Loyihalash texnologiyasi




Download 354 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana14.03.2023
Hajmi354 Kb.
#45357
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyihalash-texnologiyasi
5-6yoshli bolalar uchun, Dogovor 600, 9em5owgg 1709908306755


Loyihalash texnologiyasi.
Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH
Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, 
Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi 
rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida 
muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda. J.Dyu oʻqitishni 
oʻquvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan 
holda oʻquvchilarning muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan 
faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. 
Buning uchun oʻquvchilarga oʻzlashtirgan bilim, 
koʻnikma va malakalarini amaliyotga qoʻllash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish 
yoʻllarini koʻrsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻliq holda oʻqitish 
lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda oʻquvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik 
muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini amaliyotga qoʻllab hal etish orqali 
yangi bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradilar.
Oʻquvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun oʻqituvchi ularga tegishli 
koʻrsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, oʻqitishdan koʻzlangan 
natijaga erishish yoʻllarini koʻrsatishi, buning uchun muammoni hal etishda oʻquvchilarning 
faoliyatini loyihalashi lozim. 
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik 
boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir. Agar nazariy 
muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, 
amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim.
Oʻquvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarini 
egallagan boʻlishlari, muammoni anglash va uni hal etish yoʻllarini izlashlari bu borada 
avval oʻzlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib 
borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, 
sabab-oqibat bogʻlanishlarini tasavvur qilishlari zarur.
Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni 
vujudga keltirish orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini 
shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bogʻlanishlarni amalga 
oshirish sanaladi.
Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi: oʻrganilayotgan 
bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda 
va qay tarzda foydalanishni bilaman. Bu gʻoya oʻquvchilarning fan 
asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslashishlari va 
moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi.
Biologiyani oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan 
oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
nafaqat darsda oʻquv muammolarini hal etishda, balki darsdan va 
sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda 
foydalanishi zarur.
Loyihalash texnologiyasidan foydalanish oʻquvchilarga individual va differensial 
yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli 
ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:



Download 354 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 354 Kb.
Pdf ko'rish