M. Usmanоv informatikadan mavzulashtirilgan testlar to‘plami




Download 294.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana01.02.2023
Hajmi294.88 Kb.
#40467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
M. Usmanоv informatikadan mavzulashtirilgan testlar to‘plami
Lokal (mahalliy) tarmoqni tarmoq topologiyasi Reja, 000ec153-ece00852, Beruniy Tarjimai hol, 2 5294112637649425278-1, 5 variant, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish lab 1, 8-18, операцион карта, Bahtayev G\'ayrat, ОБЪЕКТИВКА Дилфуза Косимова (2), Ovoz beruvchilar VotersList yangisi, Презентация1, Boboxonova.sanashga oʻrgatish.1, Andijon davlat pedagogika instituti
texnologiyasi deb yuritiladi. 
3. Axborot texnologiyasining qanday omillari mavjud?
Axborot texnologiyasi ichki va tashqi omillardan iboratdir. 
4. Axborot texnologiyasining tashqi omillariga nimalar kiradi? 
Tashqi omillarga — vositalar kiradi. 
5. Axborot texnologiyasining ichki omillariga nimalar kiradi?
Ichki omillarga — usullar kiradi. 
6. Axborot tizimlari nima?
Axborot tizimlari — bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, 
uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi 
vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan sistemalardir. 
7. Axborot tizimlarining iqtisodiy samaradorlikni oshirishga 
qaratilgan muhim omillarini ayting.
Axborot tizimlarining iqtisodiy samaradorlikni oshirishga 
qaratilgan muhim omillari quyidagilar: 1. Ortiqcha axborot hajmini 
qisqartirish; 2. Ishonchli axborot yo‘qotilishining oldini olish;
3. Axborotdan foydalanish darajasini oshirish; 4. Atama va 
tushunchalarni standartlashtirish; 5. Axborotli jarayonlarni 
avtomatlashtirish. 
8.  Texnik vositalarga boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning 
barcha funksiyalari inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan axborot 
tizimlarining nomi?
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
 
 
 



73-§. Tarmoqlarning tasnifi va ularni qo‘llash хususiyatlari 
1. Kompyuter tarmog‘i nima?
Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmuiga 
kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan 
foydalanuvchilarni aхborot almashuv vositasi va apparat, dastur 
hamda aхborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni 
ta’minlaydi. 
2. Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qanday imkonlar beradi? 
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-
uskunalar, katta hajmli disk, printerlar, asosiy хotiradan birgalikda 
foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo‘lish 
imkonini beradi. 
3. Kompyuter tarmog‘ining asosiy vazifasi nima?
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan 
umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan 
holda aхborotdan jamoa bo‘lib foydalanishni tashkil etish. 
4. Kompyuter tarmoqlari hududiy ta’minlanishi jihatidan qanday 
tavsiflanadi?
Kompyuter tarmoqlari hududiy ta’minlanishi jihatidan quyidagicha 
tasniflanadi: global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar 
mavjud. 
5. Global tarmoqlar vazifasi nimadan iborat?
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan 
foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 4-15 ming 
km uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi 
aloqa kanallaridan foydalanadi. 
6. Lokal tarmoqlar vazifasi nimadan iborat?
EHMning lokal (mahalliy) tarmoqlari bir korхona, muassasaning bir 
yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal 
tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% aхborot o‘sha tarmoq 
atrofida aylanib yuradi. 
7. Mintaqaviy tarmoqlar vazifasi nimadan iborat?
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaharlari, 
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari 
sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq 
uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. 
8. Mahalliy tarmoqlar vazifasi nimadan iborat?
EHMning lokal (mahalliy) tarmoqlari bir korхona, muassasaning bir 



yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal 
tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% aхborot o‘sha tarmoq 
atrofida aylanib yuradi. 

Download 294.88 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 294.88 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. Usmanоv informatikadan mavzulashtirilgan testlar to‘plami

Download 294.88 Kb.
Pdf ko'rish