|
Mavzu: Fazalar qoidasi
|
bet | 1/3 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #131360 |
Bog'liq fazalar qoidasi
Ko’p fazali geterogen sistemalardagi muvozanatlarni xarakterlash uchun V.Gibbs 1873-1878-yillarda termodinamikaning I va II qonunlariga asoslanib, fazalar qoidasini taklif qildi.
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajraladigan va termodinamik xossalari bilan farq qiladigan qismi faza deb ataladi.
Faza geterogen sistemaning bir moddadan yoki bir necha moddalar aralashmasidan iborat gomogen qismdir.
Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo’lib, bu moddalar sistemaning tarkibiy qismlari deyiladi. Sistemaning tarkibiy qismlari kimyoviy jihatdan bir jinsli moddalar bo’lib, uzoq vaqt davomida alohida tura oladi. - Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat bo’lib, bu moddalar sistemaning tarkibiy qismlari deyiladi. Sistemaning tarkibiy qismlari kimyoviy jihatdan bir jinsli moddalar bo’lib, uzoq vaqt davomida alohida tura oladi.
- Sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari komponentlar deb ataladi. Komponentlar oddiy va murakkab moddalar bo’lishi mumkin. Masalan: tuz va suv tarkibiy qism. Tuzning suvdagi eritmasi ikki komponentli sistema.
- Sistemada har qaysi fazaning kimyoviy tarkibini xarakterlash uchun yetarli bo’lgan modda xillarining eng kichik soni sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari yoki komponent soni deb ataladi.
Kimyoviy sistemadagi komponentlar sonini topish uchun sistemadagi tarkibiy qismlar sonidan shu sharoitda borayotgan kimyoviy reaksiyalar sonini ayirib tashlash kerak.
Ma’lum bir sistemaning termodinamik holatini to’la xarakterlash uchun yetarli bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar soni sistemaning erkinlik darajasi deyiladi. Ma’lum chegarada ixtiyoriy o’zgartirish mumkin bo’lgan parametrlar soni sistemaning erkinlik darajasi sonidir.
Fazalar qoidasi |
| |