Shunday qilish, logistika tovar harakati jarayonining shakl-
lanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari
o ‘rtasida zarur xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li biian uning sa
marali ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini
ta’minlab beradi.
Logistika asosining tasnifi.
Logistikaning asosiy maqsadi —
ishlab chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan
joyga eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik funksiyalar va maqsadlaming yig‘indisini logistikaning
asosi tasniilaydi deyiladi. Logistikaning asosi integratsiyalashuvdan,
tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o‘zaro
hamjihatligini ta ’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan
joyga, so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish
maqsadida moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan m a’lumotlar
asosida boshqarishdan iborat.
Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro
ta ’sirini xarakterlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy
faoliyat turi sifatida ochib beradi.