• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Magistral quvurlarning korroziyalanishi hodisalari va ularni himoyalash usullari




    Download 277.83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana14.12.2022
    Hajmi277.83 Kb.
    #34855
      1   2
    Bog'liq
    magistral-quvurlarning-korroziyalanishi-hodisalari-va-ularni-himoyalash-usullari
    atg-worksheet-specialpluralnouns, hisobot-yozish-qoidalari-va-hisobotlar-tarkibi, 14-y-Korxona-iqtisodiyoti.Oquv-qollanma.-Maxmedov-E.X-va-bosh.-T-2006, Samarqan agroinnovatsiyalar va Tadqiqotlar Instituti


    Magistral quvurlarning korroziyalanishi hodisalari va ularni 
    himoyalash usullari 
     
    Anvar Asrorovich Aslonov 
    Xamro Bozorovich Do’stov 
    Mirvohid Olimovich Sattorov 
    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
    Annotatsiya: Maqolada magistral quvurlarni ekspluatatsiya qilish davrida uning 
    yemirilishi bilan hodisalarning sinflanishi, quvurlarning yotqizilish usulidan kelib 
    chiqib atrof-muhitning ta’siri hamda korroziyaga uchrashdan himoyalash usullari 
    haqida bayon qilingan. 
    Kalit so’zlar: korroziya, quvur, qoplama, anoq, katod, izolyatsiya, elektrolit. 
    Phenomena of corrosion of trunk pipes and methods of their 
    protection 
    Anvar Asrorovich Aslanov 
    Khamro Bazarovich Dostov 
    Mirvohid Olimovich Sattorov 
    Bukhara Engineering-Technological Institute 
    Abstract: the article describes the classification of events with its destruction 
    during the period of exploitation of the main pipelines, the impact of the environment 
    due to the method of laying pipes, as well as methods of protection against corrosion 
    meeting. 
    Keywords: corrosion, pipe, coating, anak, cathode, insulation, electrolyte. 
    Magistral quvurlar tarmoqlarining tashqi yemirilishi metall qoplama-elektrolit 
    chegarasining uchta fazasida sodir bo‘ladi. An’anaviy yondashuvlarga muvofiq 
    yemirilishni quyidagi tasnif bo‘yicha ko‘rib chiqish qabul qilingan:
    1. Yemirilishning sodir bo‘lish tabiati bo‘yicha yemirilish ikkita turga kimyoviy 
    va elektrokimyoviy turlariga tasniflanadi.
    Kimyoviy yemirilish bu quvur tarmoqlari metallining qurshab turuvchi tok 
    o‘tkazmaydigan muhit ta’siri ostida noixtiyoriy oksidlanishidir. Bu jarayon natijasida 
    metall yuzasining yemirilishga tortilgan uchastkasida yemirilish mahsulotlari paydo 
    bo‘ladi. Kimyoviy yemirilish quyidagi turlarga tasniflanadi: gazli yemirilish va 
    noelektrolitlardagi yemirilish.
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    287


