Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv




Download 128 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2024
Hajmi128 Kb.
#156662
  1   2
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi. O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
• turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
• turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
• o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
• shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi; • sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
• xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
• o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
• o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
• kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
• murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• nutqni eshitadi va tushunadi;
• o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
• ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;
• ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;
• badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
• so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
• turli ma'no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;
• yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
• o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
• predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
• raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
• makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
• elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
• atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
• atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• san'at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;
• milliy an'analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;
• san'atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
• olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
• insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.




Download 128 Kb.
  1   2




Download 128 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv

Download 128 Kb.