|
Chiqish kaskadlari haqida tushuncha
|
bet | 18/19 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 223,53 Kb. | | #131742 |
Bog'liq 18-25Chiqish kaskadlari haqida tushuncha.
Umumiy ma’lumotlar. Signal manbai quvvati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYu deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron-nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbai yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o‘zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbai bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulyator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbaidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich «vositachilik» qiladi.
Ideal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati RKIR ni RChIQ ga quyidagicha ko‘rinishda o‘zgartirishdan iborat:
(6.1)
Ya’ni chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sha-roitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Bu shart ideal kuchaytiirgichlardagina bajariladi. Ularning chiqishida cheksiz quvvat ajraladi va kirishda mutlaqo energiya sarflanmaydi. Real kuchaytirgich xususiyatlari esa ideal kuchaytirgich xususiyatlariga biroz yaqinlashadi
3. Tok transformatorlari (TA) o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi Ikkilamchi chulg‘amlariga ampermetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari ulanadi.Almashtirish sxemasi va vektor dia- grammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok I1 va birlamchi chulg‘am W1 qarshiligi ikkilamchi chulg‘am W2 o‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori I2 o‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (M.K.) tenglamasi bilan xarakterlanadi. U tenglamaga asosan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar hosil qilgan M.K.lar yig‘indisi asosiy magnit oqimi Ft hosil qilgan ImagW1 ga teng.
I1 ∙W1 + I 2 ∙W2 =I mag ∙W1 Magnitlovchi tok Imag= 0 bo‘lganda, ikkilamchi tok I2=I1/nt ga teng, bu yerda: nT =W2/W1 – tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti. Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda, tok transformatorlari ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.
4.
|
| |