• III. Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
  • Laboratoriya ishlari bo‘yicha tavsiya etilayotgan mavzular
  • Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4, Q5,Q6,Q7,Q8,Q9




    Download 9,69 Mb.
    bet113/131
    Sana19.01.2024
    Hajmi9,69 Mb.
    #141266
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131
    Bog'liq
    Органик кимё мажмуа.docx 2023 y (2)

    Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4, Q5,Q6,Q7,Q8,Q9

    Jami:

    60










    III. Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
    Laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalar kimyoviy idish va asbob-uskunalar (kolbalar, ekstraktsiya voronkalari, kolonkalar, sovutgichlar, termostat, quritish shkafi, shisha filtrlar, magnit aralashtirgich, rotor bug‘latgich), organik moddalarni sintez qilish va tozalash usullari, organik moddalarning reaksiyalari bo‘yicha tajribalar o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.


    Laboratoriya ishlari bo‘yicha tavsiya etilayotgan mavzular:

    1. Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari. Moddalarni tajribaga tayyorlash, tajribalar o‘tkazish tartibi

    2. Organik moddalarni tozalash usullari – qayta kristallash, haydash, ekstraktsiyalash, sublimatsiya. Organik moddalarning sifat va miqdor analizi. Organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, moddalarni tajribaga tayyorlash, tajribalar o‘tkazish tartibi, organik moddalarni tozalash usullari – qayta kristallash, haydash, ekstraktsiyalash, sublimatsiya mavzularidan og‘zaki so‘rov.

    3. Metanni natriy atsetatdan olinish va xossalarini o‘rganish. Alyuminiy karbidni gidrolizlab metan gazini olinishi. To‘yingan uglevodorodning konsentrlangan mineral kislotalar bilan o‘zaro ta’siri. To‘yingan uglevodorodlarni kerosin va benzinni alangalanishiga qarab aniqlash.

    4. Etilenni etil spirtlardan olinishi va uning xossalarini o‘rganish. Bromning etilenga birikishi. Etilenni oksidlash (Ye. Ye. Vagner reaksiyasi). Etilenni kislotali muhitda oksidlash.

    5. Poliyetilenni xossalarini o‘rganish. Asetilenning hosil qilinishi. Asetilenning oksidlash tajribalari. Asetilenga bromning birikishi.

    6. Mis asetilenidning hosil qilinishi. Kauchukning to‘yinmaganlik xossasini o‘rganish. To‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarning galogenli birikmalarini olinishi va xossalarini o‘rganish. Yodoformning olinishi.

    7. Benzolning natriy benzoatdan olinishi. Benzolning erituvchilarda erishi. Aromatik uglevodorodlarga bromning ta’siri. Kaliy permanganatning aromatik uglevodorodlarga ta’siri. Benzolning nitrolanishi. Toluolning nitrolanishi.

    8. M-dinitrobenzolning olinishi. Aromatik uglevodorodlarning sulfolanishi. Naftalinning sublimatsiyalanishi. Naftalinning nitrolanishi va bromlanishi.

    9. Neft va uning fraksiyalarini o‘rganish. Laboratoriya sharoitida neft fratsiyalarini ajratish. Vertual laboratoriya sharoitida tajribalarni bajarish. Neft va uning fraksiyalarini o‘rganish. Sanoatda neft fraksiyalarini ajratishni vertual laboratoriya sharoitida o‘rganish.

    10. Natriy alkogolyatning hosil qilinishi. Etilnitritning hosil qilinishi. Etil spirtni kaliy permanganat eritmasi bilan oksidlash. Etil spirtni mis (II) -oksid ta’sirida oksidlash. Mis gliseratning hosil bo‘lishi. Gliserinning degidratlanishi.

    11. Fenollarning suvda eruvchanligini aniqlash. Natriy fenolyatning hosil bo‘lishi va unga kislotalarning ta’siri. Fenolning karbonatlar bilan o‘zaro ta’siri.

    12. Fenolning temir (III)-xlorid bilan reaksiyasi. Fenolning brom bilan reaksiyasi. Fenolning sulfolanishi. Fenolning konsentrlangan nitrat kislota bilan o‘zaro ta’siri.

    13. Dietil efirning hosil qilinishi. Organik moddalarni efirda eruvchanligi. Asetonning olinishi. Benzoy aldegid va asetonning bisulfitli birikmasini olish.

    14. Chumoli kislotaning oksalat kislotadan olinishi. Sirka kislotani olinishi. Sirka-etil efirning olinishi.

    15. Sirka kislotaga natriy karbonatning ta’siri. Benzoy-etil efirning hosil qilinishi. Benzoy kislotani asosli temir tuzini olish.

    16. Oksalat kislotaning parchalanishi. Oksalat kislotaning oksidlanishi. Sirka kislotani etil efirini olinishi. Sirka-izoamil efirning olinishi.

    17. O‘simlik moyining har xil erituvchilarda erishi. Yog‘larni sovunlanishi. Sovundan erkin yog‘ kislotalarini ajratib olish. Erimaydigan kalsiyli tuzning olinishi

    18. Anilinni suvda va spirtda eruvchanligi. Anilin eritmasining pH ini aniqlash. Anilinning kaliy bixromat bilan oksidlash. Karbomid (mochevina)ning nitrat tuzini hosil qilish, mochevinaning qizdirilganda parchalanishi (biuret hosil bo‘lishi).

    19. Piridin va uning xossalari. Piridinga oksidlovchilarning ta’siri. Xinolinning suvda eruvchanligi. Xinolinning oksidlanishi. Purin va pirimidin asosli geterotsiklik birikmalarning xossalarini o‘rganish.

    20. Glyukozaning suvda va spirtda eruvchanligi. Monozalarning mis (II)-gidroksid bilan o‘zaro ta’siri. Disaxaridlarni suvda va spirtda eruvchanligi.

    21. Disaxaridlarda gidroksil guruhlar borligini isbotlash. Kalsiy saxaratning hosil bo‘lishi. Syellyulozaning ishqor bilan o‘zaro ta’siri. Syellyulozaning Shveytser reaktivida erishi. Syellyulozaning gidroliz lanishi.

    22. Ksantoprotein reaksiyasi. Biuret reaksiyasi. Malon reaksiyasi.

    23. Glikokol misli tuzining olinishi. Oqsillarni (qizdirish natijasida, spirt bilan, tuzlar ta’sirida) cho‘ktirish.


    Download 9,69 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131




    Download 9,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4, Q5,Q6,Q7,Q8,Q9

    Download 9,69 Mb.