    Elektrokimyoviy yemirilish bu quvur tarmoqlari metallining elektrolitlarda elektr 
    tokini hosil bo‘lishi bilan yemirilishidir. U quyidagi turlar bo‘yicha tasniflanadi: 
    tuproqli korroziya, elektrokorroziya, atmosfera korroziyasi, suyuqlikli korroziya, 
    biokorroziya, kontaktli (tutashuv) korroziya va zo‘riqish ostida yemiriluvchi darz 
    ketish.
    2. Tarqalish xarakteri bo‘yicha yemirilish uzluksiz va mahalliy turlarga bo‘linadi. 
    O‘z navbatida uzluksiz yemirilish bir tekis va notekis bo‘ladi. Mahalliy (yoki 
    chegaralangan) yemirilish chuqurchali, nuqtali (yoki pittingli), dog‘li, yuza ostidagi, 
    kristallitlararo, kristallitlar ichidagi, tuzilish-tanlanmali, shuningdek mexanik ta’sir 
    o‘tkazishdan keyin paydo bo‘lgan (ya’ni, yemirilishli darz ketishdan keyin) korroziyali 
    bo‘ladi.
    Magistral quvurlar tarmoqlari uchun yemirilish hodisalarining quyidagi turlari 
    ajratiladi:
    1. Adashgan toklar harakatlanadigan zonadagi chuqurchali elektrokorroziya, 
    bunda metallning erishi Faradey qonuni bo‘yicha aniqlanadi va temir uchun birinchi 
    yaqinlashishda yiliga 9 kg/A ni tashkil qiladi. Gaz quvurlari tarmoqlari o‘tkazilgan 
    zonalarda, toklarning yerga o‘tishini hosil qiladigan energosig‘imli inshootlar ko‘p 
    bo‘lgan sanoat rayonlarida rivojlanadi.
    2. Adashgan toklarning belgi almashtiradigan zonalaridagi yemirilish, birinchi 
    turdagi yemirilishdan gaz quvurlari tarmoqlarining anod zonasida kam vaqt davomida 
    bo‘lishi va gaz quvurlari tarmoqlarining xuddi o‘sha izolatsiyalanmagan 
    uchastkalarida katodli reaksiyalarning sodir bo‘lishi bilan farqlanadi.
    3. Qudratli makrokorrozion elementlar anod zonasidagi, masalan, differensial 
    aeratsiya anod zonasidagi chuqurchali yemirilish. Izolatsiyaning uzluksiz nuqsonlari 
    makrobug‘lar anod zonalari bilan mos tushishida, ayniqsa nuqsonlar quvurlarning 
    pastki qoplamida bo‘lganda o‘ta xavfli bo‘lib hisoblanadi. Solishtirma elektr qarshiligi 
    unchalik yuqori bo‘lmagan tuproq qatlamlarida (20 Om*m gacha) rivojlanadi. 
    Yemirilishning maksimal tezligi yiliga 4-5 mm gacha yetishi mumkin. Xuddi qoidada 
    ko‘rsatilganday, janub iqlimli zonalarida, mineral tuzlarning konsentratsiyasi yuqori 
    bo‘lgan tuproqlarda ko‘proq tarqalishga ega bo‘ladi.
    4. Yer osti suvlari sathining tebranishlari darajasidagi yoki gaz quvurlari 
    tarmoqlarining davriy ravishda suvga bo‘kish zonalaridagi yemirilish. Bunda yer osti 
    suvlari sathi darajasi bo‘ylab bo‘ylama yo‘nalishda asta-sekin birikib boradigan 
    bo‘shliqlar (kavern) zanjiri hosil bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan ular quvurning po‘lat 
    devorini vaterliniya (botish chizig‘i) darajasida go‘yoki «qirqib yuboradi».
    Ular polimer plyonkali izolatsiyalash holatida ham hosil bo‘ladi. Agar suv sathi 
    pastki tarkib toptiruvchi atrofida tebranadigan bo‘lsa, u holda korroziyaning izolatsiya 
    tagida 4-5 sm qalinlikkacha bo‘lgan «qatlamlangan pirog» ko‘rinishidagi ko‘p qatlamli 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    288


