|
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari
|
bet | 10/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevBir turda bo’lmagan HT o’z tarkibiga turli turdagi kompyuterlar yoki prosessorlarni oladi. Bunday tizimlarni qurishda yaratish va xizmat ko’rsatish jarayonini murakkablashtiruvchi turli xil texnik va funksional xarakteristikalarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Hisoblash tizimlari boshqarish va xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan quyidagicha ishlaydi:
operativ holatda (on-line);
operativ bo’lmagan holatda (off- line).
Operativ tizimlar real vaqt masshtabida ishlaydi. Ularda tezkor axborot almashinuvi amalga oshiriladi, so’rovlarga javoblar kechiktirilmagan holda kelib tushadi. Operativ bo’lmagan HT so’rovning bajarilishida kechikish bo’lgan holda ham (ayrim hollarda tizimning keyingi ish seansida) «kechiktirilgan javoblarga» ruxsat etiladi.
Bu yerda hisoblash tizimlari va ularning qo’llanilish sohalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar keltirilgan. HT barcha asosiy xarakteristikalari – tashkil qiluvchi komponentlar, struktura va yechilayotgan masala foydalanuvchi talabiga bog’liq bo’ladi.
Hisoblash tizimlari arxitekturasi yechilayotgan masalaning murakkabligi, ishlov berilayotgan ma’lumotning hajmi, ma’lumotlarga ishlov berishda qo’llaniladigan matematik usuli bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Hisoblash tizimlari arxitekturasini klassifikasiyalashning ko’pgina usullari mavjud bo’lib, ulardan taniqli va keng tarqalganlaridan birini ko’rib chiqamiz.
1966 yilda M. Flinn tomonidan asosida prosessorda ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi (buyruqlar va ma’lumotlar) tushunchasi bo’lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikasiyalari taklif qilingan. Ma’lumotlar va buyruqlar oqimi soniga asoslangan ushbu klassifikasiyalar tizimi to’rtta asosiy turga ajratiladi (1.1-jadval, 1.1-rasm).
Har bir turdagi arxitekturaning xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz.
SISD (Single Instruction stream/ Single Data stream) arxitekturasi tizimlarining barchasi bir prosessorli va bir mashinali variantlarni qamrab oladi. Barcha klassik strukturadagi EHM ushbu turga tegishli bo’ladi. Bu turda hisoblashni parallellashtirish ijrochi qurilmalar o’rtasida mikrobuyruqlar oqimini konveyerlashtirish va parallellashtirish yo’li bilan ta’minlanadi (1.1,a-rasm). Bu turga fon-neyman arxitekturalari kiradi, ularda faqat bitta ma’lumotlar oqimi bo’lib, buyruqlarga ketma-ket ishlov beriladi va har bir buyruq bitta ma’lumot oqimi bilan bitta amalni bajaradi.
SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi vektorli va matrisali ishlov berish strukturalarini yaratish uchun mo’ljallangan. Ushbu arxitekturadagi mashinalar vektor elementlari orqali bitta amalni bir vaqtning o’zida bir nechta ma’lumotlar ustida bajaradi. Bunday turdagi tizimlar odatda bir xil elementlar asosida quriladi, ya’ni tizimga kiruvchi prosessor elementlari bir xil bo’ladi va ularning barchasi bir xil ketma-ketlikdagi buyruqlar bilan boshqariladi. Bunda faqat har bir prosessor o’zining ma’lumotlar oqimiga ishlov beradi. Bunday sxemali masalalarga matrisali yoki vektorli (massivlar) ishlov berish, chiziqli va chiziqli bo’lmagan, algebraik va defferensial tenglamalarni yechish, maydon nazariyasi va boshqa ko’plab masalalar kiradi (1.1,b-rasm).
|
| |