60
Diqqat!
Internetdagi
kontent va
tasvirlardan
foydalanganda
kontent egasini
koʻrsatuvchi linkni
qoʻshish kerak.
Agar bu qilinmasa,
ularning ishi
ruxsatsiz
koʻchirilgan boʻlib
qoladi.
Yakuniy loyiha. Hayvonot bog‘imizga xush kelibsiz!
Tanlangan hayvonot bogʻining raqamli multimedia taqdimotini yaratish uchun
oʻzlashtirgan barcha koʻnikmalaringizni ishga soling.
Hayvonot bogʻi ma’muriyatiga kirish joyidagi ma’lumotlar oynasida koʻrsatish uchun
taqdimot kerak. Ular ushbu taqdimotda hayvonot bogʻidagi barcha hayvonlar va asosiy
qulayliklar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot aks etishini istaydi. Shuningdek, taqdimot oxirida
qisqa viktorina qoʻshish kerak.
Ma’muriyat taqdimotning hayvonot bogʻiga tashrif buyuruvchi barcha bolalar uchun
tushunarli boʻlishini soʻramoqda. Ushbu yakuniy loyiha doirasidagi taqdimot 8 yoshdan
16 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan. Hayvonot bogʻlari haqida oʻrganish va
taqdimotingizga tasvirlar topish uchun internetdan foydalaning.
4-mashg‘ulot
Zoo Advert taqdimotini
Kiosk rejimida namoyish etish uchun qayta sozlang.
1-mashg‘ulot
Internetdan foydalangan holda turli hayvonot bogʻlarini oʻrganib chiqing va
taqdimotingizga mos keladigan bittasini tanlang. Taqdimotda foydalanish uchun
mos matn va tasvirlarni ham tanlab oling.
Internetda
ma’lumotlarni
oʻrganayotganda
faqat ishonchli
veb saytlardan
foydalanish kerak.