    mahsulotlari vujudga keladi. Ular 20-40 m gacha bo‘lgan katta masofalarga cho‘zilgan 
    bo‘lishi mumkin. Yemirilishning maksimal tezligi yiliga 4 mm gacha yetadi.
    5. Stress-korroziya (КРН) zo‘riqish ostida yemiriluvchi darz ketishning shartli 
    nomlanishi bo‘lib, quvurning pastki qismida bo‘ylama darz ketishlar koloniyasi 
    ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, xuddi qoidadagiday ular keyinchalik o‘sadi va 
    quvurning yorilishiga olib keluvchi bosh darz ketishga birlashadi.
    6. Plyonka ostidagi chuqurchali yemirilish izolatsiyaning qatlamlangan 
    zonalarida, qoidaga ko‘ra og‘ir loy tuproqli zonalarda sodir bo‘ladi. Yemirilishning 
    kuzatiladigan tezligi yiliga 1,0-1,2 mm ni tashkil qiladi.
    7. Vertikal metall konstruksiyalar ularning yerdan kunduzi yuzaga chiqish 
    joyidagi yemirilishi. Atmosfera namligining yig‘ilish zonalaridagi havo 
    izolatsiyasining chegaralarida rivojlanadi. Sanoat maydonchalarining yer osti 
    kommunikatsiyalari (birikish elementlari) uchun ko‘proq xarakterlidir. Yemirilishning 
    maksimal tezligi yiliga 1,0-1,5 mm ni tashkil qiladi.
    Odatda quvur tarmoqlarining ishdan chiqishiga, tortilgan uchastkasida korrozion 
    yemirilishlarning bir nechta turi kuzatiladi, bunday holat himoyalash chora-tadbirlarini 
    majmuaviy holda qo‘llash zarurligini shartlaydi.
    Yerga yotqizilgan, izolatsiyalangan metall quvur tarmoqlari tuproqdagi namlik 
    bilan izolatsiya qatlamidagi zichlanmaganlik orqali unchalik ko‘p bo‘lmagan 
    tutashishlarga (kontaktlarga) ega bo‘ladi. Tuproq namligi o‘zida turli xil tarkibli va 
    konsentratsiyadagi elektrolitni taqdim qiladi. Metallning tuproq elektroliti bilan 
    tutashishi yemiruvchi elementlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
    Agar elektrolitga botirilgan metall yuzasida turlicha elektr potensialiga ega 
    bo‘lgan uchastkalar bo‘lsa va ular metall massasi orqali birlashgan bo‘lsa, u holda 
    elektrolit orqali ulangan tashqi zanjirda tok yuqoriroq bo‘lgan potensialdan pastroq 
    bo‘lgan potensialga oqadi. Yuqori potensialga ega bo‘lgan uchastka anod, kichik 
    potensialga ega bo‘lgan uchastka esa katod bo‘ladi.
    Quvur tarmoqlarining metall yuzasida anodli va katodli uchastkalar yuzaning 
    elektrokimyoviy potensialida qandaydir bir jinsli emaslik bo‘lganda vujudga kelishi 
    mumkin. Bu bir jinsli emaslik metall yuzaning mahalliy yemirilishiga olib keluvchi 
    korrozion elementlarning (korrozion bug‘larning) paydo bo‘lish sababi bo‘lib 
    hisoblanadi. Metall tuzilishining bir jinsli emasligi, po‘lat tarkibiga suqilib kirishlar, 
    deformatsiyalangan zonalarning notekis taqsimlanishi, mahalliy zo‘riqishlar, 
    himoyalovchi izolatsion qatlam sifatining bir xil emasligi yoki undagi nuqsonlar, 
    elektrokimyoviy potensiallarning bir jinsli bo‘lmasligining sabablari bo‘lib 
    hisoblanadi.
    Yer qatlamlarini yemiruvchi faolligi darajasini baholashda tuproqning elektr 
    o‘tkazuvchanligi bunday ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi. 1-jadvalda tuproqlarning 
    ularning solishtirma elektr qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan yemiruvchi faolligi keltirilgan.
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    289


    1-jadval 
    Tuproqlarning ularning solishtirma elektr qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan 
    yemiruvchi faolligi 
    Tuproqlarning solishtirma elektr 
    qarshiligi, om*m 
    100 
    dan 
    ortiq 
    100-20 
    20-10 
    10-5 

