• Ma’ruza mashg‘uloti rejasi
  • M. X. Xolnazarova, M. Q. Muxliboyev yosh va pedogogik psixologiya




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #152118
    1   2   3   4
    Bog'liq
    xrpt 22acjx3oi0u2mk98xfo0gtv5e1ii1uorkotvckakkvby7avtgbtmveh26p0vbncl5x8799hjti9

     
     
     
     
     
     
     
     


    4
    I. QISM 
     
    1-mavzu: YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI FANINING 
    PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI 
    Mashg‘ulot shakli: Obzorli-maruza tushunib olish, esda qolishi 
    kerak bo‘lgan bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma’lumotlarni bayon 
    etish va tushuntirishga qaratilgan. 
    Ma’ruza mashg‘uloti rejasi: 
     
    1. Yoshlar psixologiyasi faniga kirish, fanning predmeti. 
    2.Yosh davrlar psixologiyasi fanining prinsiplari. 
    3. Hozirgi zamon yosh davrlari psixologiyasi fanining asosiy 
    vazifalari. 
    4. Yosh davrlar psixologiyasi fanining ilmiy tadqiqot usullari. 
     
    Tayanch so‘z va iboralar: 
     
    Yosh davrlar psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bo‘limlari. 
    Tarixiy taraqqiyoti. Yosh davrlari psixologiya fanining metodlari. 
    Boshqa fanlar bilan aloqasi. Uning bo‘lajak o‘qituvchilar tayyor-
    lashdagi ahamiyati, prinsip, logityud, ontogenez. 
     
    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: 
    O‘quv kursi bo‘yicha umumiy tushuncha berish. Talabalarning yosh 
    va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari, 
    fanlar tizimidagi o‘rni haqidagi bilimlarini kengaytirish va mustah-
    kamlash. Yosh va pedagogik psixologiyaning fan sifatida vujudga 
    kelishi, rivojlanishi, uning metodlari, ontogenezda har bir yosh davrning 
    xususiyatlari, qonuniyatlari, psixik taraqqiyot mexanizmlari haqida 
    ma’lumot berish.
    Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi 
    odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (onto-
    genezda) tug‘ilgandan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayo-
    nini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini 
    o‘rganishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi insonda turli psixik 
    jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning har xil 


    5
    faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovutlarini shuningdek, inson 
    shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi. 
    Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu
    sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu 
    bahsiga kiradi. Bolaning tug‘ilishidan voyaga yetgunicha har tomon-
    lama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lgunicha ulg‘ayi-
    shi va shaxsining tarkib topishi muammolari psixologik mexanizmlarini 
    aniqlash va sharhlash yosh davrlari psixologiyasi sohasining muhim 
    jihatidir. Yosh davrlari psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miq-
    dor jihatidan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib 
    borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik qoidaga amal qiladi. 
    Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik 
    rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari me-
    zonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan 
    yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shu-
    ning uchun ijtimoiy hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoa-
    larda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixolo-
    giyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish 
    jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojla-
    nishi qonunlarini hisobga olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning 
    uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh 
    davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va 
    xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir.
    Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol 
    topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga 
    keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri 
    xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. 
    Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan
    amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta’lim-tarbiya ishlarini tako-
    millashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning
    samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, 
    shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik
    iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy 
    munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat 
    qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi XIX asrning boshlarida
    vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga
    borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psi-
    xologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda 
    keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) 


    6
    bixevoritsik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. 
    Shuningdek, metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar
    ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar
    yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga
    qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga keldik. Quyida
    ana shularni bayon qilamiz: 
    1. Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolutsiya g‘oyasining 
    (Ch.Darvin) inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarur-
    ligi. 
    2. Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odam-
    lar xatti-harakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o‘sishiga biror 
    bir faoliyatning ta’sirini aniqlash uchun yetarli emasligini e’tirof etish. 
    3. Yosh davrlari psixologiyasi insonning (tug‘ilganidan umrining 
    oxirigacha) kamoloti uchun metodologik va nazariy ahamiyatga ega 
    ekanligi tan olingani.
    4. Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab 
    o‘quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, 
    xodimlar, qariyalar har xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi
    sababli tarbiya, ishlab chiqarish, ijtimoiy ta’minot muassasalari, 
    yetimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar maxsus maktablar, internatlar, 
    psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari, shifoxonalar va 
    boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani . 
    5. Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-
    nevralogiya, psixogigiyena, neyroxirurgiya, sangigiyena bolalar va 
    kattalar patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va hokazolar
    bo‘yicha kopleks tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya 
    biologiya, meditsina, sotsiologiya fanlarining hamkorligida ilmiy 
    tadqiqot ishlari olib borilishi. 
    6. Yuridik psixologiya va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda
    sezilarli o‘rin egalayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik-
    ning ortib borayotgani (sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, 
    penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi, voyaga yetmagan 
    qonunbuzarlar muammosi va jinoyatning oldini olish masalasi). 
    7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va
    turmushning har bir jabhasiga kirib borishi, shuningdek, o‘z o‘rnini
    topayotgani (psixologik maslahatlar auto va sotsial treninglar, ishbilar-
    monlik o‘yinlari profesiogramma psixodiagnostika va hokazolarga 
    talab ortishi). 


