6
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar Ushbu talablar “Umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori kasb
standarti”ning “Taʼlim muassasasini rivojlantirish va oʻquv-tarbiya jarayonini
boshqarish”, “Oʻzini-oʻzi rivojlantirish va oʻqituvchilarning kasbiy malakasini
oshirish”, “Personalni boshqarish”, “Ish yuritish va hisobot”, “Jamoatchilik va
ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari” yoʻnalishlari boʻyicha maktab
taʼlimi tashkilotlari rahbar xodimlarining bilim, koʻnikma, malaka, tayyorgarligi
va kompetentligiga qoʻyiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining hajmi 30 soatni tashkil etadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlimi dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan, jami 15 kredit ballga ega boʻlgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi
sertifikat beriladi. Oʻquv modulining har 2 soatini oʻzlashtirganligi uchun
tinglovchiga 1 kredit ballberiladi.
Maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar xodimlari kursi oʻquv rejasidagi modullarning mazmuni I. TAʼLIM MUASSASASINI RIVOJLANTIRISH 1.1. Taʼlim muassasasini boshqarishning zamonaviy modellari va strategiyalari Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqaruv faoliyatining
ahamiyati. Boshqaruvning kelib chiqishi va uning rivojlanish bosqichlari.
Boshqaruvning oʻziga xos xususiyatlari. Taʼlim menejmentining taʼlim
muassasalarini boshqarishdagi oʻrni. Zamonaviy menejment tushunchasi va
uning jamiyat taraqqiyotidagi samarali oʻrni. Samarali boshqaruv tamoyillari.
Taʼlim muassasasini boshqarishning zamonaviy modellari va uslublari.
Boshqaruvda X-Y nazariyalari.
Taʼlim muassasasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishning
zamonaviy shakllari. Maktabning asosiy missiyasini belgilashning samarali
yoʻllari. Strategiya va strategik rejani ishlab chiqishda muhim maʼlumotlarni
toʻplash, saralash, tahlil qilish va ishlash.
Taʼlimda personalni boshqarish yondashuvidan inson resurslarini
boshqarish tizimiga oʻtish va uning ahamiyati. Zamonaviy menejmentni
tashkillashtirishda inson resurslarini, ichki imkoniyatlarni eʼtiborga olish
shartlari. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida HR amaliyotlarini tatbiq qilish. HR
menejment va kadrlar siyosati. Inson resurslarini boshqarish, jumladan, strategik
boshqarish bosqichlari. Xodimlarni boshqarish funksiyalari. Umumiy oʻrta
7
taʼlim maktablarida inson resurslarini boshqarish va ular faoliyati
samaradorligini baholash va reyting tizimi.