Ma’lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish tizimlari




Download 388,95 Kb.
bet1/3
Sana21.05.2024
Hajmi388,95 Kb.
#247499
  1   2   3
Bog'liq
Axborot tizimi4


Ma’lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish tizimlari
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi -bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma‘lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma‘lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tuzilmalashtirish – bu ma‘lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma‘lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Masalan, talabalar (sinov daftarchasining nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori) haqidagi axborotdan iborat tuzilmalashtirilmagan ma‘lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin:
Reyting daftarcha nomeri 654311 Familiyasi Tursunov Ismi Yahyobek Otasining ismi Baxtiyorjon o`g’li Tugilgan sana 8-iyul, 2004-yil O‘rtacha baho 4,78 Reyt. daft. nomeri 545712 F-yasi Ortiqov Ismi Akram Ota. ismi Salimovich Tugilgan sana 3.11 2000 yil O‘rta baho 4,61 va hokazo.
Tuzilmalashtirilmagan holda saqlanayotgan ma‘lumotlardan zarur bo‘lganini qidirib topish ancha murakkab, uni tartiblashni esa dyarli bajarib bo‘lmaydi. Agar talabalar haqidagi ma‘lumotlarni oddiy jadval ko‘rinishidagi tuzilmaga soladigan bo‘lsak, uni quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi.



Reyting daftari nomeri

Familiya

Ism

Otasining ismi

Tug’ilgan sana

O`rtacha baho

654311

Tursunov

Yahyobek

Baxtiyorjon o`g’li

08.07.2004

4.78

545712

Ortiqov

Akram

Salimovich

03.11.2000

4.61

Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma‘lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma‘lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob‘ektning xususiyatini, holatini yoki ob‘ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma‘lum ma‘noda ifodalaydi. Ma‘lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq.


Maydon -bu ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligi bo‘lib, u axborotning eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi. MB jadvali ustunlariga beriladigan nomlarni bildiradi. Masalan, MBning ishchilar jadvali uchun maydon nomlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi.
Maydon turi (tipi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlar turlarini bildiradi. Masalan, raqam ―N‖ (chislovoy), simvol (simvolnыy), sana/vaqt (data/vremya), mantiqiy (logicheskiy).
Maydon o`lchami (uzunligi). MB jadvali ustunlariga kiritiladigan ma‘lumotlarning maksimal uzunligi. Masalan, eng ko‘p belgilar sig‘imi.
Aniqlik, (son turidagi ma‘lumotlar uchun) haqiqiy son o‘nlik kasr qismining maksimal uzunligi.
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami bo‘lib, MB jadvali qatoridir.
Fayl (jadval) - bu bir xil tuzilmaga ega yozuv nusxalari to‘plami.
Kalit. Kalit yozuv nusxasini bir qiymatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Kalit bir yoki bir necha maydonni o‘z tarkibiga olishi mumkin. Agar kalit faqat bir maydondan iborat bo‘lsa, oddiy deb, aks holda, u tarkibiy kalit deb ataladi.

Maydon




Maydon formati

Nomni belgilash

To’liq nomlanish
(rekvizit)

Kalit belgisi

Tip

Uzunligi

Aniqligi

Nomer

Daftarcha nomer




raqam(N)

10




Famil

Familiyasi va ismi




matn(S)

18




T_kun

Tug’ilgan sanasi




sana(D)

8




O`rta_Reyt

O`rtacha reyting




raqam(N)

3




Tipen

Stipendiya




raqam(N)

10

2

Ma‘lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma‘lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma‘lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratilgan holda qaraydi.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma‘lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma‘lumotlar ustida ish yuritish mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Bilimlar bazasi - bu ba‘zi bir predmetli soxada murakkab vazifalarning yechimini topish uchun taxlil va xulosalarni keltirib chikaruvchi modellar, koidalar va omillar (ma‘lumotlar)ning majmuisidir
Bilimlar bazasi - bu tizimda foydalaniladigan belgilangan maxsus bilimlarning paketi.

Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.


Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.
Zamonaviy axborot tizimlarida foydalaniladigan axborot (ayniqsa video, audio multimediali ma’lumotlar) hajmini jadal o‘sishi oldimizga ushbu axborotni ma’lumotlar bazasida saqlash va ularni boshqarishning yangi murakkab masalalarni qo‘yadi. Quyida katta hajmdagi multimedia ma’lumotlarni tashkil qilishga, shuningdek ular bilan ishlash vositalari tahlil qilib chiqamiz. Katta hajmli multimedia ma’lumotlar to‘rtta asosiy xarakteristikaga ega bo‘ladi: hajm, xilma- xillik, tezlik, narhi.
1. Hajm. Insonlar va mashinalar tomonidan xosil qilinayotgan ma’lumotlarning o‘sib borayotgan soni, axborot texnologiyalari infrastrukturalariga ma’lumotlarni saqlash, ishlov berish va taqdim etishida yangi talablarni qo‘yadi.
2. Xilma-xillik. Turli strukturalarda taqdim etilgan ma’lumotlar xilma-xil bo‘ladi. Bular kredit kartalar bo‘yicha operatsiyalar bo‘ladimi, ilmiy tadqiqot natijalari bo‘ladimi, fotografik suratlar bo‘ladimi, video va audio ma’lumotlar bo‘ladimi barchasi o‘ziga xos ishlov va saqlash shart sharoitlarini talab etadi.
3. Tezlik. Tezlik deganda nafaqat ma’lumotlarning ma’lumotlar bazasiga kelib tushish tezligi, balki bu ma’lumotlar bazasidan olinadigan ma’lumotlarni chiqarib lish tezligi ham anglanadi.
4. Narhi. Katta hajmdagi ma’lumotlar – qimmat resurs hisoblanadi. Ma’lumot dolzarbligi, foydaliligi va ichidagi kontentiga qarab uning qanchalik qimat baholigi aniqlanadi.

Download 388,95 Kb.
  1   2   3




Download 388,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish tizimlari

Download 388,95 Kb.