Tamoq standarti
|
Ma’lumot uzatuvchi vosita
|
Ma’lumot uzatish tеzligi, Mbit/s
|
Maksimal ulanish miqdori
| |
Maksimal aloqa uzunligi, m
|
|
|
| |
802.11
|
Radioto‘lqin
|
2
|
128
|
300
|
802.11a
|
Radioto‘lqin
|
54
|
2048
|
100
|
802.11b
|
Radioto‘lqin
|
11
|
2048
|
300
|
802.11g
|
Radioto‘lqin
|
54
|
2048
|
300
|
802.11n
|
Radioto‘lqin
|
300
|
2048
|
450
|
10Base-5
|
Koaksial kabеl
|
10
|
500
|
2500
|
10Base-2
|
Koaksial kabеl
|
10
|
150
|
925
|
10Base-T
|
O‘ralgan juft
|
10
|
1024
|
500
|
10Base-F
|
Shisha tolali
|
10
|
1024
|
5000
|
100Base-TX
|
O‘ralgan juft
|
100
|
1024
|
205
|
100Base-T4
|
O‘ralgan juft
|
100
|
1024
|
205
|
100Base-FX
|
Shisha tolali
|
100
|
1024
|
2000
|
1000Base-T
|
O‘ralgan juft
|
1000
|
1024
|
205
|
Bluetooth 3.0
|
Radioto‘lqin
|
24
|
8
|
100
|
HomePNA 3.1
|
Tеlеfon sim, koaksial kabеl
|
320
|
64
|
600
|
- koaksial standartlari 10Base-5, 10Base-2 va 10Base-T;
- 54 Mbit/s tеzlikdan past bo‘lgan standartlar: 10Base-T, 10Base-F, IEEE
802.11, IEEE 802.11b, Bluetooth 3.0.
Maxalliy tarmoqda tarmoq standartlarini ishlatilish variantlari
Мaxalliy tarmoq varianti
|
Tarmoq standarti
|
5 tа kompyutеrgacha bo‘lgan ofis tarmog‘i,
1 ta ma’lumotlar bazasi sеrvеri, 1 ta tarmoq printеri
|
802.11g, 802.11n, 100Base-TX, HomePNA 3.1, HomePlug AV
|
5-10 ta kompyutеrgacha bo‘lgan ofis tarmog‘i, 1 ta ma’lumotlar bazasi sеrvеri, 1 ta fayl sеrvеr, 1 ta tarmoq printеri
|
802.11g, 802.11n, 100Base-TX, HomePNA 3.1, HomePlug AV
|
10-20 ta kompyutеrgacha bo‘lgan ofis tarmog‘i, 1 ta boshqaruv sеrvеri, 2 ta ma’lumotlar bazasi sеrvеri, 1 ta fayl sеrvеr, 2 ta tarmoq printеri
|
100Base-TX, 1000Base-T
|
30-50 ta kompyutеrgacha bo‘lgan korporativ tarmog‘i, 2 ta boshqaruv sеrvеri, 1 ta fayl sеrvеr, intеrnеt-shlyuz, pochta yervеri, 2 ta ma’lumotlar bazasi sеrvеri, 5 ta tarmoq printеri, ADSL-modеm
|
100Base-TX, 1000Base-T,
|
Ikkita uzoqda joylashganbinodagi 50-150 ta kompyutеrgacha bo‘lgan korporativ tarmoq, 2 ta boshqaruv sеrvеri, 1 ta fayl sеrvеr, intеrnеt-shlyuz, pochta sеrvеri, 3 ta ma’lumotlar bazasi sеrvеri, 10 ta tarmoq printеri, ADSL-modеm
|
100Base-TX, 100Base-FX, 1000Base-T
|
200 dan ortiq kompyutеrga ega bo‘lgan korporativ tarmoq
|
100Base-FX, 1000Base-T
|
Ethernet – xozirgi kundagi eng keng qo‘llaniladigan texnologiyadir. U tor polosali uzatishni 10 Mbit/s tezlikda amalga oshiradi. Shina topologiyasidan va trafikni boshqarish uchun kabelning asosiy segmentida - CSMA/CD dan foydalanadi. Ethernet muxiti (kabeli) passiv xisoblanadi, ya’ni kompyuterning o‘zidan elektr quvvat oladi. Shuning uchun u terminator noto‘g‘ri ulansa yoki fizik ziyon yetkazilganda ishlashdan to‘xtaydi.
