Dinamik xatoliklar – o’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunday o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi.
Kelib chiqish sababi (sharoiti)ga qarab: asosiy va qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 250C ± 50C havo namligi 65 % ± 15 %, atmosfera bosimi 750 ± 30 mm s.u., ta’minlash kuchlanishi nominalidan ± 2%ga o’zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deyiladi.
Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko’ra xatoliklar muntazam, tasodifiy va qo’pol yoki yanglishuv xatoliklarga bo’linadi.
Muntazam xatolik deb, umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Muntazam xatolikni, uni keltirib chiqaruvchi sababi, o’lchash jarayonida kelib chiqish xarakteri bo’yicha, hamda o’zgarish xarakteriga qarab turlash qabul qilingan.
O`zgarish harakteriga qarab
Sababi, kelib chiqish harakteriga qarab
Sub’yektiv
Asbobiy
Uslubiy
Murakkab qonuniyat bo`yicha
Davriy
Progressiv
O`zgarmas
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil va tekshiruv asosida aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi.
|