|
Tahlil nuqtai nazaridan qaraganda shunisi qiziqki, rad etish sababi bo’lib yo mahsulot sifati yetarli darajada bo’lmasligi (narxlar sifatni ifodalaydi), yo talab tuzilmasining o’zgarishi hisoblanadi
|
bet | 3/5 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 23,26 Kb. | | #133470 |
Bog'liq Logistik servis xizmat ko’rsatish Reja-fayllar.orgTahlil nuqtai nazaridan qaraganda shunisi qiziqki, rad etish sababi bo’lib yo mahsulot sifati yetarli darajada bo’lmasligi (narxlar sifatni ifodalaydi), yo talab tuzilmasining o’zgarishi hisoblanadi. «Servis xizmat ko’rsatishning ishonchliligi» mezoni miqdor, sifat va vaqt bo’yicha olingan buyurtmani bajarishni rad etmaslikning taxminiy bahosini bashoratlaydi: - mahsulotning talab qilingan sifatga to’g’ri kelmasligi bilan bog’liq rad etishlar ehtimoli R(Nik); - talab qilingan hajmga yetkazib berilgan mahsulotning hajmi mos kelmasligi bilan bog’liq rad etishlar ehtimoli R (Niv); - vaqt tavsifi bo’yicha buyurtmalarni bajarish mumkin emasligi sababli rad etishlar ehtimoli R(Nit).
3. Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko’rsatish servisi mezoni
«Nomenklatura va miqdor» mezoni raqobatchilarning o’xshash ko’rsatkichlariga qiyoslagan holda ishlab chiqarish mazmunidagi ko’rsatiladigan xizmatlari turi va mumkin bo’lgan ta’minlash hajmini ifodalaydi. Quyidagi variantlar farqlanadi:
Vi hajmidagi talab mavjud bo’lgan korxonalar tomonidan ta’minlanmaydigan, lekin raqobatchilar tomonidan taklif etiladigan i-1,ny xizmat turlari;
Viyn bashoratlangan hajmdagi iste’molchi talabi sifatida mavjud, ammo korxona tomonidan ta’minlanmaydigan va raqobatchilar ham taklif qilmaydigan i-1,nn xizmat turlari;
ishlab chiqarish resurslarining yo’qligi sababli (i=1,n) taklif qilinayotgan xizmat turlariga rad javoblari Niy ;
taklif qilinayotgan xizmatlarga talab yo’qligi sababli ularning sotilmagan Niy hajmi.
«Sifat» mezoni ko’rilayotgan xizmat turining o’rtacha bozor sifat darajasi Kpi ga solishtirgan holda i mahsulot turiga ko’rsatilayotgan xizmat sifatini tavsiflaydi. Bu Ki(Kip) mezonning tuzilishini tasvirlash yuqorida keltirilgan sifat darajasining 4 ta guruhi bilan bog’liq holda tashkil etiladi.
«Vaqt» mezoni ko’rsatilayotgan xizmatlarning vaqt bo’yicha tavsifini, ya’ni o’rtacha bozor vaqti tycp bilan qiyoslagan holda sanoat mazmunidagi tynn xizmatlarni ko’rsatish vaqtini ko’rib chiqadi. Yuqorida keltirilgan o’xshash tynn bilan bog’liq bo’lgan variantlar quyidagilar:
tynnycp;
x*tycpynnycp;
tynn=tycp;
tycpynn<=x*tycp;
tynn>x*tycp;
Bu yerda x-xizmat ko’rsatadigan korxonaga bo’lgan munosabatning birdan o’zgarishini aniqlovchi «koridor» kattaligining ma’nosi.
«Narx» mezoni ko’rsatilayotgan xizmatlarning narx tavsifini, ya’ni o’rtacha bozor narxiga TSusr qiyoslagan holda sanoat mazmunidagi taklif etilayotgan xizmatlar narxini TSupn kurib chiqadi. Quyidagi o’xshash munosabatlar ko’riladi:
TSupnusr;
U*TSusrupn<=TSusr;
TSupn=TSusr;
TSusrupn<=u*TSusr;
TSupn>u*TSusr.
Bu yerda u-xizmatdan foydalanish nuqtai nazaridan bu xizmatga bo’lgan munosabatning o’zgarishini aniqlovchi «karidor» kattaligining ma’nosi.
«Servis xizmatini ko’rsatishning ishonchliligi» vaqt va sifat bo’yicha ishlab chiqarish mazmunidagi qandaydir xizmatni bajarishni rad etmaslikning ehtimoliy bahosini berish imkoniyatiga ega:
- talab qilingan sifatga i turdagi ko’rsatiladigan xizmatlarning sifati mos emasligi bilan bog’liq holda rad javoblar ehtimoli P(Vik);
- iste’molchi talab qilgan vaqtda i turdagi xizmatni bajarish mumkin emasligi tufayli rad javoblar ehtimoli P(Vit).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Tahlil nuqtai nazaridan qaraganda shunisi qiziqki, rad etish sababi bo’lib yo mahsulot sifati yetarli darajada bo’lmasligi (narxlar sifatni ifodalaydi), yo talab tuzilmasining o’zgarishi hisoblanadi
|