Ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar




Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/244
Sana27.05.2024
Hajmi8,77 Mb.
#254799
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

10.2. Ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar
oqibatlarini bartaraf etish
Ishlab chiqarishdagi yirik avariyalar va halokatlar to ‘satdan paydo 
boMib, tezda rivojlanib ketadi, natijada insonlar hayoti va sog‘lig‘iga katta 
xavf tug‘diradi.
Avariya va halokatlar ishlab chiqarish xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, 
ish jarayonining xarakteriga qarab, salbiy o'zgarishlar yuz berishi va 
vaziyatni chigallashtirishga olib keladi.
Yirik avariya va halokatlarda ishchi va xizmatchilami, shuningdek, 
falokatga yaqin atrofda yashovchi aholini ogohlantirish va ularning 
himoyasini o ‘z vaqtida tashkil 
etish juda muhim vazifalardan 
hisoblanadi. Bunda, birinchi navbatda, odamlarni qutqarish, ularga 
birinchi tibbiy yordam ko ‘rsatish va jarohatlanganlarni davolash 
muassasalariga yetkazish lozim. 
Keyingi 
bosqichda avariya va 
halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda qulash xavfi bo‘lgan bino, 
inshootlarning mustahkamligini oshirish yoki ularni buzib tashlash, 
kommunal-energetik tarmoqlardagi avariyalarni bartaraf etish, izdan 
chiqqan texnologik jarayonlarni tiklash va boshqa kechiktirib b o im as 
ishlar amalga oshiriladi. Avariya va halokatlar oqibatlarini tezda bartaraf 
etishda katta kuch va vositalar talab etiladi. Zararli oqibatlarni bartaraf 
etishda FMning turli maqsadli tizimlari, obyekt ishchi va xizmatchilari, 
shuningdek, yaqin atrofdagi aholi ham jalb etiladi. Avariya natijasida 
bino va inshootlarning buzilishi, atrof muhitning tutunga, changga 
to ‘lishi, zaharli gazlarning tarqalishi aholi o ‘rtasida jarohatlanish va 
qurbonlaming ko‘payishiga sabab boMadi. Bunday vaziyatlarda har bir 
holat uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etish muhim ahamiyatga ega, 
jumladan, vayronali hududlarga, buzilgan bino va inshootlarga kirish, 
qulash xavfi mavjud binolar atrofida aylanib yurish, himoya vositalarisiz 
yerda yotgan, osilib turgan elektr uzatish simlarini ushlash va elektr 
jihozlariga tegish qatiyan man etiladi.
Inshoot konstruksiyalarini qulatish va vayronalami ajratish ishlarida 
ishtirok etuvchi shaxslar qalin matodan tayyorlangan maxsus kiyimlardan, 
yopiq oyoq kiyimlardan foydalanishlari va brezentli qoMqoplar hamda 
kaskalar kiyishlari shart. Xavfli joylar oldida xavfsizlik to‘g‘risidagi 
ogohlantiruvchi yozuvlar mavjud boMgan ko ‘rgazmali vositalar o‘matilishi 
lozim.
185


Vayronalardagi yong‘iniami halqaga olish va bartaraf etish bo‘yicha 
tezkor choralar ko‘riladi, bunda o‘tni o ‘chirishda ishtirok etuvchilar himoya 
vositalaridan, zarurat tug‘ilsa, gazniqobiardan foydalanishlari zarur. Ishlab 
chiqarish tarmoqlaridagi avariya oqibatida zaharli suyuqliklar to‘kilishi, 
ularning atmosfera havosiga va atrof muhitga tarqalish xavfi mavjud 
bo‘ladi. Yuqori kuchlanishdagi elektr manbalari bo‘lishligi qo‘shimcha 
yong‘in va portlashlaming paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning 
uchun avariya va halokat oqibatlarini bartaraf etuvchi tizimlar shulami 
hisobga olishlari lozim bo‘ladi. Zararlangan hududdagi jabrlanuvchilarga 
o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish lozim, buning uchun 
jabrlanuvchilar soni, ulaming turgan joyi, ahvoli, olgan jarohat xususiyati 
hamda yordam ko‘rsatish vaqtlarini aniqlashi darkor.
Avariya va halokatiar natijasida quydagi jarohatlar: yaralanish, 
kuyish, shikastlanish, suyaklar sinishi, to'qimalarning uzilishi, ezilish. 
elektr tokidan kuyish, KTZMlardan zaharlanish va hokazolar kuzatiladi. 
KTZMlar ishlatiladigan, olinadigan va saqlanadigan obyektlardagi 
avariyada zaharlanish o ‘chog£i o ‘z vaqtida aniqlanishi va 

Download 8,77 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244




Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar

Download 8,77 Mb.
Pdf ko'rish