Ma’lumotlar ombori tushunchasi va uni tashkil etuvchilari. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha




Download 2,76 Mb.
bet46/80
Sana30.11.2023
Hajmi2,76 Mb.
#108480
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
1-10

SQL tilida ma‘lumotlar turlari
SQL tilida ma‘lumotlarning quyidagi asosiy turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:
Jadvallar yaratish va ularga cheklovlar kiritish
Jadvallarni yaratish. Jadvallar CREATE TABLE buyrug‘i bilan yaratiladi. Bu buyruq qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. U jadval nomini, ma’lum tartibda ko‘rsatilgan ustunlar nomlari ketma – ketligi, ma‘lumotlar turlari va ustunlar o‘lchovini aniqlaydi.
CREATE TABLE buyrug‘ining umumiy yozilishi:
CREATE TABLE
[()],
[(
Jadval yaratishda va ular ustida ish yuritishda quyidagi 2 ta jadvaldan iborat ma‘lumotlar bazasini misol sifatida qaraymiz.
Sotuvchilar (Salepeople):
SNum – xar bir sotuvchi unikal nomeri,
SName – sotuvchi nomi,
City – sotuvchi adresi ( shaxri ),
Comm – sotuvchilarning o‘nli shakldagi komission foydasi.

Buyurtmachilar (Customers):

CNum – xar bir buyurtmachi unikal nomeri;
CName – buyurtmachi nomi;
City – buyurtmachi adresi (shaxri );
Rating – buyurtmachining boshqalardan ustunlik darajasini ko‘rsatuvchi kod;
SNum – shu buyurtmachiga tayinlangan sotuvchi nomeri.
Misol uchun sotuvchilar jadvalini yaratish:
CREATE TABLE Salepeople
( SNum integer, SName char(10), City char(10), Comm decimal );

Cheklovlarni kiritish. Jadvalni yaratayotganda (yoki uni o‘zgartirayotganda), maydonlarga kiritilayotgan qiymatlarga cheklovlar o‘rnatish mumkin. Bu holda SQL cheklovlarga to‘g‘ri kelmaydigan hamma qiymatlarni rad etadi.


Maydonga bo‘sh (NULL) qiymatlar kiritilishi oldini olish uchun CREATE TABLE buyrug‘ida NOT NULL cheklovi ishlatiladi. Masalan, birlamchi kalitlar xech qachon bo‘sh bo‘lmasliklari kerak, shuning uchun Salepeople jadvalini quyidagicha yaratish mumkin:
CREATE TABLE Salepeople
( Snum integer NOT NULL,
Sname char(10), city char(10), comm decimal);
Ko‘p hollarda ustunga kiritilgan qiymatlar bir biridan farq qilishi kerak bo‘ladi. Agar ustunga UNIQUE cheklovi o‘rnatilsa, unda ustunga qiymat kiritishga urinish rad etiladi. Bu cheklov bo‘sh bo‘lmaydigan (NOT NULL) deb e’lon qilingan maydonlarga qo‘llaniladi. Masalan:
CREATE TABLE Salepeople
( SNum integer NOT NULL UNIQUE,
Sname char(10), city char(10), comm decimal);
Jadval cheklovi UNIQUE maydonlar guruhiga ham o‘rnatilishi mumkin. Bu bir necha maydonlar qiymatlari kombinatsiyasi unikalligini ta’minlaydi.


Download 2,76 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Download 2,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlar ombori tushunchasi va uni tashkil etuvchilari. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha

Download 2,76 Mb.