150
Infraqizil
Infrared
obyektdan chiquvchi va oddiy holatda inson ko‘ziga
ko‘rinmaydigan yorug‘lik to‘lqini.
Infratuzilma
Infrastructure
xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lgan jismoniy tuzilmalar.
Intellektual mulk
mad.
Intellectual property
inson aqli bilan yaratilgan nomoddiy ijod mahsuli; das-
turiy taʼminot, rasm, foto, maqola, kitob va h.k.;
boshqa insonlarga tegishli bo‘lgan g‘oya va ko‘nikma.
Interaktiv
xlq. diz.
Interactive
foydalanuvchiga maʼlumot kiritish va chiqarish
imkonini
beruvchi dastur;
foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan
harakatlarga audio yoki vizual shaklda javob beruvchi
dastur yoki qurilma.
Interferensiya
xlq. tar.
Interference
yuborilayotgan signalning uzilishi yoki to‘xtatilishi. Bu
uzilishlar uzatilayotgan ikkilik qiymatni noto‘g‘ri signal
yaratish orqali o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Interfeys
atm.
Interface
dastur oynasining ikonka
va linklar aks ettirilgan
ko‘rinishi, shuningdek, qurilmadan foydalanish
tugmalari joylashgan old panel;
dasturning tashqi ko‘rinishi;
dasturning maʼlumotlarni kiritish va natijani chiqarib
berishga mo‘ljallangan qismi;
kompyuter ekranidagi matn va tasvirlar.
Internet
int.
Internet
dunyodagi barcha o‘zaro ulangan kompyuterlar
tarmog‘iga berilgan nom;
axborot saqlash va almashish uchun foydalaniladigan
kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi.
Internet kafe
int.
Internet café
mijozlar to‘lov evaziga kompyuter tizimlaridan
foydalanishi va qahva ichishi mumkin bo‘lgan joy, kafe.
Interpretator
jrg. dast.
Interpreter
murakkab dasturlash tilini
mashina kodiga aylantirish,
bunda bir martada bitta satr o‘giriladi.
Intranet
xlq. tar.
Intranet
internet
kabi ishlovchi shaxsiy WAN,
bunda
maʼlumotlar, kontent va tarmoqqa kirish boshqariladi.