Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning ahamiyati




Download 20,81 Kb.
bet2/4
Sana13.05.2024
Hajmi20,81 Kb.
#229941
1   2   3   4
Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar bolaning shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sohada olimlar va psixologlar tomonidan olib borilgan barcha tadqiqotlar, ijod qobiliyatiga ega bo'lgan bolalarning yanada barqaror ruhga ega ekanligi, ular bilan muloqot qilish va do'stona munosabatda bo'lishlarini isbotlaydi.
Bolalar go’zallik,o’yinlar, ertaklar, muciqa, rasm,fantaziya, ijod olamida yashashlari kerak (V.A.Suxomlinskiy).Bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning yana bir ajoyib imkoniyati- ertaklarni sahnalashtirishdir. Kichik yoshda, kompleks rivojlanishga, ya'ni maktabgacha yoshdagi bolalarning adabiy, badiiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e'tibor berish tavsiya etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg‘or tajribalarga tayanishi kerak.
Davlat umumilliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga moslashtirish, ta’lim sifat-samaradorligini uzluksiztakomillashtirib borishga yo‘naltirildi.Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgachata’lim muassasasi dasturi va maktabdatasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san’at bolalarda estetikmunosabatni tarbiyalash ijodiy qobiliyat vatasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zdatutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lganvazifalar xal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabilarshakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar.O'yin orqali ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish eng yaxshisidir.Bolalar o’yin faoliyati orqali bilgan yoki ko’rgan ertaklarini o’yin jarayonida ijro etishlari kuzatilgan.Ular ertakni o’zlari qabul qilganlaricha ijro etishadi.

Download 20,81 Kb.
1   2   3   4




Download 20,81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda ijodiy faoliyatning ahamiyati

Download 20,81 Kb.