|
Transformatorlarning xarakteristikalari va qo‘llanilishi
|
bet | 19/19 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 223,53 Kb. | | #131742 |
Bog'liq 18-25 2 Transformatorlarning xarakteristikalari va qo‘llanilishi.
Transformatorning ixtirochisi P. N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruksiyasi ishlab chitsilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzatish amalga oshirilgandan sung yanala kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
11-rasm. elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi.
11 -rasmda elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi kursatilgan. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, elektrostansiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr 1 yordamida b kV kuchlanishdan 35 kV gacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstansiyaga berilmoqda. U yerda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kV dan 6 kV gacha pasaytirilib, iste’molchining transformatori Tr3 ga o’rnatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo‘lishi mumkin. Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6 kV dan iste’molchi uchun zarur bo‘lgan 380/220, 220/127V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko‘rinib turibdiki, elektr energiyasi elektrostansiyadan iste’molchiga yetib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalash soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Elektr energiyasining bir pog‘onada bo‘lgan kuchlanish va tokini boshqa pog‘onadagi kuchlanish va tokka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi qismlari bo‘lmagan) elektromagnit apparati transformator deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo‘llanishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televideniya qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o‘zgartirib berish kerak bo‘lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
— elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan katta quvvatli (uch fazali) transformatorlar;
— kerakli joylarda kuchlanishni keng doirada uzgartirib berish va dvigatellarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan avtotransformatorlar;
— taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanishni rostlab turish uchun mo‘ljallangan induksion rostlagichlar.
— o‘lchov asboblari va himoya vositalarini sxemalarga ulash uchun mo‘ljallangan o‘lchov transformatorlari;
— payvandlash, qizdirish pechlari sinov, to‘g‘rilash va hokazolar uchun mo‘ljallangan maxsus transformatorlar.
|
| |