Ma’lumotlarni yig’ish va qayd qilish vositalari




Download 27.9 Kb.
Sana10.03.2024
Hajmi27.9 Kb.
#169512
Bog'liq
Axborotlarni ishlab chiqarish vositalari
KEYS-STADI METODI, 28 маъруза Спирт ишлаб чиқариш жараенини автоматлаштириш, JQueryda funksiyalarni qo’llash, Документ Microsoft Word (4), 10-s,geom,II chorak,1-dars, Chilangarlik ishicover, 17.06.2023. Спорт гимнастикасига, Документ Microsoft Word, Sim ken pol tex, Форма заявления, 16-mavzu. Arxitektura va qurilishda qurilish konstruksiyalarni vizual dasturlash texnologiyalari., Mathematica tizim, Ma5, Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari, algor

Axborotlarni ishlab chiqarish vositalari – har xil quvvatga ega bo`lgan va xilma xil turlardagi elnktron hisoblash mashinalari, hisoblash tarmoqlari, ish stantsiyalari, mini va mikro kompyuterlar hamda turli vazifalarni bajaruvchi serverlar axborot texnologiyalari texnik ta’minotining asosini tashkil kiladi. Bu texnik vositalarning turlari hamda imkoniyatlari jamiyatni avtomatlashtirish darajasi bilan mos holda doimiy ravishda va uzluksiz rivojlanib bormoqda. Agarda shaxsiy kompyuterdan kichik mahalliy tarmoqning avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida foydalanilsa, ishlash uchun zarur barcha axborotlar markazlashtirilgan holda saqlansa, unda ishlab chiqarilayotgan axborotlarning hajmi katta bo'lmaydi. Bunda ishning tezligi kompyuterning tez ishlashi bilan emas, balki operator va mashina dialogining tezligi bilan belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, ushbu hollarda nisbatan kichikroq tezlikka ega bo`lgan va o’rtacha tezkor xotira hajmiga ega bo`lgan EHMni qo’llash mumkin. Boshqa hollarda, agar kompyuter katta hajmli hujjatlarni muntazam tayyorlash uchun mo’ljallansa va buning uchun axborotlarning katta massivlaridan foydalanilsa, unda tashqi va ichki xotiraning katta hajmiga ega qudratli mashinalardan foydalanish lozim buladi. Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti tarkibiga qo’yidagilarni kiritish mumkin:

  • Ma’lumotlarni yig’ish va qayd qilish vositalari;

  • Ma’lumotlarni uzatish va kabul qilish vositalari:

  • Datchiklardan ma’lumotlarni qabul qilish vositalari;

  • Analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlar;

  • Kommutatorlar va multipleksorlar;

  • Tarmoq adapterlari;

  • Selektor va marshrutizatorlar;

  • Ish stantsiyalari va abonent punktlari;

  • Serverlar;

  • Ma’lumotlarni saqlash vositalari (xotira qurilmalari);

  • Mini va mikro EHM hamda mikroprotsessorlar;

  • Bosqaruvchi kompyuterlar;

  • Pechatlovchi qurilmalar va uskunalar;

  • Skanerlar;

  • Plotterlar;

  • kuzatuvchi videoqurilmalar;

  • turli xil audio qurilmalar;

  • turli xil aloqa vositalari; nusxa oluvchi qurilmalar;

  • turli xildagi ma’lumot tashuvchilar;

  • ma’lumotlarni kiritish va chikarish vositalari;

  • ups qurilmalari;elektrogeneratorlar (tashqi tok manbai uzilib qolganda);

  • ma’lumotlar xavfspzligini ta’minlovchi qurilmalar;

  • himoya qurilmalari;kerakli bo`lgan dasturlar hamda qurilmalar bilan ta’minlangan shaxsiy kompyuterlar.

Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:

  • -Ishonchlilik;

  • -Resurslardan foydalanishning samaradorligi;

  • -Texnik kursatgichlar jixatidan bir-biriga mos kelishlik;

  • -Tarkibiylik va modellilik;

  • -Harajatlar buyicha samaradorlilik;

  • -Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik;

  • -Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri shaxsiy yoki shaxsiy kompyuterlardir.

