|
Loyiha fayllari
|
bet | 5/8 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 40,9 Kb. | | #114477 |
Bog'liq Microsoft Visual studiyasida OYD komponentlarini ishlab chiqish.OK tugmasini bosamiz.
Endi Обозреватель решений bo’limga o’tib, loyihamiz nomi ustida (bizda Loyiha_nomi) sichqoncha o’ng tugmachasini bosib, quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz (2.6-rasm).
Добавить → Создать элемент
Hosil bo’lgan oynadan UI menyusiga o’tib, Форма Windows Forms punktini tanlaymiz va Добавить tugmasini bosamiz (2.7-rasm).
Обозреватель решений bo’limidagi MyForm.cpp faylini ochamiz. Bunda quyidagi kod yozilgan bo’ladi:
#include "MyForm.h"
Bu faylga quyidagi kodni qo’shamiz:
using namespace System;
using namespace System::Windows::Forms;
[STAThreadAttribute]
void Main(array^ args) {
Application::EnableVisualStyles();
Application::SetCompatibleTextRenderingDefault(false);
Loyiha_nomi::MyForm form;
Application::Run(%form);
}
Ana endi loyiha xossalariga murojaat qilamiz. Buning uchun Loyiha nomi ustiga sichqoncha o’ng tugmachasi bosiladi. Bunda Свойства bo’limiga o’tiladi (2.8-rasm).
Hosil bo’lgan oynadan Компоновщик qismidagi Система bo’limiga kirib Подсистема yozuv qatorida Windows (/SUBSYSTEM:WINDOWS) tanlaymiz va Применить tugmasini bosamiz (2.9-rasm).
Oynani yopmasdan, shu qismdagi Дополнительно bo’limiga o’tib, Точка входа qismiga main deb yozamiz va ОК tugmasini bosamiz.
So’nggi ish qoldi. msvcmrtd.lib kutubxonasini bog’lashimiz kerak. Buning uchun avvalo ushbu faylni Visual Studioning o’rnatilgan joyidan topib olamiz. Bu Library katalogida bo’ladi. Uni loyihaga bog’lash uchun quyidagi ketma-ketlikni bajarishimiz kerak (2.10-rasm)
1) Loyiha_nomi→Свойства
2) Свойства конфигурации → Компоновщик →Ввод→Дополнительные зависимости
Oxirgi tanlangan maydonga msvcmrtd.lib ning manzilini joylashtirish kerak.
Biz yuqoridagi loyihamizni C++ tilida tuzayotganimiz uchun bu ishlarni amalga oshirdik. Agar siz C# yoki Visual Basic tillaridan birida bu ishni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, bunday ortiqcha amallar bajarilmaydi. Yuqorida keltirilgan amallarni kirish qismi deb olsak, ana endi asosiy qismga o’tamiz.
Komponentalarning xossalarini o’zagrtirib chiqish lozim. Dastlab, label1 komponentasi xossasini o’zgartirish uchun label1 ni belgilanib, Свойства oynasining Text xossasiga “Faktorialni hisoblash dasturi” deb yozamiz.
Xuddi shunday label2 va label3 ga mos ravishda “n=” va “Natija” deb yozamiz. Button tugmasi Text xossasining esa OK deb yozamiz.
TextBox1 va TextBox2 larni nomini belgilash uchun uning Name xossalari maydoniga mos ravishda num1 va num2 deb yozib qo’ysak, ularni boshqarish biz uchun osonlashadi. (12-rasm)
Loyihamizning bo’sh qismiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bossak, bizga .h sarlavha fayli hosil bo’ladi. Bu yerda biz OK tugmasi bosilganda qanday hodisa ro’y berishining dasturini tuzamiz. Hozircha biz bu dasturning har bir qismi haqida alohida to’xtalib o’tirmoqchi emasmiz. Shunchaki siz faktorialni tuzish dasturini kiriting va ctrl+F5 tugmalar kombinatsiyasini bosing va loyihani ishga tushiring. DEMAK SIZNING BIRINCHI LOYIHANGIZ TAYYOR!!!
KIRISH
Biz birinchi bo’limda muhitning bosh oynasini, yana loyihalarda ishlatiladigan asosiy formalar va ularning sifatli chiqishi uchun zarur bo’lgan maxsus konstruksiyalarni qarab chiqamiz. Bu yerda ham konsolli ilovalarda o’rganilgan tushunchalardan foydalaniladi. Bu va bundan keyingi bo’limlarda biz murakkab ilovalarning grafik interfeysi bilan tanishamiz. Ilovalarni yaratishda forma tushunchasini ishlatamiz. Bosh oynadagi Formaning ko’rinishi 2.1-rasmda keltirilgan.
Bosh oynaning chap qismida ikki bo’lakli vkladka joylashgan (2.2-rasm). Birinchi qism ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni tashkil etsa, ikkinchi qismda komponentalar ro’yxati keltirilgan.
Bosh oyna (ishchi stol) ning har bir qismida to’liqroq ma’lumotlarni biz keyinchalik kursimiz davomida ko’rib chiqamiz.
Agar ishchi stolimizning strukturasiga e’tibor bersak, har bir oynaning sarlavhasi o’z tarkibida bo’lgan ko’plab funksional masalalarga mos ravishda tanlangan. Bu oynalarni sichqonchaning chap tugmachi yordamida istalgan joyga joylashtriish mumkin. Oynalarni o’zaro birlashtirib bir nechta vkladkalar ko’rinishida ham joylashtirib qo’yish mumkin. Siz agar biror oynani tanlanib, sichqoncha yordamida kerakli joyga o’rnatmoqcha bo’lganingizda, darhol sizga kerakli obyektni tanlash imkonini beruvchi chizmalar beriladi. Siz ulardan birini tanlab, kerakli joyga oynani o’rnatishingzi mumkin.
Demak, birinchi ish muhitning oynalarni o’zingizga qulay tarzda o’rnatishdir. Aslida bu ish oddiy ko’ringani bilan, lekin keyinchalik ish unumdorligiga juda katta ta’sir qiladi, ya’ni vaqtdan yutish imkonini beradi. Loyihalaringizni tayyorlayotganda barcha oynalar sizning qo’l ostingizda qulay tarzda joylashgan bo’lsa, ish sifati ham oshadi.
Bu oynalar bilan ishlash davomida go’yoki mashhur dasturlardan biri bo’lmish Photoshop oynalari yodga keladi. Bu oynalarning xossalari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oynalarni keraklicha joylashtirishni yana muhitning Вид menyusi orqali ham amalga oshirish mumkin. Oynalarning almashtirilgan ko’rinishi 2.3-rasmda berilgan.
MICROSOFT VISUAL STUDIO
|
| |