|
Signallarni raqamlashtirish jarayoni
|
bet | 2/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,62 Mb. | | #238301 |
Bog'liq Axborotlarni raqamlashtirish, kodlashtirish. Sanoq tizimlari Kvantlash jarayoni - Rasmda bir bit ma'lumot yordamida signalni kvantlash jarayoni ko'rsatilgan, yuqorida aytib o'tganimdek, ma'lum chegaradan oshib ketganda, yuqori darajadagi qiymat qabul qilinadi.
- Analogli signallarni UA(t) (t-o’tuvchi vaqt) raqamli signallarga UD(k) (k butun son) aylantirishning turi usullari bor. Shulardan eng ko’p tarqalgani signalni vaqt bo’yicha diskretlashtirish va sathi bo’yicha kvantlashdan iborat.
- Diskretlashtirish- UA(t) signalni qisqa muddatli ketma-ket keladigan impulslarga UA(k) almashtirish demakdir. Bunday diskretlashtirilgan amplitudaviy impulsli modulyator yordamida bajariladi. Uning bitta kirishiga diskretlanuvchi analogli signal berilsa, boshqasiga qisqa muddatli ketma-ket impulslar beriladi.
- Analogli signallarni ketma-ket keluvchi impulslar orqali tasvirlashda interval qancha kichik olinsa, aniqlik shuncha yuqori bo’ladi. Biroq bunda raqamli signallar soni ortib ketadi. Shu sabali eng qulay yechimni tanlab olish zarur bo’ladi. Bu yechim V.A.Kotelnikov teoremasi orqali beriladi.
Spektral tahlil - Spektrial tahlil – bu signallarni raqamli ishlashning usullaridan biri bo‘lib, raqmli ishlanadigan signalning chastotali tashkil etuvchilarini xarakterlaydi.
- Real vaqt masshtabida signallarni raqamli ishlash masalalari audio, ovozli, rasmli, animatsiya, mashina garfikasi, multimediali ma’lumotlarni analizlashda signalning spektrial tashkil etuvchilaridan foydalanish, signallarni har xil impulsli shumlardan tozalash, ovozlarni tanish, signaldan foydali komponentalarni ajratish, adaptiv filtrlash va siqishda juda yaxshi natijalarni beradi.
Almashtirish usul va algoritmlari - Diskret Fur’e almashtirish algoritmi va uning Teskari Diskret Fur’e almashtirish algoritmlari;
- Kuli-Tyuki algoritmi;
- Uolsh – Adamar keltirish algoritmi iva uning teskari algoritmlari;
- Tezkor Uolsh-Adamar almashtirish va uning teskari algoritmi;
- Xaara keltirish algoritmi va uning teskari algoritmi;
- Tezkor Xaara keltirish algoritmini va uning teskari algoritmi.
- Yaqinlashishning Splayn-funksiya usuli.
|
| |