• Rahimova Gulbahor Qarshiyevna Ilmiy rahbar Annotatsiya
  • METODOLOGIYA
  • Madaniyatini shakllantirish




    Download 258.69 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana15.04.2024
    Hajmi258.69 Kb.
    #195580
      1   2
    Bog'liq
    Baxriddinova Yulduz Abror qizi
    Fizika-fanidan


    BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KITOBXONLIK 
    MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH 
    Baxriddinova Yulduz Abror qizi 
    Oʻzbekiston -Finlandiya Pedagogika Instituti 
    Rahimova Gulbahor Qarshiyevna 
    Ilmiy rahbar 
     
    Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada yosh kitobxonlarning bilim saviyalarini 
    mustahkamlash va bunda kitobxonlikning ahamiyati haqida so'z yuritiladi. 
    Kalit so'zlar: Mutolaa madaniyati, ijtimoiy hodisalar, axborot olish Professor 
    V.F.Asmus o'zining «Kitobxonlik – mehnat va ijod», pedagogik izlanish… 
     
    KIRISH 
    Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha 
    bo‘lgan. Har bir davrning o‘z extiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi 
    belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining 
    ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida 
    e'tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik 
    madaniyati”, “O‘qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan 
    ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. 
    METODOLOGIYA
    “Mutolaa” so'zi arabcha “o'qish” degan ma'noga ega bo'lsa-da, bugungi 
    kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov 
    fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida 
    individlarning umumiy ma'lumot olishga yo'naltirilgan jarayon, xulq-atvor va 
    faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o'zgarishlar 
    majmuini ifodalovchi bilimlar, me'yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa 
    atributlardir. Ayni chog'da mutolaa madaniyatini ta'lim tizimlari orqali maxsus 
    shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma'lumotni inson hayoti davomida turli 
    manbaalar – kitoblar (badiiy, ilmiy, o'quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari 
    (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot 
    texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo'llanma va hokazolar), 
    shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a'zolari,) 
    orqali ega bo'linadigan turli yo'nalish va shakldagi umumiy ma'lumotdan farqlash 
    lozim bo'ladi» 2 . Professor E.I.Yo'ldoshev «O'qish madaniyati» tushunchasiga 
    shunday ta'rif beradi: «O‘qish madaniyati – juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, 
    kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan 


    ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la 
    ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni 
    taqozo etadi» 
    Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, 
    undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar 
    bilan ishlash, ma'lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan 
    o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot okimlari orasidan 
    kerakli, muhim bo'lgan ma'lumotlarni ola bilish, o'z kasbiy malakalarini 
    oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanish 
    yo'llarini o'rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. 
    Axborot olish madaniyatini to'liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon 
    terminini qo'llash o'rinlidir. 

    Download 258.69 Kb.
      1   2




    Download 258.69 Kb.
    Pdf ko'rish