|
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish
|
bet | 3/6 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 190 Kb. | | #258067 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim tashkilotlarida nutqiy faoliyatini loyihalash (2)1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish
Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.). Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya). Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoi- 14 dalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim7 . Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir» . XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy9 bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning10 madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning11 faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan. Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi. A.A.Leontev12 L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi. Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik mexanizmlarining yetilganligi bilan, o‘zga tomondan esa, ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq. M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muloqot – bolada so‘zning paydo bo‘lish fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa – fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi sifatida rivojlanadi. Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini rivojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o‘zga tomondan esa – to‘satdan yuz berishlik, «o‘zini-o‘zi harakatga keltirish» bilan tavsiflanishi tushuniladi. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat chog‘idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunikativ omilga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishning turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan. Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega: – ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega; – nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir; – nutqni rivojlantirish asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim; – o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim; – til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur; – nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik holatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda. 17 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: – nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir; – nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas; – bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi.
|
| |