• Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o 'quv tarbiya jarayonida interfaol o 'yinlardan foydalanish saidova Nafisa Shavkatjanovna annotatsiya




    Download 19.2 Kb.
    bet1/3
    Sana14.02.2024
    Hajmi19.2 Kb.
    #156110
      1   2   3
    Bog'liq
    MAKTABGACHA TA\'lim maqola
    5-SINF, Kasb, Bolaning rivojlanishi va unga ta, 15 – maʼruza Optronlar. Optoelektron imslar Reja Fotodiod Nurlan-hozir.org

    MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA O 'QUV TARBIYA JARAYONIDA INTERFAOL O 'YINLARDAN FOYDALANISH
    Saidova Nafisa Shavkatjanovna
    ANNOTATSIYA
    Bugun maktabgacha ta’lim tizimiga boshqa sohalarga qaraganda ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Buning boisi esa, maktabgacha ta’lim muassasalari va bog’achalarning yetuk kadr yetishib chiqishida, bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini belgilashida o’rni beqiyosdir. Ushbu maqolada ayni shu sohadagi tizimli ishlar, maktabgacha yoshdagi bolajonlarda interfaol texnologiya va metodlarni qo’llab ko’rish, shuningdek xorij tajribasidagi faktlar-tahlillar bayon etilgan.
    Kalit so’zlar: interfaol, texnologiya, metodlar, maktabgacha ta’lim, bolalar psixologiyasi va h.k.
    ABSTRACT
    Today, the pre-school education system is receiving more attention than any other area. This is due to the fact that preschools and kindergartens play an important role in the development of mature staff, in determining the interests and abilities of children. This article describes the systematic work in this area, the use of interactive technologies and methods in preschool children, as well as fact-analysis of foreign experience.
    Keywords: interactive, technology, methods, preschool education, child psychology, etc.
    KIRISH
    Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsadi bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari – o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda 77ata kishilarning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar.
    Har ikki holatda ham bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyatmahsuloti bolalar faoliyatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasiga ko’ra ularni maktabgacha ta’lim muassasasiga berish va mavjud qobiliyatiga qarab kelajakdagi sohasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun ayni shu sohada interfaol texnologiya va metodlar ta’lim tizimiga joriy etilmoqda [1-4].

    Download 19.2 Kb.
      1   2   3




    Download 19.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o 'quv tarbiya jarayonida interfaol o 'yinlardan foydalanish saidova Nafisa Shavkatjanovna annotatsiya

    Download 19.2 Kb.