Multimediadan maqsadli foydalanish
Bu modulda quyidagilarni bilib olasiz:
1
Taqdimotni rejalashtirish
2
Tegishli manba materiallarini aniqlash va tanlash
3
Oʻtishlar va animatsiyalarni qoʻshish
4
Vaqt, audio va trigger effektlarini qoʻshish
5
Taqdimot maqsadi auditoriyaga aniq yetib borishini
ta’minlash
Bu modulda yuqori sifatga ega raqamli multimedia taqdimotlarini yaratishda qoʻl
keluvchi muhim koʻnikmalarni rivojlantirasiz. Bunday muvaffaqiyatli multimedia
taqdimoti tayyorlashni oʻzlashtirish barcha kasb egalari uchun birdek foydali. Taqdimot
yordamida tadqiqotingiz natijalari, yillik savdo koʻrsatkichlari yoki yangi gʻoya
namoyishini samarali uddalaysiz.
Taqdimot yaratishda quyidagi omillarga alohida ahamiyat berish kerak:
1.
Auditoriya (taqdimotni tomosha qiluvchi odamlar).
2.
Maqsad (taqdimotning axborot yetkazishga, koʻrsatma berishga, koʻngil ochishga
yoki yuqoridagilarning barchasiga yoʻnalgani).
Taqdimot kontenti va format buyruqlari, jumladan, animatsiya va slaydlarning oʻtish
effektlarini tegishli auditoriya va maqsadga muvofiq tanlang.
Bu modulda siz
Microsoft PowerPoint yordamida multimedia taqdimoti yaratasiz. Yodda
tuting, taqdimotingiz hayvonot bogʻidagi ma’lumotlar oynasi uchun moʻljallangan.
Hayvonot bogʻlari, muzeylar, galereyalar va istirohat bogʻlaridagi ma’lumotlar oynasi
aksariyat odamlar uchun qiziqarli va muhim axborot manbasiga aylangan.
Shuningdek, quyidagilarni oʻrganasiz: