|
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasiga tarif berish
|
bet | 2/4 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 104 Kb. | | #138980 |
Bog'liq MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASIGA TARIF BERISHTa’limiy vazifalar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bo-lalarga xos bо‘lgan о‘ta qabul qiluvchanlikni, sharoit-ning о‘zgarishiga yengil moslanish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyati-ni yaratadi, chunonchi, kerakli kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik kuchli-lik, muvozanat, kо‘z bilan chamalash kо‘nikmalar)ni tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni о‘zlashtirish. Boladagi harakat kо‘nikmalari: yurish, yugurish, velosiped uchish va h.k. nisbatan yengil shakl-lanadi va ular bolaning muhit bilan aloqasini oson-lashtiradi.
Tarbiyaviy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy muhitga sport mashg‘ulotlarga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqtarni bajarishda xarakter xususiyatlari (uyushqoqlik, kam-tarlik, kо‘ngilchanlik va h.k.) va akliy vaziyatlar (halollik, haqqoniylik, о‘rtoklik hissi, о‘zaro yordam), jamoada shug‘ullanish malakasi, fizkultura asboblari-ni ehtiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan baja-rishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilat-lar (botirlik, qat’iylik, о‘z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, dadillik va boshqalar)ni namoyish qilish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.
Bizning jamiyatimizda jismoniy tarbiya davlat-ning ona va bola tо‘g‘risidagi g‘amxо‘rligiga, mehnat-kashlar yashash sharoitlarining doimo yaxshilanib bo-rishi, moddiy farovonligining о‘sishiga asoslanadi.
Gigiyenik sharoitlar. Bolalarning jismoniy tо‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik sharoit (bino, maydoncha,
jihozlar, kiyim-bosh, poyabzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojtantirish va orga-nizmni chiniqtirishni о‘z ichiga oladi) albatga, baja-rish zarur. Shu bilan birga tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borish talab etiladi.
Bog‘chada har bir guruhlar uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havodan nafas olishi imkonini beradigan da-rajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi -sharqqa qaragan bо‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3—3,5 m bо‘lib, har bir bolaga bino sathidan 0,5 m2 joy, taxminan 3 m3 havo tо‘gri kelishi xona bezagi gigiyenaga xos, tez toza bо‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bо‘lishi kerak. Guruxda tartib bо‘lishiga rioya qilish kerak. Xona yorug‘ligini tо‘sadigan og‘ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebel, umuman, ortiqcha narsalar bо‘lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim-tarbiya talab iga, bolalarning bо‘ylariga va gavda tuzilishiga moye bо‘lishi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qо‘yilgan maxsus meyorga javob beri sh i lozim.
Bolalarning stol, stullari ancha mustahkam va yen-gil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bо‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan tushadigan qilib, joylashtirilishi lozim. Yumshoq va kо‘rgazmali qurollar' ham gigiyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda tashqi kо‘rinishi silliq bо‘lishi kerak. Tarbiyachi о‘z guruhining gigiyenik sha-roiti uchun javobgardir. Xonani bolalar sayrga, mu-siqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, dereza va zal fortochkalari esa yil fayellaridan qati nazar, doimo ochiq bо‘lishi kerak.
|
| |