• Koder Koderning chiqishidagi ishi quyidagi rejimlar bilan tavsiflanadi. Axborot guruhining k elementlarini hosil qilish va shu bilan birga r(x)
  • Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi




    Download 162,25 Kb.
    bet7/8
    Sana15.05.2024
    Hajmi162,25 Kb.
    #235863
    1   2   3   4   5   6   7   8
    R

    n

    r

    k

    0,60086651

    31

    12

    19

    0,77468801

    63

    12

    51

    0,8591961

    127

    13

    114

    0,89554406

    255

    13

    242

    0,9038307

    511

    14

    497

    0,89338452

    1023

    14

    1009

    0,86761187

    2047

    15

    2032

    0,82630035

    4095

    15

    4080

    Jadvaldan ko‘rinadiki, eng katta o‘tkazuvchanlik R = 0,9038307ni n = 511 , r= 14, k = 497 parametrlariga ega bo‘lgan siklik kod ta’minlar ekan.


    Koder va dekoder sxemasini qurish uchun polinom shakllantiruvchisini tanlab olish kerak bo‘ladi.
    R darajasidagi polinomni hosil qiluvchini keltirilmaydigan polinomlar jadvalidan olinadi (ilovaga qarang).
    Misol uchun, r =14 uchun quyidagi polinomni tanlash mumkin
    .


    Siklik kodning koder va dekoder sxemasining qurilishi

    Dekoder sxemasini tuzishda xatolarni aniqlash bilan cheklanib qolish kerak. 1 va 2 rasmda koder va dekoderning soddalashtirilgan blok – sxemalari ko‘rsatilgan. Kurs loyihasida yanada batafsil strukturaviy sxemalarni taqdim etish zarur.
    Siklik (63, 56) kodli koder va dekoderning tuzilishi va ishlash tamoyilini ko‘ribchiqamiz. Shakllantiruvchi (yaratuvchi) polinom



    Koder
    Koderning chiqishidagi ishi quyidagi rejimlar bilan tavsiflanadi.

    1. Axborot guruhining k elementlarini hosil qilish va shu bilan birga r(x) ni bo‘linish qoldig‘ini olish uchun axborot qismini aks ettiruvchi polinomni shakllantiruvchi (yaratuvchi) polinomga bo‘lish.

    2. Koder chiqishida tekshiruvch i relementlarni bo‘linish sxemasi yacheykalaridan o‘qib olish orqali shakllantirish.

    Koderning tuzilish sxemasi1-rasmda ko‘rsatilgan.
    1 -rasm. Koderning tuzilish sxemasi