Ularning ko`rinishi kichik va ixcham bo`lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha sohalarida muvaffaqiyatli ravishda qo`llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko`ra paydo bo`lgan? Qanday printsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo`lishiga va keng miqyosda qo`llanilishiga sabab bo`lgan? Ushbu muammolarni to`g`ri hal qilish uchun Shaxsiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi haqida biroz fikrlash lozim bo`ladi. Yarim o`tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining rivojlanishi mikroprotsessorlarning, xotirasi katta integral sxemalarining, kiritish- chiqarish katta integral sxemalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Demak, arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil topib, bitta yoki bir necha katta integral sxemalarda bajarilgan, hamda funksional jihatdan tamoman to`liq bo`lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki, oddiy qilib aytganda, EHMda qayta ishlanayotgan axborotlar elektr signallari ko`rinishida tasvirlanib, ular elektron qurilmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigan elementlardan iborat bo`ladi. Mana xuddi shunday qurilmalar mikrosxemalar deb ataladi. Mikrosxema deb, bir butun protsessorni tushunish ham mumkin. Agar protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plataga o`rnatiladi. Plata- plasmassali plastinka bo`lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko`rinishda bog`langan metalli o`tkazgichlar bo`ladi. Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab nimada degan tabiiy savol ko`ndalang bo`ladi, unga javob berishga harakat qilamiz. Yarim o`tkazgichli katta integral sxemalarning-mikrokalkulyatorlar va xotirlovchi qurilmalarni tayyorlashdagi to`plangan boy tajriba hamda mukammal o`zlashtirilib olingan texnologiyalarda mikroprotsessorlarning asosiy element bo`lishi katta integral sxemalarning yaratilishiga va zudlik bilan o`zlashtirilishiga sharoit yaratib berdi. Buning oqibatida hisoblash texnikasining rivojlanish tarixida birinchi marta shunday holat qaror topdi, ya’ni mikroprotsessor o`zini qabul qilishga tayyor bo`lmagan bozordan oldin yuzaga keldi, shuning uchun foydalanuvchilar ularga nisbatan talablarini shakllantira olmadilar. Yuqoridagi tarzda EHMning rivojlanish taraqqiyoti shaxsiy EHMlarning yaratilishiga olib keldi. Uning 1-chi qaldirg`ochi 1975 yilda AQSHda ishlab chiqildi (ushbu shaxsiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080 protsessori asosida ishlab chiqilib, Altair 8800 deb nomlangan) va tarixan qisqa muddat ichida, ya’ni 1987 yilga kelib, jahonda shaxsiy kompyuterlarning soni 30 mln. donaga o`sgan. Shaxsiy EHM hamma harid qilish narxidagi qudratli universal instrument bo`lib, har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatining ish unumini bir necha marta oshiradi. EHMni shaxsiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy talablarni qondirishi shart: 1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator ishlab chiqqandan so`ng, shaxsiy kompyuterga bo`lgan talab keskin ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan dastutiy ta’minotlar hosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi shaxsiy kompyuterlarning birinchisi ishlab chiqarilgan. Dasturlarning turli xillari mavjud boʻlib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moʻljallangan. Lekin insonlarga oʻxshab, EHMlar ham qandaydir koʻrsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj boʻladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi hotiralar bilan ishlashni, qoʻshimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni hal qilish uchun qanday turdagi dasturlar ishlatilishi mumkin deb oʻylaysiz? Kompter hotirasida juda katta miqdordagi qoʻshimcha joy egallaydigan ushbu dasturlarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi? Agarda shunday turdagi dasturlar mavjud boʻlmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda oʻzgaradi? Bunday turdagi dasturlarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan boʻlar edingiz? Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni engillatishga va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga moʻljallangan dastur vositalari kompleksiga dastur ta’minoti tizimi (PTS) deb yuritiladi. Kompyuterning PTS oʻz ichiga turli xil dasturlar toʻplamini oladi. Dasturlashni avtomatlashtirish tizimsi (PAS) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini yengillashtirish va avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini oʻz ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining toʻgʻriligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi. Kompyuterda masalalarni yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat. Boshqaruvchi dasturlar kompyuter qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni kompyuter qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi. Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan bogʻliq yangi dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni yechishga va boshlangʻich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Texnik xizmat qilish dasturlari kompyuterning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini yechishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga moʻljallangan dasturlar kompleksi kiradi. Yuqorida tasvirda koʻrsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga oʻgiruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil boʻladi: kompilyatorlar va interpretatorlar. Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich (yoki qatormaqator) mashina tiliga oʻgirib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga oʻgiradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi boʻlmasa, uni bajarishni amalga oshiradi. Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi dasturni hosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga oʻgiriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi. Shaxsiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador boʻlishi unda qanday dasturviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur boʻlishi uning qaysi sohada faoliyat koʻrsatishi bilan aniqlanadi. Endi oʻzingizni iqtisod sohasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak boʻlishini oʻylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak boʻladigan dasturlar bilan amaliyotda qoʻllaniladigan dasturlar orasida qanday farq boʻlishi mumkin? Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qoʻllash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun moʻljallangan dasturlar tizimsidan iborat. Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi:

