|
Maktabgacha ta’limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi
|
bet | 3/4 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 20,81 Kb. | | #229941 |
Maktabgacha ta’limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi Maktabgacha ta’limda bolalarni ijodiy faoliyatini tashkil qilish texnologiyasi, bironbir buyum yo’ki o’yinchoq yasashdan avval tarbiyachi kerakli jixozlarni tayyorlaydi. Albatta yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy faoliyat turlari bir qancha: musiqa, applikatsiya, origami, tasviriy san’at, loy ishi, qurish yasah mazaika terish.Tarbiyachi tarbiyalanuvchilar uchun agar applikatsiya mashg’uloti bo’lsa, unu tarbiyachi etapma-etap bajarish namunasini tayyorlab mashg’ulot jarayonida bolajonlarga yordamlashadi.
Xuddi shunday boshqa ijodiy faoliyat turlarini bajarib boradi. yarimta g‘altak va cho‘p orqali balandligi 9-10 sm bo‘lgan taglik tayyorlanadi. Cho‘pning uchiga figura o‘rnatiladi, g‘altak yiqilib tushmasligi uchun uning tagiga doira qilib qirqilgan karton yopishtiriladi. Sahna-shirma, figuraning tagligi ko‘rinmasligi uchun butunlikda qilinadi. Shirmani bo‘yash yoki unga rangli qog‘oz yopishtirish kerak. Shirmadan 20-22 sm oraliq dekoratsiya o‘rnatiladi. Agarda o‘rmon, dala, daryo, tog‘larni tasvirlash lozim bo‘lsa, muvofiq keluvchi suratni topib‚ unga oq ramka qilish, rasmni kartonga yopishtirish kerak. Dekoratsiyani yarim doira shaklida egish ham mumkin.
Soya teatrlarini sahnalashtirish - qo‘g‘irchoq sahnalashtirishning o‘ziga xos turlaridan hisoblanadi. Unda qo‘g‘irchoqlar emas balki shakllardan iborat o‘yinchoqlar o‘ynaydi. Tomosha qiluvchilar sahna ro‘parasida o‘tirib, ekranda yorug‘lik orqali harakatlanayotgan soyalar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko‘rishi mumkin. Soya teatrlarini sahnalashtirish uchun odam va hayvon soyalarini bolalarning o‘zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o‘rgatish kerak, buning uchun detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo‘yiladi.
Yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarishning keskin rivojlanib borayotganligi – jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasi zamon talabi ekanligini ko`rsatmoqda. Albatta, kelajakimiz poydevori bo’lgan, har jihatdan mas‟uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta`lim tizimi uyg`un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega, chunki maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi butun hayotini belgilab beradi. Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`limtizimini rivojlantirish va samarali faoliyat ko`rsatishiga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, O`zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlari va farmonlari qabul qilindi.
«Maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi qarorida milliy-madaniy, tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o`qishga qiziqishni uyg’otuvchi o`quv metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti faoliyatiga joriy etish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari” to’grisidagi 1059-son qarori shuningdek O`zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`grisida»gi qonunihg 4-moddasida har bir bolaning iste`dodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar tengligi, maktabgacha bo`lgan yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya berish oila hamda maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyabiy ta`sirining birligi keltirilgan.
Maktabgacha yosh-shaxsning dastlabki kamol topish davridir. Har bir bola shaxsining rivojlanishi, jumladan ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda uni adabiyotga, san`atga qiziqish va xalqimizning boy madaniy merosiga nisbatan hurmatni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirishda pedagog yetakchi rol o`ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyaning turli metodlarini qo`llash va «Ilk qadam»davlat o`quv dasturida belgilab berilganidek, o`quv tarbiyaviy faoliyatning o`zaro uyg`unligini ta`minlash, ularni o`yin tarzida tashkil etish lozim. Maktabgacha ta`lim tashkilotida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish borasida sahnalashtirilgan o`yin faoliyati turlari amalgam oshiriladi. Sahnalashtirilgan o`yin faoliyati shakllari bir necha xil bo`lib u o`zining barcha turlari bilan bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik rivojlantirishga ko`maklashadi. Ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi, tashabbuskorligi, nutqi, badiiy didini rivojlantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini rivojlantirish sahnalashtirilgan faoliyatning mazmunidan kelib chiqib quyidagi shakllarga bo’linadi (1-sxemaga qarang). Мaktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini o’tkazish vaqti belgilanmagan, ushbu faoliyatni pedagogik faoliyatdan kelib chiqib ya`ni integrativlik prinsipiga tayangan holda tashkil etish lozim. Ta`limiy faoliyatlar. Ta`limiy faoliyat bir vaqtning o’zida ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarini bajarishi kerak. Uning mazmuni, shakli va metodi uch maqsadga erishishi uchun qaratilgan bo’lishi lozim: nutq va teatr-ijrochilik faoliyati ko’nikmalarini rivojlantirish; ijodkorlik muhitini yaratish; bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlantirish. Shuning uchun bunday mashg’ulotlarning mazmuni nafaqat qandaydir badiiy adabiyot asari yoki ertak matni bilan tanishuv, balki imo-ishora, mimika, harakat, kostyum, mizanstsena (spektaklning ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi), ya’ni vizual «belgilar» bilan tanishishdir.
