|
Ma’lumotlar ombori tushunchasi va uni tashkil etuvchilari. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
|
bet | 80/80 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 2,76 Mb. | | #108480 |
Bog'liq 1-1030-Mavzu Tarmoqdagi ma’lumotlar bazasi arxitekturasi. Saytlarning xavfsizligi. Ma’lumotlar bazasini himoyalash Ya.N
1.Tarmoqdagi ma’lumotlar bazasi arxitekturasi.
2…Saytlarning xavfsizligi.
3.Ma’lumotlar bazasini himoyalash
Ma’lumotlarni himoyalash usullari
Ma’lumotlarni himoyalash usullari. Ko‘pchilik foydalanuvchi rejimda ishlashda
ma’lumotlami ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash alohida dolzarblikni kasb
etadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanishni boshqarishning turli usullari mavjud.
Ushbu usullar xavfsizlikning turli darajasini ta’minlaydi. Ulaming ba’zilari har
qanday axborot tizimiga, boshqalari esa muayyan MBBTga taalluqli.
Ma’lumotlar bazasini shifrlash
Ma’lumotlar bazasini shifrlash. Ma’lumotlar bazasini shifrlash himoyalashning
eng oddiy usuli hisoblanib, unda maiumotlar bazasi faylining ko‘rinishi o‘zgaradi
va uni standart xizmatchi dasturlar yoki matn redaktori yordamida o‘qib boimaydi.
Shifrlash odatda, maiumotlar bazasini elektron uzatishda yoki tashqi eltuvchida
saqlashda ishlatiladi.
Ma’lumotlar bazasini deshifrlash. Ushbu amal shifrlashga
teskari amal.
Obyektlarni bekitish
Obyektlarni bekitish. Ma`lumotlar bazasini begona foydalanuvchilardan
himoyalash usullaridan biri-uni bekitish. Unga binoan butun maiumotlar bazasi
operatsion tizim vositalari yordamida kataloglami kuzatishda bekitiladi yoki
maiumotlar bazasining alohida obyektlari muayyan MBBTi vositalarining
maiumotlar bazasi bilan ishlashida bekitiladi. Ushbu usul yetarlicha ishonchli
emas, chunki bekitilgan obyektlami nisbatan oson akslantirish mumkin.
Ishga tushirish parametrlaridan foydalanish. Ushbu parametrlar maiumotlar bazasi
ochilganida avtomatik tarzda ochiluvchi start usulini berishga imkon yaratadi. Usul
aniqlanganida MBBT taqdim etgan maiumotlar bazasi darchasini bekitish mumkin
va xususiy tugmacha usulini o‘rnatish mumkin. Bunda foydalanuvchi maiumotlar
bazasi ustida faqat ushbu ilova taqdim etgan interfeys joiz hisoblovchi harakatlami
bajarishi mumkin.
|
| |