    7
    8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarish-
    lariga doir, bilimlarga eрtiyoji va talabi ortayotgani (harbiy, sport, 
    savdo, mehnat, kosmik, injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq 
    materiallar zarurligi. 
    9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari, 
    millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalari-
    ni turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va 
    inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va 
    hokazo). 
    10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq 
    xo‘jaligida kishilarning haqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy 
    va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini
    oshirish, inson-texnika, yer-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil 
    o‘rganish zarurligi. 
    11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
    Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z joniga 
    qasd qilish hollarini bartaraf etish, oilada teng huquqlilikni qaror 
    toptirish va bolalar tarbiyasini yaxshilish vazifalari. 
    12. Inson uzoq umr ko‘rishning sirlarini – gerontopsixologik
    qonuniyatlarni targ‘ib qilish, davlat muassasalarida psixologik bilimdan
    o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar 
    pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda odilona muloqot-
    da bo‘lish kerakligi yosh davri psixologiyasini rivojlantirishni taqozo 
    etmoqda. 
    Turli yoshdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, 
    vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jis-
    moniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-
    sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozir nihoyatda
    zarur bo‘lib qoldi.
    Yosh davri psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy 
    ahamiyatga ega. U ham bashqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda 
    eksperimental biologiya va genetika, meditsina sotsiologiya kabi 
    fanlarning ahamiyati katta.Yosh davri va diferinsial psixologiya fani 
    dialektikani prinsiplariga, oliy nerv faoliyati qonunlariga diferinsial 
    psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga
    tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan 
    bahs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabhalaridagi amaliy 
    masalalarni hal qilishda faol ishtirok etadi. 


    8
    Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy 
    psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgi-
    laydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi. 
    1. Dealektik materializm ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada 
    tashkil topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning mahsulidir. 
    Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning 
    miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, 
    tassavur, xotira, tafakkur, nutq xayol kabi bilish jarayonlarida, 
    shuningdek, shaxsning xususiyatlari va turli vaziyatlardagi his-tuyg‘usi 
    va xarakter xislatlarida, qiziqishi va ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi. 
    2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi 
    dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik 
    organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida 
    vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlarida vujudga keladigan 
    muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari 
    hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya 
    po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P.Pavlov-
    ning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda o‘zaro 
    induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sinda
    muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, 
    qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zgalishni), muvaqqat 
    bog‘lanishlarning yo‘qolayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish 
    imkonini beradi. 
    Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi 
    muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda 
    analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi 
    ta’limotga ko‘ra har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga
    munosabatini aks ettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks 
    ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida 
    ifodalanishdan iboratdir.
    3. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongi faoliyatini uning ham
    nazariy ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining 
    ongliligi uning turli-tuman faoliyatida xatti-harakatlarida namoyon 
    bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan nazariy 
    hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy 
    belgilar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi. 
    Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, 
    ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, 
    ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, 


    9
    xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodlari, uni 
    faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari tilaklari, xohishlari, 
    pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi. 
    4. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o‘zini qurshab 
    turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks 
    ettirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli 
    yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni 
    tabora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib 
    kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga 
    munosabati vujudga keladi. 
    5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks 
    ettirishda namoyon bo‘ladi. Tarixiy materializm ta’limoticha, insonning 
    moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina 
    emas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, 
    umuminsoniy qiyofalari, e’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikga 
    munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-
    harakatlarining majmuasidir. 
    6. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma’lumki, inson
    zotining rivojlanishi obyektiv borliqqa va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida
    sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy
    faoliyati, masalan: o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni 
    mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning 
    takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi. 

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. X. Xolnazarova, M. Q. Muxliboyev yosh va pedogogik psixologiya

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish