|
Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari
|
bet | 1/2 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #123676 |
Bog'liq 5-maruza taqdimoti MB Ma'lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari - Ma'lumotlar bazasini loyihalashning to'liq sikli quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- kontseptual loyihalash
- mantiqiy loyihalash
- fizik loyihalash
Ma'lumotlar bazasini loyihalashda uchta asosiy muammo hal qilinadi: - Kontseptual modelda predmet soha va foydalanuvchilarning axborot bo‘lgan ehtiyojlarini qanday adekvat aks ettirish.
- Predmet soha obyektlarini ma'lumotlar modeli abstakt obyektlari bilan qanday qilib aks ettirilsa predmet soha semantikasiga zid bo'lmasligi va iloji bo'lsa, eng yaxshiroq bo‘ladi.
- Ma'lumotlar bazasiga so'rovlarni bajarish samaradorligini qanday ta'minlash mumkin, ya'ni ma'lum bir MBBT xususiyatlarini hisobga olgan holda, ma'lumotlarni tashqi xotirada qanday tartibga solish va hokazo?
Infologik loyihalash. Mohiyat-aloqa usuli - Infologik modellashtirishning (kontseptual dizayn) maqsadi yaratilishi rejalashtirilgan ma'lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo'lgan ma'lumotlarni to'plash va taqdim etishni inson uchun eng tabiiy usullarini ta'minlashdir.
- Infologik loyihalash bosqichidagi eng mashhur semantik ma'lumotlar modellaridan biri bu “Mohiyat-aloqa" (Entity-Relationship – ER - model) hisoblanadi. Model 1976 yilda Chen (Chen) tomonidan taklif qilingan. Predmet sohani modellashtirish kam sonli bir jinsli komponentlarni o'z ichiga olgan grafik diagrammalardan foydalanishga asoslangan.
Infologik modellarning asosiy tarkibiy elementlari quyidagilar: - Infologik modellarning asosiy tarkibiy elementlari quyidagilar:
- Mohiyat - u haqidagi axborotlar ma'lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo'lgan har qanday farqlanuvchi obyekt (biz boshqasidan ajrata oladigan obyekt). Obyektlar odamlar, joylar, samolyotlar, parvozlar, ranglar va boshqalar bo'lishi mumkin.
- Atribut – mohiyatni tavsiflovchi axborotning nomlangan elementi. Uning nomi muayyan mohiyat turi uchun nodir bo'lishi kerak, lekin har xil mohiyatlar uchun bir xil bo'lishi mumkin. Atributlar mohiyat haqida qanday ma'lumotlarni to'plash kerakligini aniqlash uchun ishlatiladi.
- Aloqa (assotsiativ mohiyat) – bu boshqa mohiyatlar o'rtasidagi o'zaro hamkorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi mohiyat.
|
| |