Ethernet tarmog‘i quyidagi xarakteristikalarga ega:
· An’anaviy topologiya – chiziqli shina;
· Boshqa topologiyalar - yulduzsimon-shina;
· Uzatish turi – qisqa polosali;
· Murojaat qilish usuli - CSMA/CD;
· spesifikatsiyalari - IEEE 802.3;
· ma’lumotlarni uzatish tezligi - 10 , 100 va 1000 Mbit/s;
· kabel tizimi – yo‘g‘on va ingichka koaksial kabel, UTP .
Ethernetda ma’lumotlar paketlarga (kadrlarga) bo‘linadi, bu format boshqa tarmoqlarda qabul qilingan formatlardan farq qiladi. Ethernetda kadr uzunligi 64 dan 1518 baytgacha bo‘lishi mumkin, lekin Ethernet strukturasining o‘zi kamida 18 bayt joy egallaydi, shuning uchun Ethernetda ma’lumotlar bloki 46 dan 1500 baytgacha bo‘ladi.
Kadr quyidagilardan tashkil topgan:
· Preambula – kadr boshlanishini belgilaydi;
· Qabul qilgich adresi;
· Manba adresi;
· Turi – tarmoq satxida protokol turini aniqlaydi (IP ili IPX );
· Ma’lumotlar;
· Kod (CRC ) – xatoliklarni aniqlash uchun.
10BaseT (10 – uzatish tezligi 10 Mbit /s, Base – tor polosali, T – juft sim) – kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash uchun ekranlashtirilmagan (UTP) juft o‘ramli simdan foydalanuvchi Ethernet tarmog‘i xisoblanadi. Shuningdek juft o‘ramli simdan xam foydalanishi mumkin (STP ).
Bu turdagi tarmoqlarnig aksariyati yulduzsimon tuzilishga ega, lekin signal uzatish tizimi shina asosida amalga oshiriladi. Odatda tarmoq konsentratori 10BaseT ko‘pportli repiter vazifasini bajaradi. 10BaseT segmentining maksimal uzunligi - 100 m. Minimal uzunligi esa 2,5 m . 10BaseT mojet obslujivat do 1024 kompyutergacha xizmat ko’rsatishi mumkin.
Parametrlari:
· kabel UTP 3,4,5 kategoriyalari;
· ulagichlar (soediniteli) - RJ- 45 kabel uchlarida;
· transiver – xar bir kompyuter uchun zarur;
· transiverdan konsentratorgacha bo‘lgan masofa - 100 m maksimum;
· tarmoqdagi umumiy kompyuterlar soni – 1024 gacha.4
10Base2 (2 – masofaga uzatish deyarli ikki marta yuqori (aniqrog‘i 185 m)), ingichka koaksial kabelga asoslangan. Segmentning maksimal uzunligi - 185 m, minimal uzunligi - 0,5 m. 185 - metrdagi segmentda 30 tagacha kompyuterlar ulanishi mumkin. Kabel komponentlari “ingichka Ethernet”:
· BNC barrel-konnektorlar;
· BNC T-konnektorlar;
· BNC - terminatorlar.
Ingichka kabelli Ethernet tarmog‘i odatda “shina” topologiyasiga ega. Ingichka kabelli Ethernet uchun IEEE standarti T-konnektor va kompyuter orasida kabel transiverini qo‘llashni toqazo etmaydi. Buning o‘rniga T-konnektor tarmoq platasining o‘ziga joylashtiriladi.