    n = 63 birlik elementlarni yuborish uchun koder ishlash sikli n taktni tashkil etadi. Takt signallari chizmada keltirilmagan uzatuvchi-taqsimlovchida shakllantiriladi.
    Koderning birinchi ishchi rejimi k = 56 takt davom etadi. Birinchi takt impulsizda trigger T shunday holatni oladiki, uning to‘g‘ri kirishida “1” signali paydo bo‘ladi, inversion chiqishda esa – “0” signali. “1” signali orqali 1 va 3 kalitlari ochiladi (VA mantiqiy sxemasi). “0” signali kalit 2 - yopish. Bunday holatda trigger va kalit holatda joylashadi ya’ni 57 taktda. Bu vaqtda dekoderning chiqishiga ochiq kalit 1 orqali 56 birlik k = 56 guruh axborot elementlari keladi.
    Bir vaqtning o‘zida 3 ochiq kalit orqali axborot elementlari ko‘phadlarni bo‘lish qurilmasiga keladi. Bo‘lish yacheykalar soni tekshiruv razryadlari soniga (polinomani yaratuvchi daraja) teng bo‘lgan ko‘ptaktli filtrda amalga oshiriladi. Biz ko‘rib turgan holatda yacheykalar soni r = 7. Qurilmadagi yig‘indilar soni manfiy birligining nolga teng bo‘lmagan a’zolari soniga teng. Bizning holatimizda to‘rtga teng. Yig‘indilar nol bo‘lmagan a’zolariga muvofiq ravishda yacheykadan keyin o‘rnatiladi.Barcha o‘tkazuvchi bo‘lmagan polinomalar a’zosiga egaligi bois, ushbu a’zoga mos bo‘lgan summalovchi kalit 3 ni oldidan qo‘yiladi (VA mantiqiy sxemasida).
    k = 56 taktdan so‘ng bo‘lish qurilmasining yacheykalarida bo‘lishidan qoldiq yozilib qoladi.
    k+1 = 57 taktli impulsi ta’sirida trigger T o‘z holatini o‘zgartiradi: inversion chiqishda “1” signali paydo bo‘ladi, to‘g‘ri chiqishda esa “0” . Kalit 1 va 3 yopiladi, kalit 2 esa ochiladi. Qolgan r =7 taktda bo‘lishdan qolgan qoldiq elementlari (tekshiruv guruhi) kalit 2 orqali koder chiqishiga o'tadi, yuqori razryadda ham shunday.
    Dekoder
    Dekoder ishlash sxemasi quyida keltirilgan (ikkinchi rasm).
    polinomida ko'rsatiladigan qabul qilingan kodlar kombinatsiyasi dekodlash registriga kiradi va bir vaqtning o'zida bufer registrining yacheykalariga kiradi, ularda k yacheykalari mavjud.

    2-rasm. Dekoderning tuzilish sxemasi


    Bufer registrining yacheykalari “yo‘q” (Inkor) mantiqiy zanjirlari orqali ulanadi, bu signallarni faqat birinchi kirishda “1”, ikkinchisida “0” bo‘lsa (bu kirish doira bilan belgilangan) bo‘lsa, uzatish imkonini beradi. Bufer registri kirishida kodlar kombinatsiyasi &1(VA1) sxema orqali keladi. Bu kalit trigger T chiqishida birinchi takt impulsi orqali ochiladi va k + 1 takt impulsida yopiladi (koder sxemasidagi trigger T ishlashi bilan mutloq bir xil). Shu orqali, k = 56 taktdan so‘ng, elementlar axborot guruhi registr buferiga yoziladi. YO‘Q (Inkor) sxemasi registrni to‘lishi rejimida ochiq bo‘ladi, ikkinchi kirishiga esa kalit VA2(&2) kuchlanish kelmaydi.
    Bir vaqtning o‘zida dekoderlovchi registrda kod kombinatsiyasi (polinom P(x) hosil qiluvchi polinom tomonidan g(x)) barcha n = 63 takt sikli davomida bo‘linadi. Dekodlash registrining sxemasi yuqorida batafsil muhokama qilingan kodlovchi bo‘linish sxemasiga to‘liq o‘xshaydi. Agar bo‘linish natijasida nol qoldiq - sindromi olinsa, keyingi taktim pulslari dekoderning chiqishidagi axborot elementlarini hisobdan chiqaradi.
    Qabul qilingan kombinatsiyalarda xato bo‘lganda sindrom da . Bu shuni bildiradki, n inchi (63) taktdan keyin hech bo‘lmaganda bitta dekoderlovchi registr yacheykasida “1” yozilgan bo‘ladi. Bu holda YOKI (ИЛИ) sxemasi chiqishida signal paydo bo‘ladi. Kalit 2 (sxema VA2 (&2)) ishga tushadi, bufer registridagi YO‘Q (inkor) sxemalari yopiladi, navbatdagi takt impulsi esa registrning barcha yacheykalarini “0” holatiga olib keladi. Noto‘g‘ri qabul qilingan axborot o‘chirib yuboriladi. Bir vaqtning o‘zida o‘chirish signali qabul qilish va qayta so‘rashni bloklovchi buyruq sifatida ham qo‘llaniladi.



    Download 162,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 162,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi

    Download 162,25 Kb.