• Sonli tiplar
  • Ma'lumot turlari




    Download 216.89 Kb.
    bet1/3
    Sana07.11.2023
    Hajmi216.89 Kb.
    #95080
      1   2   3
    Bog'liq
    Тоир
    QxUeNpQ6LlcEJVOTbCbbkPssmNIqHhW1ipT46sAj (2), ENEo3GGopmKV8ahTBf5SoCDdGn7jnEbES193VjZq (3), 6azJY7iSlpRhvx7CZVMr4FrlO2KYxIFeysQA0x6S (4)

    Ma'lumot turlari
    Abduxoshimov Xondamir
    Ma’lumotlar toifasi – bu o’zgaruvchilarning turi va xotiradan qancha joy egallashini belgilab beruvchi kerakli omil. Foydalanilgan o’zgaruvchiga to’g’ri tipni belgilash muhim vazifalardan biridir. Sababi bu orqali biz, yaratayotgan dasturimizda yuzaga keladigan ba’zi bir muammolarni oldini olishimiz, eng asosiysi vaqt tejalishi va dasturning xotiradan kamroq joy egallanishiga erishishimiz mumkin. C# dasturlash tili keng ko’lamdagi ma’lumotlar toifasini o’zida mujassamlashtirgan. Quyida bir nechta ma’lumotlar toifasiga birikkan holatda o’zgaruvchilarni hosil qilishni ko’rishimiz mumkin:
    string stringVar = "Salom Dunyo!!";
    int intVar = 100;
    float floatVar = 10.2f;
    char charVar = 'A';
    bool boolVar = true;
    C# da ma’lumotlar toifasi asosan 2 turli bo’ladi: qiymatli(value) va ma’lumotli(reference). Value turdagi toifalarga – odatiy tiplar(sonli(int , float, double…), mantiqiy(bool), belgili(char) va matnli(string)) , enum turlari va strukturalar kabilar kiradi . Reference turdagi toifalar o’z ichiga – classlar, interfeys, delegatlar hamda massiv turlarini oladi.

    Klassifikatsiya
    C# da oldindan tashkil qilingan bir qancha tiplar mavjud. Quyidagi jadvalda ulardan ba’zilarini ko’rishimiz mumkin.


    // compile time error: Cannot implicitly convert type 'long' to 'int'.
    int i = 21474836470
    Sonli tiplar
    Sonli tiplar o’z o’rnida ikki turga bo’linadi: butun(integer) va haqiqiy(floating point). Butun tiplar – barcha butun, musbat va manfiy (52, -52, 0) sonlarni o’zi ichiga oladi. Bularga misol tariqasida – byte, short , int , long , int32, int64 larni olishimiz mumkin. Haqiqiy tiplar – o’zlarida kasr(1.2, -2.3, 10.5) sonlarni aks ettiradi. Misol uchun : float, double, long double kabi tiplar. C# dasturlash tilida sonli tiplar ko’p bo’lishiga qaramay, int(butun) va double(haqiqiy) tiplari ko’proq foydalaniladi. Quyidagi ko’rinishda sonli tiplarga doir toifalarni ko’rishimiz mumkin.


    Download 216.89 Kb.
      1   2   3




    Download 216.89 Kb.