB+, AC+) va bir radikal (BC·, C·, B·), yengil ion (A′+), yengil radikal (C′·) va neytral molekula (B) hosil bo‘lishi mumkin. Mass–spektrlar, odatda, to‘g‘ri chiziqli spektrlardan iborat bo‘lib, spektrdagi cho‘qqilarning intensivligi hosil bo‘luvchi ionlarning chastotasiga, o‘z navbatida, bu chastota tekshiriladigan moddalarning parsial bosimiga mutanosibdir.
2-chizma. Benzolning mass-spektri.
Chastota ionlarning hosil bo‘lishi va parchalanishi natijasidagi energetik nisbatlar bilan belgilanadi. Shuning uchun ham cho‘qqilarning intensivligi struktur analizni o‘tkazishda muhim kattalik bo‘lib hisoblanadi. Ion hosil bo‘lishi uchun talab qilingan energiya qancha kichik bo‘lsa, uning nisbiy chastotasi va mass-spektridagi cho‘qqining intensivligi shuncha katta bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, ion qanchalik barqaror bo‘lsa, ya’ni uni parchalash uchun qancha ko‘p energiya talab etilsa, cho‘qqining intensivligi shuncha katta bo‘ladi.
Mass-spektrning ko‘rinishi 2-chizmada keltirilgan. 2-chizmadan ko‘rinishicha, massa soni 78 bo‘lgan benzol molekular ionining intensivligi eng katta bo‘lib, uning hosil bo‘lishi uchun kam miqdor energiya talab etiladi. Benzolning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan parchalarning hissasi juda kam bo‘ladi, chunki ularni hosil qilish uchun katta energiya talab etiladi. Spektrdagi eng katta cho‘qqi benzolning molekular massasiga teng bo‘lgan qiymatga mos keladi. Spektrdagi eng katta cho‘qqi tekshiriladigan modda yoki modda parchasining molekular massasini aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.
Tekshiriladigan namunaning tozalik darajasini ham massspektrometrik usulda baholash mumkin. Buning uchun moddani analizatorga kiritishning boshi va oxiridagi spektrlari solishtiriladi. Spektrlarning farq qilishi moddaning ko‘p tarkibligini ko‘rsatadi. Mass-analizatordagi turli gazlar (kislorod, azot, argon va boshqa), oldingi analizdan qolgan moddalar namuna kiritilmagan vaqtda ham tegishli spektrlarni hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ham, avvalo, fonning spektri tushiriladi. Tekshiriladigan modda tarkibidagi iflosliklarning va fonning ta’sirini yo‘qotish uchun erituvchi va tekshiriladigan namunadan ko‘proq olish, ayrim hollarda analizni boshlashdan oldin bir necha soat davomida ishlab turgan nasos bilan mass-analizatorni yuqori haroratda saqlab turish zarur bo‘ladi. Spektral chiziqlarning massa sonlariga to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun tegishli standart moddalarning spektrlaridan foydalaniladi.
Mass-spektrometriya usuli izotoplarni, uglevodorodlar gomologlarini, moddalarning molekular massalarini, ularning struktur formulalarini aniqlash uchun ishlatiladi.
C6H5Cl C9H12
C5H12
C5H10O C2H6O
|
| |