  • tizimli dasturlar–xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar;

  • amaliy dasturlar–foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar.

  • dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.

Tizimli dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:

  • grafik interfeys–ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini hosil qilish mumkin, ya’ni alohida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar;

  • multidasturlashtirish–bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;

  • dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.

Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  • dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda yechishga tayyorlash;

  • operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish;

  • kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik.

Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi. Kompyuter dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim boʻlib, u turli tartiblarda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat. Personsl kompyuter funktsional maqsadiga bogʻliq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli boʻlmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha oʻzgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi Personal kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va Personsl kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir. Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi. Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat koʻrsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qoʻllash ishlarini engillashtiradi. Ular oʻzlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli- tumandir, lekin qoidaga koʻra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar boʻladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali Personsl kompyuterning operativ yoki tashqi hotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Koʻplab tahrir dasturlari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda oʻzgarishlar qilish uchun ishlatiladi. Dasturlashtirish tillarining tasnifi. Dasturlashtirish tillari deganda nimani tushunasiz? Ular foydalanuvchi uchun qanday imkoniyatlar yaratadi? Dastur tillarining qaysi turlari oʻrgangansiz va ularning bir-biridan farqi nimada? Dastur tillarini qanday asosiy guruhlarga boʻlish mumkin va bu nimaga asoslanib amalga oshiriladi? Yuqorida keltirilgan savollar va muammolar haqida biroz fikrlang va fikrlaringizni boshqalar bilan oʻrtoqlashing. Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud boʻlib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa koʻpgina tillarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal dasturlash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa xarakterdagi koʻplab masalalarni yechishga, shuningdek ma’lumotlar toʻplamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va shularga oʻxshash boshqa koʻpgina masalalarni yechishga moʻljallangandir. Masalalarni dasturlash uchun kompyuterda dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qoʻllaniladi. Masalani yechishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir ma’noli qilib va kompyuterda qabul qila oladigan formada tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tavsiflash mumkin. Ishlatilish sohasiga koʻra dasturlash tillari universal, ya’ni barcha sohalarda ham ishlatish mumkin boʻlgan tillar va ma’lum soha yoki muammolarni yechishga moʻljallangan tillarga boʻlinadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiytexnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni yechishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol boʻladi. Foydalanuvchilar saviyasiga koʻra esa yuqori darajali va quyi darajali tillarga boʻlinadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga moʻljallangan boʻlib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli boʻladi. Bunday tillarga PL/I, ADA, Beysik, Paskal, Kobol, RPG, FORTRAN kabilar misol boʻladi. Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin boʻlib, bu tildan foydalanuvchi mashinaning tuzilishi boʻyicha ma’lum darajadagi bilimga ega boʻlishi kerak. Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanish imkonini berib, u operatsion tizimlar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu kabi murakkab dastur vositalarini yaratishda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tasniflash mumkin. Odatda, dasturlash tilining EHMga koʻra bogʻliqlik darajasi boʻyicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga koʻra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bogʻliq va mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi. Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qoʻllaniladi. Darajasi 0 boʻlgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin mnemokod (Assembler tili (avtokod) past darajadagi dasturlash tilidir. Mashina kodi tilidan farqli o'laroq, u inson uchun qulayroq mnemonik (ramziy) buyruq yozuvlaridan foydalanishga imkon beradi.) mashina tilidan shu bilan farqlanadiki, unda amal kodlari mos harfli belgilar bilan, operandlarning raqamli adreslari esa harfli yoki harf-raqamli belgilar bilan almashtirilgan. Avtokod kodlarning asosiy xususiyatlarini saqlaydi. Ammo unda mashina komandalarining simvolik analoglari bilan bir qatorda, mashina tilida toʻgʻridan-toʻgʻri analogi boʻlmagan mikrokomanda qoʻllanilishi mumkin. Ushbu tillarning mashinaga moʻljallanganligi ularning asosida hamon konkret EHM buyruqlar tizimsi yotishini bildiradi. Shu sababli bunday tillardan foydalanish uchun qoʻllanilayotgan kompyuterning xususiyatlarini bilish zarur. Shu boisdan bu tillar amalda kamroq qoʻllaniladi. Mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillar ham ikki guruhga boʻlinadi: protseduraga moʻljallangan tillar turli masalalarni yechish algoritmlarini tavsiflashga moʻljallangan. Shuning uchun ular koʻpincha oddiy qilib “algoritmik tillar” deb ataladi. Lekin, aniq aytganda “algoritmik til” tushunchasi dasturlash tili bilan har doim ham mos kelavermaydi. Ba’zi algoritmik tillar ularga qoʻshimcha vositalar masalan, axborotni kiritish va chiqarish operatorlari kiritilgandan keyingina dasturlash tiliga aylanadi. Protseduraga moʻljallangan tillar yechilayotgan masalalar xususiyatlarini toʻla hisobga oladi va konkret EHMga deyarli bogʻliq emas. Foydalanuvchilarning yana shunday bir toifasi mavjudki, ular oʻz sohasida mutaxassis boʻlgan va oʻz vazifalarini yaxshi bilgani holda kichik aniq muammoga doir masalani yechish uchun EHMdan operativ foydalanishga ehtiyoj sezadilar. Lekin ular EHMda masalani yechish bosqichlari, usullari bilan tanish emaslar. Foydalanuvchilarning ushbu toifasiga xususan ishlab chiqarish va boshqarish ma’muriy organ xodimlari, konstruktorlar, texnologlar, iqtisodchilar va boshqalar kiradi. Ular uchun masala yechish algoritmini mufassal yozishni talab qilmaydigan, muammoga moʻljallangan maxsus tillar ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi faqat masalani ta’riflashi, boshlangʻich ma’lumotlarni berishi, natijaviy ma’lumotlar formasini koʻrsatishi mumkin. Ushbu axborotlarga koʻra ish dasturi avtomatik yuzaga kelaveradi. Dasturlashtirish tizimlari taqida tushuncha. Dasturlashtirish tizimlari nima va ular qanday ishlarni amalga oshirishga yordam beradi hamda ular qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat? Dasturlashtirish tizimining asosiy predmeti-matematik tizim ta’minotining nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va dasturni ekspluatatsiya qilishdir. “Dasturlash tizimi” deganda, dasturlashni avtomatlashtirish va dasturlashni EHMga oʻtkazishni ta’minlovchi kompleks vositalari tushuniladi. Dasturlash tizimlariga standart qoʻshimcha dasturlar kutubxonasi, dasturlash tillari va translyatorlar hamda dasturni otladka qiluvchi vositalar kiradi. Bir qancha dasturlarda yoki bir dasturni bir qancha joylarida aniq amallarni bajarishi uchun foydalaniladigan mashinalar tilidagi buyruqlar ketma-ketligi “qism dastur” deb ataladi. Har xil dasturlarda