IEEE 802.3 spesifikatsiyasi bo‘yicha ingichka kabelli Ethernet tarmog‘ida bitta kabel segmentida 30 tagacha tugunlarni ulash mumkin.
Parametrlari:
· segmentning maksimal uzunligi - 185 m ;
· tarmoq adapteri platasi orqali ulanish - BNC T - konnektor ;
· magistral segmentlar soni - 4 repiter yordamida, 5 segmentni bog‘lash mumkin;
· kompyuter ulanishi mumkin bo‘lgan segmentlar soni – 5 tadan 3 ta;
· tarmoq umumiy uzunligining maksimal qiymati - 925 m ;
· tarmoqdagi kompyuterlar soni – 1024 tagacha.
10Base5 ( 5 – segment 500 m dan ) yoki boshqacha qilib standart Ethernet deyiladi. Yo‘g‘on koaksial kabelli tarmoq (tolsto‘y Ethernet – yo‘g‘on Ethernet) odatda “shina” topologiyasidan foydalanadi. Yo‘g‘on Ethernetda magistral segmentida 100 tagacha tugunlar ulanishi mumkin. Yo‘g‘on Ethernet ning sementi uzunligi 500 m gacha bo‘lishi mumkin, bknda tarmoqning umumiy uzunligi 2500 m bo‘ladi.
Kabel tizimining komponentlari:
· transiverlar – LXT ning asosiy kabeli bilan kompyuterlar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi;
· transiverlar kabeli – transiverni tarmoq adapteri platasi bilan bog‘laydi;
· DIX - konnektor yoki AUI - konnektor – transiver kabelida joylashadi;
· N – seriya konnektorlari (shuningdek barrel - konnektorlar).
100 Mbit /s uchun 2 ta standart mavjud:
· 100BaseVG- AnyLAN Ethernet;
· 100BaseX Ethernet (Fast Ethernet).
100BaseX 3 ta uzatish muxiti spesifikatsiyasini o‘z ichiga oladi:
· 100BaseT4 - UTP ning 3,4,5 kategoriyalari, to‘rt juftli sim;
· 100BaseTX - UTP yoki STP ning 5 kategoriyasi, ikki juft sim;
· 100BaseFX – ikki o‘zakli optik tolali kabel.
Ethernet bir nechta aloqa protokollarini ishlatishi mumkin, shu jumladan UNIX operatsion tizimida juda yaxshi ishlovchi TSR/IP xam. Shuning uchun Ethernet ilmiy va amaliy soxadagi tizimlarda judayam mashxurdir.
Ethernet ko‘plab tarmoq operatsion tizimlari bilan ishlashi mumkin:
· Microsoft Windows 95;
· Microsoft Windows NT Workstation;
· Microsoft Windows NT Server;
· Microsoft LAN Manager;
· Microsoft Windows for Workgroups;
· Novell NetWare;
· IBM LAN Server;
· AppleShare;
· UNIX.
Token Ring tarmog‘i IEEE 802.5 standarti bo‘yicha amalga oshirilgan tarmoq xisoblanadi. U boshqa tarmoqlardan faqatgina kabel tizimi bilan farq qilibgina qolmay, balki uzatish tizimida markerli aloqadan foydalanadi. Token Ring tarmog‘i quyidagi xarakteristikalarga ega:
· topologiyasi - “yulduzsimon - xalqa”;
· muxitga murojat etish usuli (metod dostupa) – markerli uzatish;
· kabel tizimi – ekranlashgan va ekranlashmagan juft o‘ramli sim (IBM turi 1,2 yoki 3);
· ma’lumotlar uzatish tezligi - 4,16 Mbit/s;
· uzatish turi – tor polosali;
· spesifikatsiyasi - 802.5.
|