• Yer baholash ma’lumotlari.
  • Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi




    Download 9,82 Mb.
    bet104/142
    Sana21.12.2023
    Hajmi9,82 Mb.
    #126251
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142
    Bog'liq
    Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi

    Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi. Yer hisobi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda, yer hisobida yuqori aniqlik bo‘lishi zarur. Buning uchun yer hisobini yer turlariga, jumladan, haydalma yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, pichanzorlar, yaylovlar va bo‘z yer turlariga bo‘lingan holda olib borish talab

    qilinadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlarda yer hisobini yuritish bo‘yicha olingan ma’lumotlar, quyidagi vazifalarni bajarishda muhim hisoblanadi:



      • hisob qilinadigan hudud uchun barcha mavjud plan-xarita materiallarini olish, bir tizimga keltirish va tahlil qilish;

      • zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlar va plan-karta materiallarini olish maqsadida tasvirga olish hamda kuzatuv bo‘yicha dala qidiruv ishlarini o‘tkazish;

      • hisob qilinadigan barcha yerlar o‘lchamlarini, sifat holatini, taqsimlanish va foydalanish holatini aniqlash;

      • maxsus yer hisobining elektron kartalarini tayyorlash va matn hujjatlariga birlamchi yozuvlarni kiritish;

      • yer fondi tarkibini yer toifalari, yerdan foydalanuvchilar, mulkdorlar va yer turlari bo‘yicha aniqlash, yerlarni ma’muriy birliklar (tuman, shahar, viloyat, respublika) bo‘yicha sifat jihatidan tavsiflash.

    Demak, yuqorida qayd etilgan yer hisobi ishlarini bajarish natijasida olingan ko‘rsatkichlar asosida ma’lumotlar tizimi yaratiladi.

    1. Yer baholash ma’lumotlari. Yerlarni baholash davlat yer kadastrining tarkibiy qismi bo‘lgani holda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalaniladigan tabiiy resurslarni umumiy tarzda baholashning bir qismi hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi yer baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Baholash muammosini muvaffaqiyatli hal qilish, eng avvalo, uni obyekti va subyektini to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.

    Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yerdan foydalanuvchilar hududida olib boriladigan xo‘jaliklarning yer baholash materiallari quyidagi qator masalalarni ijobiy hal qilishda foydalaniladi: qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish; qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorliklarini rejalashtirish; qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatlarini tahlil qilish asosida yerdan va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajalarini aniqlash; yagona yer solig‘i stavkalarini belgilash; ijara haqi miqdorlarini aniqlash; qishloq xo‘jalik yerlarini noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun ajratishda qishloq xo‘jaligi

    ko‘radigan zararning o‘rnini qoplash miqdorlarini hisoblash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish baholarini belgilash; xo‘jaliklararo va xo‘jalikda yer tuzish loyihalarini asoslash va boshqalar. Yer baholash ishlari natijalariga asoslangan axborotlar tizimi alohida blokda beriladi.




    1. Download 9,82 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142




    Download 9,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer hisobini yuritish bo‘yicha ma’lumotlar tizimi

    Download 9,82 Mb.