138
Analog-raqamli konverter
tar.
Analogue-to-digital converter
analog signalni raqamli signalga
va aksincha raqamli
signalni analog signalga o‘zgartiradigan qurilma.
AND
atm. dast.
AND
maʼlumotlar bazasining query operatori bo‘lib, ikki
shart orasiga qo‘yilganda ikkala shartga mos keluvchi
maʼlumotlarni qidiradi;
mantiqiy funksiya yoki operatsiyaga boshqa mantiqiy
funksiya va operatsiya yoki o‘zgaruvchini qo‘shish
uchun foydalaniladigan qo‘shimcha modifikator.
Animatsion obyekt
diz.
Animated object
paydo bo‘lish, yo‘qolish, qo‘zg‘alish va shakl o‘zgartirish
effekti qo‘llangan grafik obyekt.
Animatsiya
diz.
Animation
slayddagi matn va tasvirlarga qo‘shiluvchi turli harakatlar;
qo‘lda yoki kompyuter yordamida chizilgan bir nechta
tasvirlar to‘plami. Ular ketma-ket va tez namoyish etilsa,
xuddi harakatlanayotgandek ko‘rinadi.
Aniqlash, identifikatsiya qilish
Identifying
biror obyekt, predmet yoki shaxs to‘g‘risida maʼlumot
jamlash.
Ankor
xlq. int.
Anchor
giperlink o‘rniga qo‘yilgan matn bo‘lib, linkka o‘tishga
xizmat qiladi;
veb sahifaning muayyan joyini ochishga xizmat
qiladigan link turi.
ANPR
qsq. xavf.
ANPR
avtomobil davlat raqamini avtomatik aniqlash.
Anti-malware
xlq. xavf.
Anti-malware
zararli dasturlarni aniqlaydigan va ularni
zararsizlantiradigan, zarur bo‘lsa, o‘chirib yuboradigan
dastur.
Antivirus
xavf.
Virus-checker
viruslarni qidirib topadigan, zararsizlantiradigan yoki
o‘chirib yuboradigan dastur.