• Logistik zanjir
  • Logistik tizim.
  • Logistik kana! (taqsimot kanali)




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/172
    Sana13.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #229141
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   172
    Bog'liq
    LOGISTIKA. Umarova D.M

    Logistik kana! (taqsimot kanali) 
    qisman tartibga soiingan 
    ko'pchilik turii xil o‘rtada turuvchilar orqaii moddiy oqimni aniq 
    ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga vetkazadi.
    12


    Ko‘pchilik o'rtada turuvchilar ma’lurn bir paytgacha qisman 
    tartibga solingan boMadi, toki moddiy ishtirokchilar tanlangunicha. 
    Bundan keyin logistik kanal logistik zanjirga aylanadi.
    Logistik zanjir 
    — bu chiziqli tartibga solingan logistik 
    jarayonda ishtirokchilar ko‘pchilik b o lib , ular tashqi moddiy 
    oqimni bir logistik tizimdan ikkinchisiga yetkazish bo'yicha 
    amallar bajaradilar.
    Logistik zanjimi
    yana logistik bo‘g‘inlar yig'indisi sifatida 
    ta’riflash mumkin. Bu bo‘g‘inlar orqali moddiy oqim (asosiy oqim- 
    larga ajratilib: material, xomashyo va yarimfabrikatlar yetkazib 
    berish; mahsulot va xomashyoni saqlash; taqsimot) harakati a nadi. 
    Logistik tizimning har xil operatsiya va element darajalarini tahlil 
    qilish asosida u 
    makrologistika, mezologistika va mikrologistikaga
    ajratiladi.
    Logistik zanjirning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lib quyidagilar hisob­
    lanadi:
    — material yetkazib beruvchilar;
    — omborxonalar;
    — transport;
    — taqsimot markazlari;
    — mahsulot ishlab chiqaruvchilar;
    — mahsulot iste’molchilari.
    Logistik tizim. 
    Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalami 
    amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo'lgan oddiy tizimdan 
    iborat. U, asosan, bir nechta tizim ostilardan tashkil topadi va 
    tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega boiadi.
    Logistik tizimlar 
    mikro, mezo va makrologistik
    tizimlarga 
    boMinadi.
    Makrologistik tizim
    — bu mamlakatning har xil mintaqalarida 
    yoki har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashki- 
    lotlarini, turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va 
    transport tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlarni bosh­
    qarish tizimidir. Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki 
    mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining infrastrukturasini tashkil etadi.
    Makrologistika darajasida logistik tizim larning uchta turi 
    ajratiladi:
    13


    — 
    to'g'ri aloqali
    — moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib 
    berish to ‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi;
    — 
    eshelonlashtirilgan —
    bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab 
    chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgunicha karnida bitta 
    vositachi korxonadan o'tadi.
    — 
    egiluvchan —
    bunday hollarda moddiy oqimni iste’mol­
    chigacha yetkazib berish ham to ‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxo­
    nalar orqaii amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan 
    ta’minlash: kam talab etiladigan qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy 
    omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushuriladi, standart qismlar 
    esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi.
    Mezologistika —
    tarmoqning bir necha korxonasini bir tizimga 
    integratsiya qilish sohasi.
    Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimlarning strukturaviy 
    tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarning 
    sinflaridir, ularning tarkibiga bir butun infrastruktura bilan birlash- 
    tirilgan ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab 
    chiqarish va savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqa­
    ruvchi komplekslar).
    Mikrologistika — lokal masaialarni alohida bo’g'in va logistika 
    elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab 
    chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga 
    oshiriladi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   172




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish