• II BOB. Kompyuter axborot tizimlarining asosi
  • Dinamik topologiyali tizimlarning ulash elementlari




    Download 3,98 Mb.
    bet23/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    Dinamik topologiyali tizimlarning ulash elementlari.
    Topologiyaning bu turi ko’p bosqichli topologiya bo’lgani uchun, bunday tizimlarning ulash bosqichlarida qo’llaniladigan ulash elementlarining turini aniqlab olish kerak. Tizim bu alomatiga qarab ikki guruhga bo’linadi:

    Birinchi guruhdagi tarmoqlarda tayanch ulash elementi sifatida nxm kommutatorlari qo’llaniladi. Ikkinchi guruhda ulash elementining vazifasini 2x2 to’liq kommutator bajaradi. Bunday kommutator potensial to’rt razryadlik ikkilik kodi bilan boshqariladi va ulanishning 16 ta variantini ta’minlaydi, shundan 12 tasini foydali deb hisoblash mumkin. Odatda, amalda 2x2 kommutatorning ikki razryadli boshqarish kodi bilan aniqlanadigan faqat to’rtta holatidan foydalaniladi (1.9,v-rasm). Bunday kommutator tayanch kommutasiyalash elementi (TKE) deb ataladi. TKEning birinchi ikkita holati asosiy bo’lib hisoblanadi: ularda kirish axboroti chiqishda to’g’ridan – to’g’ri yoki kesishgan bo’lib uzatiladi. Keyingi ikkita holati keng eshittirishli ish tartibi uchun mo’ljallangan, bunda xabar bitta bog’lamadan bir vaqtning o’zida unga ulangan qolgan hamma bog’lamalarga uzatiladi. Keng eshittirishli rejim kamdan – kam ishlatiladi. Aniq holatga TKEni o’chirib – yoqish uchun signallar boshqarish qurilmasi bilan shakllantiriladi. TKEning nisbatan murakkab variantlarida bu signallar kirish xabarlarining tarkibida bo’lgan belgilangan nuqtaning manzilidan kelib chiqib, elementni o’zining ichida shakllantiriladi.

    Hisoblash tizimining qolgan topologiyalari nisbatan murakkab bo’lib, ularda aloqa almashishning murakkab algoritmlaridan foydalaniladigan kommutasiyalash elementlari qo’llaniladi. Bu topologiyalar – Banyan, Omega, Delta.




    II BOB. Kompyuter axborot tizimlarining asosi

    EHM, kompyuter – bu hisoblash va axborot masalalarini yechishda axborotlarga avtomatik ishlov berish uchun mo’ljallangan apparat vositalarining majmuasidir. Kompyuterlarning turli sinflarga bo’linishlari ma’lum, biz vazifasi va yaratilish bosqichlari bo’yicha sinflarga bo’linishini ko’rib chiqamiz.


    Vazifasi bo’yicha kompyuterlar uchta universal (umumiy qo’llanishdagi), muammoga yo’naltirilgan va maxsuslashtirilgan guruhlarga bo’linadi.
    Universal kompyuterlar murakkab ishlov berish algoritmlari va katta hajmli ma’lumotlarni sig’ishi bo’yicha ajralib turadigan turli ko’rinishlardagi iqtisodiy, matematik, muhandislik texnik va axborot masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Bular katta sig’imli xotira, turli tashqi qurilmalar va quvvatli dasturiy ta’minotli yuqori ish unumdorliligiga ega bo’lgan umumiy foydalaniladigan mashinalardir.
    Muammoga yo’naltirilgan kompyuterlar obyektlarni boshqarish va nazorat qilish masalalarni yechish uchun xizmat qiladi. Ular obyekt bilan qo’shimcha aloqa vositalariga ega va parametrlarni o’lchash, ularni qayd etish, obyektlar yoki jarayonlar haqidagi axborotlarni to’plash va ishlov berish vazifalarini bajaradi. Ular cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega hamda yetarlicha tor sinflardagi masalalarni yechadi.
    Maxsuslashtirilgan kompyuterlar tor doiralardagi masalalarni yechish uchun ishlaydi va cheklangan funksional imkoniyatlarga ega. Ular dastlab pereferiya qurilmalari, murakkab bo’lmagan agregatlar, transport, o’lchash apparaturalarni boshqarish bo’yicha, ma’lumotlarni uzatish tizimlari, boshqarish va hisoblash tizimlarning bog’lamalar va bloklarni moslashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha aniq harakatlarga dasturlashtiriladi.
    O’zining rivojlanishi va takomillashish vaqtida kompyuterlar elementlar bazasi (elektrovakuum asboblar, yarim o’tkazgichli elementlar, kichik, o’rta va katta integral mikrosxemalar), tezkor ishlashi (sekundiga yuzlab, minglab, millionlab va yuz millionlab operasiyalar), dasturiy ta’minotning murakkabligi bilan ajralib turadigan bir necha bosqichlarni (avlodlarni) bosib o’tadi.
    Zamonaviy kompyuterlar algoritmlarni amalga oshirishda butunlay parallellashtirilish, taqsimlangan ko’p prosessorli struktura, hisoblashlarni vektorli va matrisali tezlatgichlarning tezkor xotirasi turli ko’rinishli arxitekturaga ega.

    Download 3,98 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dinamik topologiyali tizimlarning ulash elementlari

    Download 3,98 Mb.