|
O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi
|
bet | 101/142 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 9,82 Mb. | | #126251 |
Bog'liq Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar biO‘zbekiston Respublikasi Yer fondi
Yer uchastkasida kadastr raqamini shakllantirishning respublika bo‘yicha umumiy tizimi quyidagi rasmda berilgan:
pog‘ona
pog‘ona
QQR va viloyatlar tasarrufidagi shaharning tartib raqami
Ma’muriy tuman tartib raqami
Shahar tumaning tartib raqami (Toshkent shahri)
pog‘ona
Kadastr massivining tartib raqami
Kadastr massivining tartib raqami
Kadastr massivining tartib raqami
Kadastr mintaqasining tartib raqami
Kadastr mintaqasining tartib raqami
Kadastr mintaqasining tartib raqami
pog‘ona
pog‘ona
pog‘ona
Yer uchastkasining tartib raqami
Yer uchastkasining tartib raqami
Yer uchastkasining tartib raqami
Kadastr mavzesining tartib raqami
Kadastr mavzesining tartib raqami
Kadastr mavzesining tartib raqami
pog‘ona
6.12- rasm. Yer uchastkasida kadastr raqamini shakllantirishning umumiy tizimi
Yer uchastkalariga kadastr raqamlarini berish yer uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan shahar va shaharchalarda o‘tkazilgan hollarda ko‘chmas mulk kadastri xizmati, O‘zbekiston Respublikasining qolgan hududlari bo‘yicha yer resurslari va davlat kadastri tuman xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Noturar joy, binolar va inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari mazkur obyektlarga egalik qilish huquqlarini ko‘chmas mulk kadastri xizmati xodimlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida beriladi.
Yer uchastkalari, bino va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi.
Kadastr raqamining majburiy elementlari:
mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri);
ma’muriy tuman va shahar (viloyat tasarrufidagi);
kadastr yer massivi raqami;
kadastr mavzesi raqami;
yer uchastkasi raqami;
bino yoki inshootning raqami;
bino yoki inshoot bir qismining raqami. Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega: AA:BB:CC:DD:EE:FFFF:GGGG.
Bunda: AA – mintaqaning raqami (kodi) ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik
son;
BB – mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilmalar. Ma’muriy tuman
yoki viloyat tasarrufidagi shaharning raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
CC – kadastr yer massivi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son; DD – kadastr mavzesi raqamini bildiruvchi ikki razryadli o‘nlik son;
EE – kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasini bildiruvchi ikki razryadli
o‘nlik son;
FFFF – yer uchastkasi doirasida bino yoki inshootlarni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nlik son;
GGGG – bino yoki inshootlar bir qismining raqamini bildiruvchi uch razryadli o‘nlik son.
Kadastr raqamlarining shakllanish variantlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkalari misolida berilgan (8.3-jadval). Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yer uchastkasining kadastr raqami 11:05:01:01:02:0003:0008:016.
Bunda: 11 – mintaqa raqami;
05 – Qibray tumani raqami;
– kadastr zonasining raqami; 01 – kadastr massivi raqami;
– kadastr mavzesi raqami;
0003 – kadastr mavzesi chegarasidagi yer uchastkasining raqami; 0008 – yer uchastkasi chegarasidagi bino va inshootlarning raqami; 016 – bino, inshootlar bir qismining kadastr raqami (asosiy bino va
inshootlarda).
Bino yoki inshootning kadastr raqami ular joylashgan yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Bino va inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino yoki inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), ro‘yxatga olish, yangi kadastr plan-kartalarini tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari o‘zgartirilmaydi.
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimining yagona tamoyili bo‘yicha ularga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan. Kadastr bo‘yicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, bino va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olingan yagona tizimi integratsiya qilinadi.
6.3-jadval
|
| |