|
Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari
|
bet | 7/16 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #135076 |
Bog'liq Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari Ma`lumotlaAxborot tizimi – tegishli tashkilotlar (ob`ektlar)da faoliyat ko`rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi – barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo`lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat.
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy ob`ektini boshqarish tizimidagi tutgan o`rnini aniqlab olish lozim. Bu ob`ekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq.
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti yig`indisini va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparatini o`zida namoyon etadi. So`nggisi maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to`g`ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. To`g`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yunaltiradigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi axborot teskari yo`nalishda yuboriluvchi axboroti oqimida o`z aksini topadi.
Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iktisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi iqtisodiy ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi. (2.2.-rasm).
Axborotlar tizimi aniq bir ob`ekt uchun yaratiladi. Samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o`rtasida farqlarni, shuningdek, tashqi holatlarni e`tiborga oladi va boshqarish funktsiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo`lgan axborotnigina beradi.
Axborot tizimi – boshqarish funktsiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta`minlovchi ob`ekt haqidagi axborotni yig`ish, uzatish va qayta ishlash bo`yicha ma`lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon etadi. Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab qo`lda tayyorlanadigan,
avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari mavjud,
2- rasm. Boshqaruv tizimi tuzilmasi
Qo`lda tayyorlanadigan axborotlar tizimida – boshqarish yoki ma`lumotlarni qayta ishlash funktsiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida – boshqarish va ma`lumotlarni qayta ishlashning barcha funktsiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Qo`llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
Ilmiy AT ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo`ljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish AT yangi texnika ishlab chiqaruvchilar va muhandis loyihachilar mehnatini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan.
Tashkiliy boshqarishning AT - shaxslar funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. Bu sinfga va sanoat (korxona) xam nosanoat ob`ektlari (bank, birja, sug`urta kompaniyasi) va ayrim ofislar (ofislar tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan. (Metallurgiya, energetika va hokozolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50 – yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgandi. Bu qog`oz hujjatlarni tayyorlashda mehnat va vaqtni bir qadar qisqartirishga olib keldi.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o`zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun qupgina parametrlar bo`yicha qo`llana boshlandi. Buning uchun maxsus qurilmalar talab etila boshlandi.
70-80 yillar boshlarida axborot tizimlari qarorlarni qo`llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo`lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish kontseptsiyasi yanada o`zgarib bordi. Ular axborotning strategik manbai bo`lib, istalgan sohada uni tashkil etish barcha darajalarda foydalanilmoqda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o`z vaqtida berib, tashkilot faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga yordam bermoqda, ya`ni tovarlar va xizmatlar yaratish, sotish, bozorlarni topish, munosib sheriklar bilan ta`minlash, arzon narxda mahsulot ishlab chiqarish va boshqarishlarga imkon yaratmoqda. Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta`minlovchi jarayonlarni bloklardan iborat holda shartli tasavvur etish mumkin. (3. rasm). Axborot tizimidagi ishlar quyidagi maqsadda olib boriladi:
axborotga bo`lgan ehtiyojni aniqlash;
axborotning tashqi yoki ichki manbalardan kirishi;
tashqi va ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;
kirayotgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko`rinishda taqdim etish;
yo`nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish;
mazkur tashkilot xodimi qayta ishlangan axborotlar bo`yicha teskari aloqani
tashkil etish, keladigan axborotlarni tuzatishni amalga oshirish.
3 – rasm. Axborot tizimidagi jarayonlar
Ushbu barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o`sishi, uni yanada murakkab usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimining ishini avtomatlashtirish, ya`ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari
|