qabul qilinadigan qism dasturlar yagona konuniyatlar asosida shakllantiriladi va “standart qism dasturlar” deb ataladi. Kompyuterning xotira qurilmalarida saqlanadigan standart qism prgrammalar toʻplami standart qism dasturlar kutubxonasini tashkil etadi. Bu tipdagi kutubxonalar tarkibiga bir necha yuzlab qism dasturlar kiradi. Barcha dasturlar, ular tayyorlashning qanday bosqichidaligiga qarab tegishli kutubxonada saqlanishi mumkindir. Dasturli modulning har bir tipi oʻz kutubxonasiga ega: dastlabki modullar kutubxonasi va yuklovchi modullar kutubxonasida dasturli fazoli koʻrinishda operatsion tizim oʻzining komponentlari va shuningdek foydalanuvchilarning bajarishiga tayyor ish dasturlari saqlanadi. Bu kutubxona albatta boʻlishi shart. Chunki har qanday dastur navbatdagi bajarilish uchun operativ hotiraga faqat yuklovchi modul kutubxonasidan keladi; qolgan 2 ta kutubxona boʻlmasligi ham mumkin. Yuqorida kompyuterda foydalaniladigan asosiy dasturlar majmuasi bilan tanishib chiqdingiz. Lekin oʻz-oʻzidan ma’lumki ushbu dasturlar hali kompyuter bilan ishlash uchun unchalik etarli emas. U holda foydalanuvchining ishini engillashtirish maqsadida yana qanday turdagi dasturlar ishlatilishi kerak boʻladi? Bu muammoni hal qilish uchun tashqi qurilmalarga xizmat qiluvchi, disklar bilan ishlovchi, ma’lumotlarni himoyalash uchun moʻljallanilgan va boshqa bir qancha turdagi dasturlar ham boʻlishi mumkinligi haqida fikrlab koʻring. Kompyuterning ishlashini ta’minlash uchun turli qoʻshimcha dasturlar zarur boʻladi. Masalan, qattiq disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni boʻlaklarga boʻlish, uning ma’lum boʻlaklarini parol bilan himoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. Diskning holatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dasturi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi. Diskdagi ma’lumotlarni optimizatsiya qilish, ya’ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dasturi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma’lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma’lumotlarga murojaat qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi. Yuqorida sanab oʻtilgan dasturlarni ishlatish qulay boʻlib, dialog darchasida hosil boʻladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar guruhlarga birlashtirilib, ularning eng koʻp ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilitieslar boʻlib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga boʻlib chiqish mumkin:
Ma’lumotlarni siquvchi dasturlar maxsus usullarni qoʻllagan holda ma’lumotlarni siqilgan holda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini hosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol boʻla oladi. - Disklardagi ma’lumotlarning rezerv nusxalarini hosil qiladigan dasturlar qattiq diskka yozilgan ma’lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.-Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilaryu-Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma’lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon qanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma’lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar.-Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qoʻllanilishi mumkin. - Disk uchun moʻljallanilgan dastur-kesh diskdan ma’lumot oʻqishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu holda operativ hotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn boʻlaklarini oʻz ichiga olgan kesh-bufer hosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik. - Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma’lumotlar hajmini ancha oshirishga va ma’lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.-Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin boʻlgan informatsiya hajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari. - Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dastursi. - Xotirani boshqarish uchun moʻljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan oʻtishga yordam beradi. Shaxsiy kompyuter operatsion tizimlari, ularning turlari va xususiyatlari. Siz kompyuterni yoqqaningizda va uni ishga tushirish jarayonida barcha ishlar avtomatik tarzda, oʻz-oʻzidan bajariladi. Bu ishning qanday bajarilishi haqida, qaysi dasturlar majmuasi ushbu ishni bajarishi mumkinligi toʻgʻrisida fikrlab oling. Ushbu muammoni xal qilishda oldingi boʻlimda olgan bilimlaringiz ancha asqotadi, chunki u erda bu xaqda bir qancha foydali ma’lumotlar berilgan edi. Faqat oxirgi oʻn yillikda EHM yordamida 1 birlik operatsiyani bajarish qiymati 400 baravar, bir bayt ma’lumotni saqlash qiymati esa 25 baravar arzonlashdi. Bularning barchasi bir tomondan texnikaviy taraqqiyot natijasida amalga oshgan boʻlsa, ikkinchi tomondan operatsion tizimlarning rivojlanishi orqali amalga oshdi. Chunki xozirgi zamon kompyuterlari yuqori tezlikda ishlashi bilan birga turli xildagi murakkab qurilmalar majmuini tashkil qiladi. Bunday sharoitda kompyuterning samarali ishi faqat tegishli operatsion tizim yordamida amalga oshishi mumkin. Hozirgi paytda keng tarqalgan operatsion tizimlar SP/M, MS-DOS, UNIX va Apple Macintosh, Novell, Windows-95, 98 va Windows-2000, 2002 kabilardir. Masalan UNIX operatsion tizimsini yuqori kontseptual birlik ajratib turadi. Bu unda ishlashni sodda va qulay qilishi bilan birga uning asosida yotgan gʻoyalar uni qabul qilishni engillashtiradi. UNIX tizimsida ishlayotgan foydalanuvchi faqat uning imkoniyatlaridan foydalanmasdan, bu imkoniyatlar qanday amalga oshayotganini ham yaxshi tasavvur qila oladi. UNIX tizimsida barcha ishlar oʻzaro raqobatlashuvchi jarayonlar toʻplami koʻrinishida ifodalanadi. Jarayon esa resurslar iste’molchisi boʻlib, ish va boshqaruv birligi hisoblanadi. UNIX tizimsi hajmi boʻyicha kichiq boʻlib, ancha sodda. Tizim vositalari yaqqol ifodalangan boʻlib, qulay mnemonikaga ega. CP/M operatsion tizimsi eng ommaviy diskli operatsion tizimlardan biri boʻlib, 8-razryadli mikroprotsessorlar INTEL 8080 yoki ZILOG Z80lar asosida yaratilgan kompyuterlarni boshqarishga moʻljallangan. CP/M operatsion tizimsining asosiy xususiyatlaridan biri-bir vaqtning oʻzida bir necha foydalanuvchiga xizmat koʻrsatishi, ya’ni multidastur tartibida ishlashi mumkin. Apple Macintosh (Errl Makintosh) deb nomlangan operatsion tizim ham mavjud boʻlib, u shu nomli firma tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlarga oʻrnatish uchun moʻljallanilgan. Uning grafik imkoniyatlari juda qulay va rivojlangan boʻlib, foydalanuvchi uchun katta imkoniyalar yaratadi. Lekin uning noqulay tomonlaridan biri boshqa operatsion tizimlar va IBM turidagi kompyuterlar bilan mos tushmasligidir. Lekin ushbu operatsion tizimlar orasida eng koʻp tarqalgani va keng iste’molchilar tomonidan keng miqyosda qoʻllaniladigan shak-shubxasiz maykrosoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows turidagi operatsion tizimdir, chunki mamlakatimizdagi asosiy mashina parki xuddi shu operatsion tizim yordamida faoliyat koʻrsatadi. Uning asosiy xarakteristikalari va koʻrsatgichlarini keyinroq koʻrib chiqamiz. 4.Diskli operatsion tizimning asosiy operatorlari va ularning ishlatilishi. Fikrlab koʻringchi, nega ushbu operatsion tizim eng koʻp miqyosda tarqalgan va xozirga qadar ham u koʻpchilik tomonidan qoʻllaniladi? U qanday imkoniyatlarni amalga oshirib berishi mumkin? Uning qanday yaxshi tomonlari va kamchiliklari mavjud? MS DOS qanday ma’noni bildiradi va u qaysi firmaning maxsuloti?
O’z-o`zini tekshirish uchun savollar:
1.Shaxsiy kompyuterlar qachon yaratilgan va ilk modellari qanday bo`lgan? 2.Ochiq arxitektura printsipining moxiyati nimadan iborat?
3.Shaxsiy kompyuter qanday tarkibiy qismlardan iborat?
4.Shaxsiy kompyuterning qanday asosiy periferiya vositalari mavjud? 5.Shaxsiy kompyuterning strukturaviy-funktsional sxemasi nimalardan
6.Tashqi olam bilan aloqa qilishga mo`ljallangan qanday qurilmalar mavjud?
Download 27.9 Kb.




Download 27.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni yig’ish va qayd qilish vositalari

Download 27.9 Kb.