|
1. Sanoatdagi elektroenergiya iste’molchilariva ishlatuvchilari (ei va I) hamda ularning tabaqalanishi
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 23,55 Kb. | | #246190 |
Bog'liq Elektr energiya iste’molchilari.
Elektr energiya iste’molchilari.
1. Sanoatdagi elektroenergiya iste’molchilariva ishlatuvchilari (EI va I) hamda ularning tabaqalanishi
Konstruksiyasi va ishlash prinsipi bo‘yicha EI va I lar quyidagi guruhlarga bo‘linadi :
I. Elektrodvigatellari bo‘lgan EI va I
II. Elektrotexnologik qurilmalar
III. Elektr yuritish sistemasi
EI va I larning asosiy harakteristikalari quyidagilar :
1. Nominal quvvati
2. Kuchlanishi
3. Tokning turi
4. Fazalar soni
5. Chastotasi
6. Ish rejimi
7. Elektr ta’minoti ishonchliligi buyicha toifalari.
8. Mahsulot birligiga sarflanadigan elektr energiya miqdori solishtirma elektr energiya sarfi, maxsulot turlarini ishlab chiqarish uchun ma’lumotnomalardan olinadi
Joylashishi doimiyligi bo‘yicha ish davomida ko‘chib yuruvchi yoki ko‘chiriluvchi EI lar ham mavjud. Bular kranlar, ikkinchi hol uchun metall qirquvchi stanoklar kiradi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning asosiylarini kengroq ko‘rib chiqamiz.
Elektroenergiya iste’molchilarining harakterli ko‘rsatkichlaridan biri ularning nominal quvvatlari hisoblanadi. Elektr yuritmalaridagi asinxron va o‘zgarmas tok dvigatellari (AD va O’TD) uchun kVt da o‘lchanuvchi aktiv nominal quvvatlari pasportlarida yoki ma’lumot-nomalarda beriladi. Sinxron dvigatellar (SD) uchun to‘la nominal quvvati va nominal quvvat koeffisienti cosjn ishlatiladi. Metall erituvchi elektr pechlari va elektr payvandlash mashinalarining nominal (qo‘yilgan) quvvati sifatida ularni ta’minlovchi transformatorlarning KVA da o‘lchanuvchi to‘la quvvatlari qabul qilinadi. Dvigatal- generatorlar, to‘g‘rilagichlar va chastota o‘zgartirgichlar uchun ikkilamchi tomonda ularning kilovattda yoki kilovoltamperda ifodalangan quvvatlari ishlatiladi.
Qarshilik pechlari, elektroliz vannalari va yoritish asboblari uchun qo‘yilgan quvvat bu ko‘rilmalarning tarmoqdan iste’mol qiladigan quvvatlariga teng. Takrorlanuvchi - qisqa muddatli ish rejimli EI larning pasportida berilgan quvvatini uzoq muddatli ish rejimiga keltirib, nominal quvvat sifatida qabul qilinadi.
Sanoat korxonalarining elektr qurilmalarida asosan o‘zgaruvchan tok ishlatiladi. O‘zgarmas tok ishlatuvchilari elektr energiyasini o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga aylantiruvchi to‘g‘rlagichlardan olgani sababli, o‘zgarmas tok doimo qimmatroq bo’ladi. To‘g‘rilagichlar sifatida «Sinxron dvigatel - o‘zgarmas tok generatori - o‘zgarmas tok dvigateli» (SD - O‘TG - OUTD) tizimini, boshqariluvchi simobli to‘g‘rilagichlar (BST), tiristorli to‘g‘rilagichlar (TT) ishlatiladi. SD - O‘TG - O‘TD blokining nominal quvvati SD ning nominal quvvatiga, BST va TT ning quvvati deb ularga ulanadigan O‘TD ning nominal quvvati olinadi. O‘zgarmas tokning asosiy ishlatuvchilariga umumiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ko‘tarish-transport mexanizmlarining, prokat stanlaridagi yordamchi mexanizmlarning standart kuchlanishli dvigatellari kiradi. Elektroliz qurilmalari nostandart kuchlanishli iste’molchilarga kiradi. Elektr energiyasini tarqatish tizimida elektroliz qurilmalari, o‘zgarmas tokda ishlovchi yoy pechlari, payvandlash mashinalari o‘zgaruvchan tok iste’molchilari hisoblanadi. O‘zgarmas tok ishlatuvchilari 5% dan (mashinasozlikda) 85 - 90% gacha (alyuminiy elektrolizi bo‘ lgan rangli metallurgiyada) elektr energiyasini iste’mol qiladilar.
Kuchlanish bo‘yicha EI va I lar quyidagi standart kuchlanishlarga ega :
12 V, 36 V, 127 V, 220 V, 380 V, 660 V, 6 kV, 10 kV, 20 kV, 35 kV, 110 kV, 150 kV va 220 kV - o‘zgaruvchan tokda va 220 V, 440 V, 825 V - o‘zgarmas tokda.
Tokning chastotasi bo‘yicha sanoat chastotasida ishlovchi, undan ortiq va undan kam chastotali elektr ishlatuvchilari mavjud. Sanoat chastotasi 50 Gs ga (60 Gs ga) teng bo‘ lib, 60 Gs ga chiqarilgan dvigatellar 50 Gs chastotali tarmoqdan ishlashi mumkin, ammo bunda kuchlanishni 380 V dan 460 V ga ko‘tarish lozim. 50 Gs li dvigatellarni 60 Gs li tarmoqga ulab bo‘lmaydi, bu xolda 60 Gs ni 50 Gs ga pasaytiruvchi o‘zgartirgich o‘rnatish kerak. 50 Gs chastotaga chiqarilgan trasformator va elektr apparatlari 60 Gs da ishlatilishi mumkin.
