166
Rastrli tasvir
Raster
piksellardan tashkil topgan tasvir turi (
BMP, GIF, JPEG,
PNG va
TIFF formatidagi fayllardir).
Receive
xlq. int.
Receive
elektron pochtada xatni qabul qilish.
Reference
xlq. mad.
Reference
hujjat yaratishda foydalanilgan manbani aniqlash va
uni manbalar ro‘yxatida berish.
Relevantlik
xlq. mad.
Relevant
qidirilayotgan axborotning so‘rovga mos kelishi.
Reload
int.
Reload
avval kirilgan veb sahifani qayta ochish, qayta yuklash,
yangilash.
Relyatsion jadval
mb.
Relational table
tashqi kalit orqali bir-biriga ulangan bittadan ortiq
jadvallarda maʼlumotlar bazasining tuzilishi.
Relyatsion maʼlumotlar bazasi
mb.
Relational database
bir-biriga bog‘langan maydonlarga ega bir
nechta jadvaldan iborat maʼlumotlar bazasi.
Repiter
tar.
Repeater
tarmoq kabelidagi signalni kuchaytirish vositasi;
hubning yana bir nomi.
Reply
jrg. int.
Reply
yuborilgan elektron xatga javob xatini yozish va uni
yuboruvchiga jo‘natish.
Report
xlq. mb.
Report
maʼlumotlarni chop etish uchun qulay shaklga
keltiruvchi uskuna.
Retsipiyent
xlq. int.
Recipient
elektron xatni oluvchi shaxs.
Resize
jrg. diz.
Resize
tasvirni kattaroq yoki kichikroq qilish;
grafik muhitda obyekt o‘lchamlarini o‘zgartirish;
tasvirni kerakli maqsadga moslash uchun uning eni
yoki bo‘yini o‘zgartirish.
RFID
qsq. xavf.
RFID
Radio Frequency Identification radioto‘lqin
yordamida identifikatsiya qilish, tanib olish, aniqlash.
Robototexnika
Robotics
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni uchun
robotlarni o‘rganish, ishlab chiqish va ulardan
foydalanish.
ROM
qsq.
ROM
Read-Only Memory
doimiy xotira (maʼlumotlar faqat “
oʻqiladi” yoki aniqlab
olinadi, lekin ularni o‘chirib bo‘lmaydi, bunga qayta
yozib bo‘lmaydigan kompakt disk,
BIOS, telefon
operatsion tizimi yoki proshivkasi kirishi mumkin).
Router
xlq. tar.
Router
kompyuterlar va tarmoqlarni bir-biriga bog‘laydigan
komponent;
maʼlumot paketlarini tarmoq bo‘ylab uzatish uchun
qo‘llanadigan qurilma (bu qurilma maʼlumot manzilga
imkon qadar tez yetib borishi uchun eng yaxshi
yo‘nalishni tanlaydi).