Ko’ngilochar o’yinlar. Ko’ngilochar o’yinlar san‟atning barcha shakllarini birlashtiradi. Ularning ko’p turlari mavjud bo`lib konsertlar, qo`g’irchoq teatri tomoshasi, bolalar, tarbiyachi-xodimlar va ota-onalar hamkorligida tayyorlangan sahna teatri yoki qo`g`irchoq teatri tomoshalarini o’z ichiga oladi. Ko`ngilochar o`yinlarda ham kattalar, ham bolalar teng huquqli sherik sifatida harakat qilishadi. Umuman olganda, sahna tomoshasi yoki konsertda bola tabiiy ravishda kattalarning boy tajribasini o’zlashtiradi, xatti-harakatlarini qabul qiladi. Bundan tashqari, tarbiyachilar o’yin-kulgu va bayramlarda bolalar xarakterlarining o’ziga xos xususiyatlarini, orzu va istaklarini bilib oladilar. Bola shaxsini hurmat qilish, unga g’amxo’rlik qilish, kattalar va ular o’rtasida o`zaro munosabatlarda iliqlik muhiti yaratiladi.
Bayramlar. Tashkil etilgan bayramlar bolalarga quvonch bag’ishlab, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini berishi lozim. Bayram tadbirlari, avvalo bolalar uchun quvonch berishini tarbiyachi yodda saqlashi kerak. Bayramlar bolalarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan taassurotlar manbayidir. Shu sababli bayramga tayyorgarlik jarayonida, eng avval, yaxshi toyyorlangan ssenariy, har bir bolaning bayram tadbirlaridagi ishtiroki, kayfiyati va san‟at turlarining o’zaro uyg’unligiga e`tibor qaratish muhim. Bayram tadbirida bolalar o’zlarini quvnoq, xursand his qilishi va erkin bo’lishi kerak. Professional teatr studiyalarining namoyishlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida professional teatr studiyalarining (sirk, qo`girchoq teatri, sahna teatri) namoyishlarini tashkil etilishi.
To’garak ishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sahnarlashtirilgan faoliyatini tashkil etishning ya’na bir shakli to’garak ishidir. U quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi: bolalarning fantaziyasi, tasavvuri, barcha turdagi xotiralari, ijodkorliklarini (badiiy nutq, musiqali o’yin, raqs, sahna) rivojlantiradi. Agarda maxsus teatr to’garagi tashkil etilgan bo’lsa, teatr to’garagi rahbari ishtirok etishni xohlagan bolalar bilan ish olib boradi. Bunda rahbar rejissor bo’ladi bolalar esa aktyor vazifasini bajaradi.
Rahbar o’z oldiga maqsad qo’yadi, bolalar bilan ishlashda ssenariy, rejissorlik va sahnalashtirilgan ish bilan chegaralanmaslik, maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tadigan davri davomida bolalarda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishi lozim. To’garak ishining asosiy mazmuni qo’g’irchoq teatri ustida ishlashni tashkil etadi, asar mazmunining tahlili, rollarni taqsimlash, syujetdagi harakatlarni o’zlashtirishga yordam beradigan etyud o’yinli mashqlar. Butun spektaklning sahnalashtirish ishi esa maxsus mashg’ulotlarda, haftada bir marotaba 30-40 daqiqa davomida kunning birinchi yoki ikkinchi yarimida o’tkaziladi. Mashg’ulotlarni tashkil qilish jarayonida shunga e’tibor qaratish joizki, agar bolada bilim ko’nikma bo’lsa-yu, qiziqish, xohish bo’lmasa faollik bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sahnalashtirish faoliyatini rivojlantirish masalalaridan kelib chiqib uning mazmuni aniqlanadi va tashkil etish shakllari belgilanadi.
|
| |