|
O’lchash xatoliklarining turlari
|
bet | 19/62 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 442,03 Kb. | | #263676 |
Bog'liq Ma’lumotlar. Rеjа (1)
O’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Absolyut xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 µm va h.k. Mutlaq quyidagicha aniqlanadi:
Δ = Ax-Ach=Ax-Ao ,
bu yerda, Ax -o’lchash natijasi; Ach -kattalikning chinakam qiymati; Ao - kattalikning haqiqiy qiymati;
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma deb ataladi. Δ
=−
Nisbiy xatolik – deganda absolyut xatolikni o’lchanadigan kattalikning
haqiqiy qiymatiga nisbatini foizlarda olinganiga aytiladi va quyidagicha aniqlanadi:
β Ax A0 100%
A0
Absolyut xatolikni asbob ko’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini foizlarda olingani-keltirilgan xatolik deb ataladi.
βk A
100%
x max
O`lchash xatoliklarining tabaqalanishi
Ifodalanishiga qarab
O`lchash jarayonida o`lchanadigan kattalikni o`zgarishiga qarab
Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga qarab
Tasodifiy
Qo`pol
Mumtazam
Dinamik
Statik
Nisbiy
Absolyut
Statik xatolik – vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan xatolikdir. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi.
|
| |