Uzunligi 30 cm bo‘lgan o‘tkazgichdan 2 A tok o‘tmoqda. O‘tkazgich induksiyasi 1,5 T bo‘lgan bir jinsli magnit maydonning induksiya chiziqlariga 30° burchak ostida joylashgan. O‘tkazgich Amper kuchi yo‘nalishida 4 cm ga ko‘chganda qanday ish bajariladi?
Formulas i: Yechilish i:
A = I · B · l · d · sinα
A m
[A] = A · N · m· m =
= N · m = J
1
A = 2 · 1,5 · 0,3 · 4 · 10 –2 · 2 J =
= 18 · 10 –3 J.
Javobi: A =18 · 10 –3 J.
mavzu. TOKLI O‘TKAZGICHLARNING O‘ZARO TA’SIR KUCHI
Xuddi elektr zaryadlari kabi tokli o‘tkazgichlar orasida ham o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud bo‘ladi. Buni amalda kuzatish uchun ikki elastik o‘tkazgich olib, ularni vertikal holatda tayanchga mahkamlaymiz.
Agar o‘tkazgichlarning yuqori qismini sim orqali ulasak, o‘tkazgichlardan qarama-qarshi yo‘nalishda tok oqadi (1.13- a rasm). Natijada
o‘tkazgichlar bir-biridan itarilib, orasidagi
masofa uzoqlashadi. Agar o‘tkazgichlardan bir xil yo‘nalishda tok oqishini ta’minlasak, o‘tkazgichlar bir-biriga tortiladi (1.13-b rasm).
a b
1.13-rasm.
Amper qonunidan foydalanib, vakuumdagi cheksiz uzun parallel tokli o‘tkazgichlar orasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir kuchining yo‘nalishi va son qiymatining kattaligini aniqlaylik.
Bir-biridan d masofada joylashgan,
ikkita parallel o‘tkazgichlardan bir
xil yo‘nalishda I1
va I2
tok o‘tayotgan
bo‘lsin (1.14-rasm). O‘tkazgichlardan
o‘tayotgan I1
va I2
toklarning magnit
I1 tok pastdan yuqoriga oqayotgan bo‘lsa,
1.14-rasm.
ikkinchi o‘tkazgichda yotgan nuqtalarda
B1 vektor (parma qoidasiga binoan) bizdan kitob tekisligi tomon yo‘nalgan bo‘ladi va ular o‘zaro tik joylashgan. Birinchi tokning magnit maydoni tomonidan ikkinchi tokka ko‘rsatiladigan F2 ta’sir kuchi kattalik jihatdan, Amper qonuniga muvofiq quyidagiga teng bo‘ladi:
F2 = B1 · I2 · ∆ l; (1–15)
bunda: ∆ l – ikkinchi o‘tkazgichning magnit maydonda joylashgan qismining
uzunligi. Bu formulaga to‘g‘ri tokning magnit induksiyasi B = µ I1
ifodasini qo‘ysak,
1 0 2π⋅ d
F2 =
0 2π⋅d
(1–16)
Demak, cheksiz uzun parallel tokli o‘tkazgichlarning birlik uzunligiga ta’sir qilayotgan o‘zaro ta’sir kuchi ulardan o‘tayotgan tok kuchlarining ko‘paytmasiga to‘g‘ri, orasidagi masofaga esa teskari proporsional ekan.
Mazkur hodisa asosida tok kuchining Xalqaro birliklar sistemasidagi
birligi – amper (A) qabul qilingan.
Amper – vakuumda bir-biridan 1 m masofada parallel joylashgan, ko‘ndalang kesim yuzi hisobga olmas darajada kichik bo‘lgan cheksiz uzun to‘g‘ri o‘tkazgichlardan tok o‘tganda, o‘tkazgichlarning har bir metr uzunligida 2 · 10–7 N o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchidir.
Parallel tokli o‘tkazgichlar orasida hosil bo‘ladigan o‘zaro ta’sir kuchining yo‘nalishi qanday aniqlanadi?
Qarama-qarshi yo‘nalishda I1 va I2 tok o‘tayotgan ikkita parallel o‘tkazgichning o‘zaro ta’sir kuchini izohlang.
Tok kuchining birligi – Amperni ta’riflang.
|