6 )minimal xarajatlar bilan.
Logistikaning global maqsadi — siklni qisqartirish, zaxiralarni
kamaytirish hoMib, bunga ishlab chiqarish bosqichida jarayonlarni
sinxronlashtirish hisobiga, moddiy resurslarga bo'lgan ehtiyojni
aniqlash, o‘z-o‘zini boshqarish hisobiga (ishlab chiqarish biron-
bir mahsulotga bo'lgan talabga muvofiq ishlaydi) erishiladi.
Taqsimot boshqaruvini tashkil etish, moddiy oqimning o ‘tib
borishini tezlashtirish va sotilishini ta’minlash tashkiliy yo‘nalishga
kiradi.
Shunday qilib, tashkiliy yo‘nalish logistikaning funksional
sohasi bo'lib, moddiy oqimlarning harakatini olib boradi va
ta’minot hamda sotuvni ta’minlaydi.
Zaxiralar
ishlab chiqarish m uom ala va iste’mol orasida
qalqon (bufer) rolini o'ynaydi. Ular bevosita ishlab chiqamvchida
jamlangan, yoki ularning saqlanishi iste’molchiga yaqinlashtirilgan
bo‘lishi mumkin. Zaxiralar talab o'zgarishlariga tez javob berishga
imkon beradi va transport xizmatining bir maromda ishlashini
ta ’minlaydi.
Korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlash jarayonida