    dan 
    kam 
    Tuproqlarning 
    yemiruvchan 
    faollik darajasi 
    Past 
    O‘rtacha 
    Oshirilgan 
    Yuqori 
    O‘ta 
    yuqori 
    Magistral neft va gaz quvurlarini hamda gaz tarmoqlarini tuproq korroziyasidan 
    himoya qilishda umumlashgan usul - izolatsiya qoplamasi va katod qutblash orqali 
    amalga oshiriladi. Izolatsiya qoplamasi ma’lum nuqsonlarga ega bo‘lganligi sababli, u 
    quvurni yuz foiz korroziyadan himoya qilish imkoniga ega emas. Bu nuqsonlar 
    (teshikchalar, yoriqchalar) qoplamani surkash va quvurni zovurga yotqizish 
    jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari quvurlardan foydalanish jarayonida 
    qoplamaning eskirishi va boshqa mexanik ta’sirlar natijasida, qoplamadagi eski 
    nuqsonlar kattalashib, qo‘shimcha yangi («teshik») nuqsonlar hosil bo‘ladi. Katod 
    qutblash qoplama nuqsonlari bo‘lgan quvur yuzasini manfiy qutblab, anod jarayonini 
    sodir bo‘lishi to‘xtatiladi. Quvurlarning katod himoyasi o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas 
    tokka aylantirib beruvchi manba (katod stansiyasi) orqali amalga oshiriladi (1-rasm). 
    Himoya qilish uchun katod stansiyasining manfiy qutbi quvurga, musbat qutbi esa 
    yerga ulangan anodga tutashtiriladi. Natijada yopiq zanjir hosil bo‘lib, tok stansiyadan 
    yerga ulangan anodga kelib u orqali yerga tarqaladi. Yerga o‘tgan toklar himoya 
    qilinayotgan quvurga kelib, izolatsiya qoplamasini nuqsonli (ochiq, teshik) joylarida, 
    katod qutblanish jarayonini sodir etadi. Natijada quvur manfiy zaryadlanib, katodga 
    aylanib qoladi (katod singari qutblanadi). Quvurning potensial qiymati (mis sulfat 
    elektrodi bo‘yicha) manfiy tomonga qarab siljiydi. Hosil bo‘layotgan potensialning 
    ma’lum bir ko‘rsatkichida, quvurning korroziyadan himoya qilinish darajasi yuz foizni 
    tashkil qiladi. Shu darajaga to‘g‘ri kelgan potensial qiymatini himoya potensiali 
    deyiladi.
    Katod himoyasining samaradorligi, uni hosil qilgan potensiallarning quvur 
    uzunligi bo‘yicha (L) taqsimlanish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi (1-rasmda). Qabul 
    qilingan andazaga ko‘ra (GOST 25812 - 13), himoya potensialining maqbul maksimal 
    qiymati E
    xim.max
    = -1,1(-1,25)V ga, minimal qiymati E
    xim. min
    = -0,85(-0,95)V ga teng. 
    Agar katod stansiyasining himoya qilish uzunligida (L) keltirilgan potensiallar 
    ko‘rsatkichlari saqlansa, quvur yuz foiz korroziyadan himoya qilingan bo‘ladi.
    E
    tab
    . potensial qiymati, quvur diametriga ko‘ra, minus 0,23 dan minus 0,72 gacha 
    bo‘ladi. Amaliy hisoblarda, uning o‘rtacha qiymatini minus 0,55 V ga teng deb qabul 
    qilingan. U holda katod stansiyalari orqali quvurda hosil qilingan himoya 
    potensiallarining ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ladi:
    E
    min
    = E
    xim min 
    - E
    tab
    = -0,85 V - (-0,55 V) = -0,3 V
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    290


    E
    max 
    = E
    xim max 
    - E
    tab
    = -1,1 V - (-0,55 V) = -0,55 V.
    1-rasm. Katod himoyasi va uning himoya potensiallarini quvur uzunligi bo‘yicha 
    taqsimlanishining umumiy chizmasi: 1 - quvur; 2 - ulovchi kabel; 3 - katod 
    stansiyasi; 4 - yerga ulagan anod; 5 - qoplama nuqsonlari; E
    tab
    - quvurni tabiiy 
    potensiali; E
    max, Emin 
    - tegishlicha, maksimal va minimal hosil qilingan potensiallar; 
    E
    x.max
    , E
    x.min 
    - tegishlicha maksimal va minimal himoya potensiallari; L - katod 
    stansiyasini himoya uzunligi; U - quvur bilan yerga ulangan anod o‘rtasidagi masofa. 
    Agar quvurda E
    xim max 
    potensial qiymati oshirilsa, katod stansiyasining himoya 
    qilish uzunligi ortib boradi. Lekin, uning qiymati oshirilganda, katod stansiyasining 
    quvurga ulangan joyida qizish sodir bo‘lib, izolatsiya qoplamasining yopishqoqlik va 
    butunlik ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Bu, o‘z navbatida, (elektrolitlar ta’sirida) 
    korroziya jarayonlarining sodir bo‘lishini sodir etadi.
    Yer ostidagi metall inshootlarni elektr tokining tashqi manbaidan inshootlarda 
    katodli qutblanishni hosil qiladigan elektr maydonini qo‘yish bilan himoyalash usuli 
    katodli himoyalash deb ataladi.
    Katodli himoyalashda himoya qilinadigan inshootga elektr jihatidan ulangan, 
    metalli yoki nometall elektr o‘tkazuvchan materiallardan tayyorlangan anod korrozion 
    yemirilishga tortiladi.
    2-rasm. Quvur tarmoqlarining izolatsiyada nuqsonlar bo‘lgan yuzasida 
    potensiallarning taqsimlanish sxemasi. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    291