50 Gs dan past chastotalar quyidagi hollarda ishlatiladi :
1) 0,5 - 1,5 Gs - elektr pechlarida suyuq po‘latni elektromagnit usulida aralashtirish uchun;
2) 2 - 5 Gs kontaktli payvandlash uchun bunda 3 fazali, 50 Gs li o‘zgaruvchan tok maxsus payvandlash mashinalarida 1 fazali 2 - 5 Gs li o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi;
3) 10 - 40 Gs - elektr dvigatellari tezligini rostlash uchun ;
50 Gs dan yuqori chastota quyidagi hollarda ishlatiladi :
1) 175-220 Gs chastotalar tezkor dvigatellar ishlatiladigan, kichik gabaritli elektr asboblari uchun;
2) Sun’iy tola sanoatidagi sentifugalarning elektr yuritmasi uchun 100 - 200 Gs;
3) 400 Gs gacha chastota - tezligi 20000 ayl/min bo‘lgan dvigatelli yog‘ochini qayta ishlovchi stanoklarda ;
4) 500 - 1000 Gs chastota - qaynoq shtampovkada va toblashda ishlatiladigan, metallarni induksion qizdirish qurilmalarida.
Yuqoridagi 4 ta holda elektr energiyasi 10000 Gs gacha chastotada tarqatiladi. Undan tashqari metallar yuzasini qizdirib toblash va qayta ishlash uchun 2000 - 106 Gs, sopol, plastmassa va yog‘och buyumlarini 100*103 - 100*106 Gs chastotada elektr qizdirish qurilmalari mavjud. Bularda individual chastota o‘zgartgichlar ishlatiladi.
EI va I ning ishlash rejimi 3 xil bo‘ladi :
1. Uzoq davom etuvchi rejim. Unda dvigatel yoki transformatorning temperaturasi eksponenta bo’yicha oshib borib, o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Oshib borish vaqti yuklamaga bog‘lik bo‘lib, taxminan 3 ta cho‘lg‘amlar qizish vaqti doimiysiga teng (to’tish = 3*Tqizish);
2. Qisqa muddatli rejimda ish vaqti davomida tokli qismlar o‘zgarmas (qo’yilgan) temperaturagacha qizib ulgurmaydi va to‘xtab turilganda muxit temperaturasigacha sovib ulguradi;
3. Takrorlanuvchi - qisqa muddatli (TKM) rejimda ish davomida tokli qismlar qizishi qo‘yilgan temperaturagacha yetmaydi, to‘xtash davrida muxit teperaturasigacha sovub ulgurmaydi.
TKM rejimi foizlarda beriluvchi ulanish takrorlanishi (UT yoki ruscha PV) bilan belgilanadi:
UT % = (tu * 100%)/(tu + tt) = (tu / ts) * 100%
bu yerda: tu - ulanish vaqti; tt - to‘ xtab turish vaqti; ts - sikl vaqti.
TKM rejimida Ts £ 10 minut bo’lishi kerak. Dvigatellar uchun UT ning 15%, 25%, 40%, 60% li standart qiymatlari bor.
TKM rejimida ishlovchi EI lar quvvatini doimiy rejimiga (UT = 100%) quyidagi formula yordamida keltiriladi:
Р100 = Рpasp Ö(UT % / 100%)
bu yerda : Ppasp - pasportda keltirilgan quvvat; UT % - ulanish takrorlanishi, % da.
Elektr ta’minoti uzluksizligi darajasi bo‘yicha EI larning 3 ta toifasi mavjud:
1. I - toifali EI larining elektr ta’minotidagi uzulishlar natijasida odamlar hayotiga xavf solinadi yoki xalq ho‘jaligiga katta moddiy zarar yetkaziladi. Bu zararlar jihozlarning shikastlanishi, maxsulotning brak bo‘lishi yoki texnologik jarayonning uzoq muddatga buzilishi oqibatida hosil bo‘ladi. Bunga misol qilib ko‘mir shaxtalaridagi bosh ko‘targich va bosh ventilyator, domna pechlarga suv berish nasoslar, ximiya korxonalaridagi sanitariya - texnika ventilyasiyasi, elektroliz qurilmalarini ko‘rish mumkin.
2. II - toifaga metall qirqish stanoklari, shtampovka mashinalari va presslar, elektr yey pechlari, to‘qimachilik stanoklari va boshqalar kiradi. Ularning ET dagi uzilishlari mahsulot chiqarishni kamayishiga, braklarga, ishchilar va mexanizmlarning bekor turib qolishiga sabab bo‘ladi.
3. III - toifaga I va II toifalarga kirmaydigan qolgan EI lar (yordamchi sexlar, qo‘shimcha ishlab chiqarishlar kiradi).
Foydalaniayetgan adabiyotlar:
Moskalenko V.V. Avtomatizirovanniy elektroprivod. M.: Energoatomizdat, 1986 g.
Spravochnik po avtomatizirovannomu elektroprivodu. M.: Energoatomizdat, 1980 g.
Chilikin M.G., Sandler A.S. Obshiy kurs elektroprivoda. M.: Energiya 1986
|
| |