|
Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari
|
bet | 5/16 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #135076 |
Bog'liq Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari Ma`lumotlaMa`lumotnoma axborot ko`proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma`lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo`ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini
avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildanyilga uzluksiz ko`payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot o`z navbatida bosma nashrlarda e`lon qilingan va tijorat ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o`tkazish natijalariga ko`ra shakllanadi.
Me`yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o`lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me`yorlar tizimini aks ettiradi.
Signalli axborot muhitdagi ob`ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo`lganda yuzaga keladi. CHetga chiqish sabablari aniqlangandan so`ng ularni bartaraf etish choralari ko`riladi.
Taqdim etish usuliga ko`ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo`linadi. Matn axboroti eng ko`p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko`rinishida maxsus dasturiy vositalar qo`llanilmokda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo`ljallangan.
Axborot o`zining barqarorligiga ko`ra o`zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo`linadi. O`zgaruvchan axborot ob`ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. SHartli-doimiy va doimiy axborotlar muxitning doimiy o`lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o`zgarmas bo`lib qoladi.
Axborotning taklif etilgan tasnifi boshqarish ob`ekti axborot negizini oqilona shakllantirishga imkon beradi.
Axborot doimo o`z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga (iste`molchilarga) ega bo`ladi. Xabarlarni, axborot manbalari axborotkommunikatsiyalari deb ataladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma`lumotlar bazasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Axborot texnologiyalarining turlari
|