    Quvur tarmoqlarini yemirilishdan himoyalash majmuaviy tarzda: izolatsiyalovchi 
    qoplamalar va katodli qutblash bilan amalga oshiriladi. Izolatsiya amalda mutlaqo 
    yaxlit (uzluksiz) bo‘lib hisoblanmaydi, balki yuzasi va shakli bo‘yicha turlicha bo‘lgan 
    qandaydir bir miqdordagi nuqsonlarga ega bo‘ladi. Katodli himoyalash quvurlar 
    tarmog‘ining uzluksiz (yaxlit) nuqsonlar bilan yalang‘ochlangan yuzasida yemirilish 
    jarayonini tormozlash funksiyasini o‘ziga oladi (3-rasm).
    Shunday qilib, yer ostidagi quvurlar tarmog‘ini katodli himoyalash quvurlar 
    tarmog‘i va uni qurshab turgan tuproq qatlami o‘rtasida potensiallarni himoyalovchi 
    farqini hosil qilishga keltiriladi. Bunda quvurlar tarmog‘i uni qurshab turgan tuproq 
    qatlamiga nisbatan katod bo‘lib hisoblanadi.
    Quvur tarmoqlari va tuproq qatlami o‘rtasida potensiallarning himoyalovchi 
    farqini hosil qilish doimiy tok manbasi yordamida amalga oshiriladi. Tok manbasining 
    manfiy qutbi quvurlar tarmog‘iga, musbat qutbi esa yerga ulanadi, bunda yer anod 
    bo‘lib hisoblanadi.
    Katodli elektrohimoyalashning prinsipial sxemasi 3-rasmda keltirilgan. Katodli 
    qurilma 2 katod stansiyasidan, 3 yerga ulanishdan, tutashtiruvchi simlar va 4 nazorat-
    o‘lchash kolonkasidan tarkib topgan.
    Quvur tarmoqlariga quvur yuzasida katod potensialini hosil qiladigan tashqi 
    elektr maydonining qo‘yilishi quvurlar tarmog‘ining to‘liq himoyalanishini ta’minlashi 
    mumkin. Quvurlar tarmog‘iga qo‘yilgan potensialning qutblanmaydigan elektrod 
    yordamida yerga nisbatan o‘lchanadigan qiymati himoyalash mezoni (kriteriysi) 
    sifatida xizmat qiladi. 
    3-rasm. Katodli qurilma bilan himoyalashning prinsipial sxemasi: 1 - himoya 
    qilinadigan gaz quvurlari tarmog‘i, 2 - katod stansiyasi, 3 - yerga anodli ulanish, 4 - 
    tutashtiruvchi sim. 
    Katodli himoyalash metall inshootlarni, jumladan, neft va gaz quvurlari 
    tarmoqlarini yemirilishdan elektrokimyoviy himoyalashning variantlaridan biri bo‘lib 
    hisoblanadi. U yaxshi ionli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yemiruvchi 
    muhitlarda samaralidir va yemirilish jarayonlari tezligining elektrod potensiali 
    qiymatiga bog‘liqliligiga asoslanadi. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    April 2022 / Volume 3 Issue 4
    www.openscience.uz
    292



    Download 277.83 Kb.
      1   2




    Download 277.83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistral quvurlarning korroziyalanishi hodisalari va ularni himoyalash usullari

    Download 277.83 Kb.
    Pdf ko'rish